O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Ekologik talablar ustivorligiga rioya qilish



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

Ekologik talablar ustivorligiga rioya qilish
zarur, sababi yer undagi har qanday faoliyatni 
amalga oshirishda tabiat elementi, tabiiy resurs sifatida ishtirok etadi. Qishloq xo‘jaligi yoki boshqa 
ishlab chiqarishga jalb etilib, u butun tabiiy majmuadan ajratilishi mumkin emas va mazkur joyning 
boshqa tabiiy omillari (iqlim, suv, o‘simliklar) bilan doimiy o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Shu sababli, 
yerdan har qanday foydalanish shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda foydalanish jarayonidagi 
uning ahvoli yomonlashmasligi uzoq vaqtlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lsin. 
Yer tuzishda yerning, hamma yer turlarining barcha foydali xususiyatlarini (kengligi, relefi, 
tuprog‘i, o‘simliklari va boshq.) muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish uchun tashkiliy-
hududiy sharoit yaratish kerak. Qishloq xo‘jaligi uchun tuproq unumdorligini oshirish va uni himoya 
qilish juda katta ahamiyatga ega. Har bir xo‘jalikda tuproqdagi gumusning ijobiy balansini 
Yer tuzish tamoyillari
- bu uning yo‘naltirilishini, mazmunini, usullarini aniqlovchi, 
uni o‘tkazishning boshlang‘ich qoidalari, asosiy tartiblaridir.


39 
ta’minlash kerak, bunga xususan, to‘g‘ri almashlab ekishlarni boshqa tadbirlar bilan birga kompleks 
loyihalashda erishiladi. 
Yer tuzishning eng ahamiyatli vazifalaridan biri shamol va suv eroziyalari jarayonlarini 
to‘xtatish va ularning oldini olish hisoblanadi. Ilmiy asoslangan yer tuzish loyihalarida hamma vaqt 
hududni moslab tashkil etish va boshqa eroziyaga qarshi tadbirlar ko‘zda tutiladi. Haydalma 
yerlardan, pichanzorlardan, yaylovlardan, bog‘lar va uzumzorlardan, tabiiy o‘simliklar, suv havzalari 
tagidagi yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish ham rejalashtiriladi. 
Agar yer uchastkasi yangi ob’ekt uchun ajratilsa, uni unumdor yerlarning asossiz sarflanishiga, 
ortiqcha ajratilishiga yo‘l qo‘ymasdan, hisob-kitoblar bilan asoslash kerak. Bundan tashqari, 
noqishloq xo‘jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etishda, ularni hududda joylashtirishda nafaqat 
ishlab chiqarishning tashkiliy-hududiy tomonlarini, balki mazkur uchastkada faoliyat ko‘rsatadigan u 
yoki bu ob’ektning (masalan, sanoat korxonasining) xususiyatlarini hisobga olish kerak. Xususan, 
atrof muhitni (yer, suv, atmosfera) ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishni 
ta’minlash kerak. 
Yer qonunchiligiga asosan yer unda yashayotgan xalqlar hayoti va faoliyati asosi hisoblanadi. 
Shuning uchun butun jamiyat manfaatining ayrim yer egalari va yerdan foydalanuvchilar manfaatlari 
bilan qishloq xo‘jaligi ustivorligiga rioya qilgan holda uyg‘unlashishini ta’minlash katta ahamiyatga 
ega. Qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli yerlar juda qimmat baho tabiiy resurs hisoblanadi 
va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish faqat alohida hollarda ruxsat etiladi. 
Xalq xo‘jaligi rivojlangan sari har xil tarmoqlarga va faoliyat sohalariga taalluqli ko‘plab yangi 
yerdan foydalanuvchilarga yer ajratish zarurati paydo bo‘ladi. Transport, tog‘-kon sanoati, energiya 
korxonalari va boshqa ob’ektlarni joylashtirishda ularga ajratiladigan joy - qurilish uchun yer 
uchastkasi - yer tuzish jarayonida, u berilganidan keyin belgilanadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish