Gorizontal quduqlarni ishlatish uchun jihozlar reja


-rasm. Quduqqa graviyli filtrni



Download 408,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana20.12.2022
Hajmi408,95 Kb.
#892174
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
27-ma\'ruza

27.5-rasm. Quduqqa graviyli filtrni 
o‘rnatish uchun yer usti jihozlari 
bog‘lanmassining tartibli sxemasi: 
1 - variant № I: 1- preventor; 2 - nasosno-
kompressor quvurlari; 3- bunker; 4 - 
sementlash agregatlari; 5 - ekspluatatsion 
kolonna; 6 - krestovina; 7 - zulfin (zadvijka); 
8 -tashuvchi suyuqliklar uchun idish; 9 - 
bog‘lash elementlari; 11 - variant № II: - 
osma flanets; 2, 11, 12, 13 - bog‘lash 
elementlari; 3- tashuvchi suyuqliklar uchun 
idish; 4 - qumaralashtiruvchi agregat; 5 - 
ekspluatatsion kolonna; 6 - kolonna boshi; 7 - 
zulfin (zadvijka); 8, 9 - sementlash 
agregatlari; 10- idish; 14 - nasos-kompressor 
quvurlari. 
27.2. Filtrlarning turi va ko‘rinishi hamda gorizontal filtrda bosimning 
yo‘qotilishi 
Yumaloq 
teshikchali 
yoki 
tuynukchali 
perforatsiyalangan 
quvur 
ko‘rinishidagi filtrlar konstruksiyasi oddiyligi va tayyorlanishi bilan farq qiladi. 
Biroq bunday filtrlar kamchiliklardan ham holi emas. Bu filtrlar, ularning 
o‘xshashliklari kabi hisobda 1 pog.m.dagi umumiy filtratsiya yuzasini oshirishga 
imkon bermaydi. Ruxsat etilgan ishchi bosimlarda va ayniqsa eksiremal geologik 
sharoitlarda ularning maydalanib ketishi istisno etilmaydi. 


Filtrning birinchi variantida filtrlovchi teshiklarning to‘lib qolishining oldini 
olish maqsadida perforatsiyalangan quvur tashqi yuzasiga trapetsiyasimon nasadka 
mahkamlanadi va kesik konus shaklida yasaladi, chunki nasadkalarning filtrlovchi 
teshiklarining pastki asosi quvur ichida yo‘nalgan va uning teshiklari bilan 
biriktirilgan, nasadkalarning balandligi esa filtr muftasi o‘lchamlaridan katta 
bo‘lmasligi kerak. Nasadkalar qattiq zanglamas temirdan tayyorlanadi, ularning 
perforatsiyalangan quvurga mahkamlanishi mexanik yoki payvandli usulda 
mahkamlanadi. Nasadkalarning filtrlovchi teshiklarining yuqori asoslari mahsuldor 
qatlamdan olinadigan mahsulotning filtrlanishga bo‘lgan texnologik talabga bog‘liq 
holda yuza kattaligi bo‘ylab rostlanishi va tuynukli teshiklarda 0,5 mm2 va undan 
kattaroq, kesik konus shaklidagi teshiklarda esa 0,25 mm2 va undan katta yuzali 
bo‘lishi mumkin.
Quvurlarning perforatsiyalangan teshiklari teng yoki nasadkalar pastki 
asoslari teshiklaridan ozroq katta (5,0 % ga) bo‘lishi kerak. 
Nasadkalarning perforatsiyalangan quvurlar tashqi yuzalariga mahkamlanishi 
bir vaqtning o‘zida qattiqlik qovurg‘alari rolini o‘ynaydi, yuqori anomal bosimli 
chuqur va gorizontal quduqlarda filtrning maydalovchi yuklanishga chidamliligini 
oshirishga imkon beradi, bu esa 1 pog.m quvurda filtratsiya yuzasini 20-30% ga 
oshishini taminlaydi. 
Quvurda nasadkalar va perforatsiyalangan yuzalar shaxmatli, to‘g‘ri 
burchakli tartibda, spiral bo‘yicha va b. ko‘rinishda joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. 
Filtrlovchi teshiklari trapetsiasimon va konus shaklidagi nasadkalarni qo‘llash to‘r 
(setka) va simdan foydalanishni istisno etadi, filtrning konstruksiyasi va 
tayyorlanish texnologiyasini soddalashtiradi.
Oxir - oqibatda quduq filtrining ko‘rsatilgan afzalliklari quduqdan qazib 
chiqariladigan mahsulot sifatini sezilarli oshiradi. 
Birinchi variantdagi quduq filtri (2.15- rasm) perforatsiyalangan quvur 1 va 
filtrlovchi teshikli nasadkalar 2 dan tashkil topgan. 
Filtr qatlamning belgilangan oralig‘ida o‘rnatiladi. Undan keyingi foydalanish 
malum texnologiya bo‘yicha amalga oshiriladi. 


Ikkinchi variantda filtr ikki qavatli perforatsiyalangan qobiqlar ko‘rinishida 
tayyorlanadi; qobiqlar orasida metall to‘r o‘rnatiladi chunki, ichki qobiq teshigi 
tashqi qobiq teshigi bilan mos bo‘lishi kerak. To‘r zanglamas metalldan ham, 
nometall materialdan, masalan kaprondan ham tayyorlanishi mumkin. 
Ichki va tashqi qobiqlardagi perforatsiyalangan teshiklar doira, to‘g‘ri va G-
shaklidagi tuynukchalar va teshikchalar shaklida tayyorlanishi va shaxmatli, to‘g‘ri 
burchakli yoki boshqa tartibda joylashtirilishi mumkin. Bunda ichki qobiqdagi 
teshik yuzasi tashqi qobiqdagidan bir qancha ko‘proq (masalan, 10-15 %) bo‘lishi 
kerak. Bu filtrlarni tayyorlash jarayonida ichki qobiqni kengaytirishda qobiqlar 
teshiklarining mos kelmasligi xatoligidan saqlanishga imkon beradi. 
Quduq filtrining ikkinchi varianti (2.16- rasm) perforatsiyalangan tashqi 
qobiq 1, metal to‘r 2 va perforatsiyalangan ichgi qobiq 3 dan tashkil topgan. 

Download 408,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish