157
G., Bassi F., Jani R.M. va boshq’.(1996) fikricha og’iz bo’shlig’i shilliq’
q’avatining adaptastiya ko’rinishidir. To’q’imalarning bunday adaptastiyasi
bo’lmasa, tish protezlaridan foydalanish q’iyin bo’lardi.
Olinuvchi protezlarga
nisbatan adaptasiya jarayonida protez ostidagi shilliq’ q’avat elektron mikroskopda
tekshirilganda shu narsa aniq’landiki (Zufarov S.A., 1980), plastinkali protezning
shilliq’ q’avatga mexanik ta’siri natijasida protez ostidagi epiteliy hujayralari
funksional faolligi oshadi va ularning shoxlanish jarayoni tezlashadi. So’lakning
fermentativ faolligiga, pH ko’rsatkichiga hamda mikroflorasiga
protezlarning
ta’sirini o’rganish bo’yicha juda ko’p tadq’iq’otlar o’tkazilgan (Alimov S.I., 1976;
Borovskiy E.V.,2001; Irsaliev X.I.,2001). Shilliq’ q’avatda yallig’lanish keltirib
chiq’aruvchi omillardan biri bu – og’iz bo’shlig’i gigienasining buzilishidir. Og’iz
bo’shlig’ida tish protezlarining bo’lishi og’iz bo’shlig’i gigienasini sezilarli
yomonlashtiradi (Mixaylov V.V., 1990; Temirbaev M.A., 1991; Kopeykin V.N.,
1993).
Olinuvchi protezlarga nisbatan adaptasiya muammolari ko’rib chiq’ilganda
aniq’landiki, plastmassalarning g’ovakligi va g’adir-budirligi
protezni
ifloslanishiga
olib
keladi
va
sezilarli
darajada
biologik
adaptasiyani
q’iyinlashtiradi. Tish protezlari stomatitidan protezni ko’taraolmaslikni farq’lash
lozim. Protezni ko’taraolmaslikda faq’at sub’ektiv sezgilar, masalan, achishish,
og’izdagi yarani sezish, ta’m bilishning buzilishi va h.k. kuzatiladi.
Protezlarning zararli ta’siri
shundaki, ularning kimyoviy moddalari oq’sillar
bilan birikib, antigenlar hosil q’iladi va organizm sensibilizasiyasini chaq’iradi.
Masalan, akril plastmassali protezlar glossitlar, stomatitlar, bronxial astma, ekzema
kabi kasalliklarni keltirib chiq’arishi mumkin.
N.L. Xabilov (2005) tomonidan q’iziq’arli ma’lumotlar olingan: og’iz
bo’shlig’idagi har q’anday aralashuvlar uning mikroflorasi va mahalliy himoya
omillariga ta’sir q’iladi. Bunda aniq’lanishicha, sog’lom odamlarda bosma surtma
mikroflorasining miq’doriy ko’rsatkichlari turlicha bo’lib, stafilokokklarning soni
protezlashdan oldin 15,2±0,55 KHQ’B/sm
2
ni tashkil etgan bo’lsa, protezlashdan
60 kundan so’ng 10,0±0,42 KHQ’B/sm
2
ga teng bo’ldi. Mikroorganizmlardan eng
158
ko’p uchragani streptokokklar bo’lib, bu boshq’a adabiyotlardagi ma’lumotlarga
mos keladi. Biroq’ avtorning ta’kidlashicha, tishning koronka q’ismi
buzilgan
bemorlarda bu ko’rsatkichlar o’zgaradi, bunda umumiy mikroblar soni sog’lom
odamlarga nisbatan 3 marotaba ortadi, lekin florada streptokoklarning dominantligi
saq’lanib q’oladi.
2-jadvalda og’iz
bo’shlig’idagi mikroorganizmlarning
protezlashdan oldingi va protezlashdan keyingi miq’dori keltirilgan (Rustambekov
U.U., 2007).
Do'stlaringiz bilan baham: