43
Yer tuzish, jamiyatning hayotiy muhim masalalarini yechish
uchun hududning tabiiy
imkoniyatlaridan foydalanishga qaratilgan o‘tkazilib, o‘z mohiyati bo‘yicha - chuqur mintaqaviy
tadbirlar tizimidir. U oqilona yerdan foydalanishni tashkil etish uchun yerning tabiiy xususiyatlarini
kompleks tarzda hisobga olish vositasi hisoblanadi va bir xillikni (shablonni) qabul qilmaydi. Aholi
tizimining tarixiy tashkil topgan shakllariga, intensiv va resurslarni
tejovchi texnologiyalarga
asoslanib, u aniq tabiiy sharoitlarga bog‘langan, ekologik xavfsiz yerdan foydalanishlar tarkibini,
turg‘un agrolandshaftlarni yaratishi kerak. Ular yechadigan masalalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
hududni ekologik jihatdan bir xil mintaqa va uchastkalarga bo‘lish; ishlab chiqarishni xo‘jaliklararo
va xo‘jaliklar ichida ixtisoslashtirish uchun kenglik asosini yaratish; qishloq xo‘jalik
va boshqa
korxonalarni joylashtirishni takomillashtirish; jamoa va shaxsiy foydalanish uchun yer massivlarini
ajratish; qishloq xo‘jalik yerlari va ekinlarining oqilona nisbatini belgilash; almashlab ekishlar,
pichanzorlar va yaylovlar hududlarini tuzish va boshq.
Xo‘jaliklararo yer tuzishda yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni
tashkil etish uchun yer
massivlarining o‘lchamlari, sifati va kenglik shakllari, joyning relefini hisobga olish,
tuproq va
o‘simlik qatlamlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, gidrogeologik sharoitlar birinchi darajali
ahamiyatga ega. Ular asosida yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning tashqi chegaralarini, aholi
yashash joylarini va ishlab chiqarish markazlarini, suv ta’minoti manbaalarini va sh.o‘. joylashtirish
amalga oshiriladi. Tuproqlarning unumdorlik darajasiga ixtisoslik va kutilayotgan qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishi hajmi bog‘liq
Xo‘jaliklarda ichki yer tuzishda yerning barcha xususiyatlari va omillari, hattoki, har bir aniq
uchastka, uning ekologik har xil sifatli qismlarini ajratgan holda jiddiy hisobga olinadi. Bu
xususiyatlardagi farq u yoki bu almashlab ekish massivlarini tashkil etishni,
dalalar va ishchi
uchastkalarni joylashtirishni, dehqonchilik tizimining texnologik o‘ziga xosligini,
yerlarning
unumdorligini oshirish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar majmuini oldindan aniqlaydi.
Zamonaviy xo‘jalikda ichki yer tuzish, xo‘jalik yuritishning yangi iqtisodiy mexanizmiga
suyanib, har xil sifatli yerdan foydalanishda dehqonlarning daromadlari
oshishi uchun teng
imkoniyatlarni ta’minlashi kerak. Buning uchun zarur ma’lumotlar yer kadastri va yer monitoringi
materiallarida mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: