Filtrning birinchi variantida filtrlovchi teshiklarning to‘lib qolishining oldini
olish maqsadida perforatsiyalangan quvur tashqi yuzasiga trapetsiyasimon nasadka
mahkamlanadi va kesik konus shaklida yasaladi, chunki nasadkalarning filtrlovchi
teshiklarining pastki asosi quvur ichida yo‘nalgan
va uning teshiklari bilan
biriktirilgan, nasadkalarning balandligi esa filtr muftasi o‘lchamlaridan katta
bo‘lmasligi kerak. Nasadkalar qattiq zanglamas temirdan tayyorlanadi, ularning
perforatsiyalangan quvurga mahkamlanishi mexanik
yoki payvandli usulda
mahkamlanadi. Nasadkalarning filtrlovchi teshiklarining yuqori asoslari mahsuldor
qatlamdan olinadigan mahsulotning filtrlanishga bo‘lgan texnologik talabga bog‘liq
holda yuza kattaligi bo‘ylab rostlanishi va tuynukli teshiklarda 0,5 mm2 va undan
kattaroq, kesik konus shaklidagi teshiklarda esa 0,25 mm2 va undan katta yuzali
bo‘lishi mumkin.
Quvurlarning perforatsiyalangan teshiklari teng yoki nasadkalar pastki
asoslari teshiklaridan ozroq katta (5,0 % ga) bo‘lishi kerak.
Nasadkalarning perforatsiyalangan quvurlar tashqi yuzalariga mahkamlanishi
bir vaqtning o‘zida qattiqlik qovurg‘alari rolini o‘ynaydi,
yuqori anomal bosimli
chuqur va gorizontal quduqlarda filtrning maydalovchi yuklanishga chidamliligini
oshirishga imkon beradi, bu esa 1 pog.m quvurda filtratsiya yuzasini 20-30% ga
oshishini taminlaydi.
Quvurda nasadkalar va perforatsiyalangan yuzalar shaxmatli, to‘g‘ri
burchakli tartibda, spiral bo‘yicha va b. ko‘rinishda joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Filtrlovchi teshiklari trapetsiasimon va konus shaklidagi nasadkalarni qo‘llash to‘r
(setka) va simdan
foydalanishni istisno etadi, filtrning konstruksiyasi va
tayyorlanish texnologiyasini soddalashtiradi.
Oxir - oqibatda quduq filtrining ko‘rsatilgan afzalliklari quduqdan qazib
chiqariladigan mahsulot sifatini sezilarli oshiradi.
Birinchi variantdagi quduq filtri (2.15- rasm) perforatsiyalangan quvur 1 va
filtrlovchi teshikli nasadkalar 2 dan tashkil topgan.
Filtr qatlamning belgilangan oralig‘ida o‘rnatiladi. Undan keyingi foydalanish
malum texnologiya bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ikkinchi variantda filtr ikki qavatli perforatsiyalangan qobiqlar ko‘rinishida
tayyorlanadi; qobiqlar orasida metall to‘r o‘rnatiladi chunki,
ichki qobiq teshigi
tashqi qobiq teshigi bilan mos bo‘lishi kerak. To‘r zanglamas metalldan ham,
nometall materialdan, masalan kaprondan ham tayyorlanishi mumkin.
Ichki va tashqi qobiqlardagi perforatsiyalangan teshiklar doira, to‘g‘ri va G-
shaklidagi tuynukchalar va teshikchalar shaklida tayyorlanishi va shaxmatli, to‘g‘ri
burchakli yoki boshqa tartibda joylashtirilishi mumkin. Bunda ichki qobiqdagi
teshik yuzasi tashqi qobiqdagidan bir qancha ko‘proq (masalan, 10-15 %) bo‘lishi
kerak. Bu filtrlarni tayyorlash jarayonida ichki qobiqni
kengaytirishda qobiqlar
teshiklarining mos kelmasligi xatoligidan saqlanishga imkon beradi.
Quduq filtrining ikkinchi varianti (2.16- rasm) perforatsiyalangan tashqi
qobiq 1, metal to‘r 2 va perforatsiyalangan ichgi qobiq 3 dan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: