42
Yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida har xil faoliyat turlari
- qishloq xo‘jaligi, o‘rmon
xo‘jaligi, sanoat va boshq. uchun foydalaniladi. Undan foydalanish usullari uning avvalo,
tabiiy omillardan kelib chiqadigan xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Yer turlarining sifat ko‘rsatkichlari barcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish va yuritish uchun
katta ahamiyatga ega. Ular sezilarli darajada aholini joylashtirishni, hududni qishloq xo‘jaligi uchun
o‘zlashtirishni, qazib oluvchi va qayta ishlovchi sanoatlar ob’ektlari
joylashuvini oldindan
belgilaydi. Yerning ishlab chiqarish salohiyati ayniqsa dehqonchilik uchun ahamiyatliroq, bu yerda
tog‘ sanoatidagi kabi mehnat va kapitalni sarflashning tabiiy sharoitlari katta ahamiyatga ega.
Masalan, Respublikamizning o‘ziga xos tabiiy sharoitlari uzoq
davrlar mamlakatning ayrim
mintaqalarining xo‘jalik uchun sekin o‘zlashtirilishi va rivojlantirilishining asosiy sababi bo‘ldi.
ASM tarmoqlarida yer sifatining mehnat natijalariga ta’siri ishlab chiqarishni
intensivlash kuchaygan sari o‘sadi. Yaxshi yerlarda ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot
ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga qoplanadi. To‘lovli yer egaligi va yerdan
Do'stlaringiz bilan baham: