Gorizontal quduqlarni ishlatish uchun jihozlar reja



Download 408,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana20.12.2022
Hajmi408,95 Kb.
#892174
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
27-ma\'ruza



XXVII ma’ruza. GORIZONTAL QUDUQLARNI ISHLATISH UCHUN 
JIHOZLAR 
Reja: 
27.1.Quduq filtrlari. 
27.2. Filtrlarning turi va ko‘rinishi hamda gorizontal filtrda bosimning 
yo‘qotilishi 
 
Shunday usulning mazmuni quduq filtri va perforatsiyalangan ekspluatatsiya 
qilish kolonnasi yoki quduq devorining oralig‘idagi bo‘shliqni quduq ustidan teskari 
sirkulyatsiya usuli bilan quvur orti bo‘shlig‘i orqali graviy tashuvchi-suyuqlik bilan 
haydaladigan graviyli aralashma bilan to‘ldirishdan iborat. Bu usulning 
variantlaridan biri – graviy aralashmasi quduqqa to‘sma orqali yo‘naltiriladi. 
Graviy tashuvchi-suyuqlik filtr-karkas teshigidan o‘tadi va burg‘ilash 
kolonnasi yoki nasos-kompressor quvurlari orqali quduq ustiga ko‘tariladi. 
Graviyli filtrlarni o‘rnatishning texnologik jarayoniga quyidagi talablar 
qo‘yiladi. 
Berilgan oraliqda o‘rnatilgan graviyli filtr quduqdan foydalanish rejimining 
rejalashtirilgan parametrlarini ta’minlashi kerak. Filtr-karkas atrofida graviyning 
tekis yoyilishiga uning tekis o‘rnatilishi, markazlagich bilan ta’minlanadigan 
quduqdagi kolonnaning filtrli jamlanmasi tasir ko‘rsatadi. 
Mahsuldor qatlam qarshisida o‘rnatiladigan graviyli filtrning qalinligi 
quyidagicha bo‘lishi kerak: 
-60 – 100 mm mustahkamlanmagan quduqda (quduq devori va filtr orasida); 
-25–30 
mm.dan 
kam 
bo‘lmagan 
mustahkamlanmagan 
quduqda 
(perforatsiyalangan ekspluatatsiya qilish va nasos-kompressor kolonnasi orasida). 
Quduq filtri teshiklarining diametri graviy zarralarining eng kichik 
diametrining 0,9 dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Quduqqa tushiriladigan jihoz jamlanmasi (27.1-rasm) quyidagi elementlarni 
albatta o‘z ichiga olishi kerak: burg‘ilash yoki nasos-kompressor quvurlari; 
sirkulyatsiya qilish mufta bilan chap rezbali o‘zgartma (nazorat filtri); filtr ustidagi 
quvur; yuvuvchi quvurli quduq filtri; boshmoq bilan klapanlar tizimi. 


Quduq jihozlari elementlarining vazifalari: 
-quduq filtri (foltr-karkas) graviy massasi uchun ichki ekran hisoblanadi va u 
2.11, 2.12 va 2.13 - rasmlarda keltirilgan konstruksiyalardan biriga ega bo‘lishi 
mumkin;
-filtr usti quvuri filtr ishi ishonchliligini oshirish maqsadida graviy 
aralashmasi zahirasini hosil qilish uchun mo‘ljallangan.
Filtr usti quvuri va quduq devori yoki ekspluatatsiya qilish kolonnasi orasidagi oraliq 
20 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Quvur uzunligi-kolonnaning (kollektor-qatlamning) perforatsiyalangan 
qismining 2/3 uzunligiga teng, ammo u filtr-karkas yuqori teshigi ustida 0,5 m dan 
kam emas; 
-chap rezbali sirkulyatsiya muftasi quduqqa yuvuvchi quvurchali filtrni 
burg‘ilash quvurida (NKQ) tushirish, shuningdek uning yuvuvchi teshigi orqali 
ortiqcha yuvilgan graviy aralashmasini yuvib chiqarish uchun xizmat qiladi. 
Sement ko‘prigi yoki tiqin-ko‘prik boshmoqdan (mahsuldor qatlam yoki 
foydalanish quvurining perforatsiya oralig‘idan) bir oz pastroqda o‘rnatilishi kerak. 
Quduq ustini graviy aralashmasi bilan yuvishda u preventor yoki boshqa 
germetiklash qurilmasi bilan jihozlangan bo‘ladi. Graviyli suyuqlik aralashmasini 
quduqga haydashda u bunker-aralashtirgich yoki U SP-50, 4PA va b. turdagi 
qumaralashtirgich agregati yordamida tayyorlanadi. 



Download 408,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish