8-rasm. Kandidoz
Og’iz bo’shlig’i kandidozi giperemiyalangan, q’uruq’ va og’riq’li shilliq’
q’avatda oq’ rangli, engil ko’chadigan karash hosil bo’lishi va karash
ko’chirilganda shilliq’ q’avat eroziyalanganligini aniq’lash bilan xarakterlanadi (9-
rasm).
154
9-rasm. Bolalarda kandidoz
Yana shuni ta’kidlash lozimki,
Candida
ko’pincha
turli bakterial
infeksiyalarda
(surunkali
tonzillit,
ichburug’,
bo’g’ma,
va
bo’g’ma
q’o’zg’atuvchisini tashuvchilik)
mikroblar assosiasiyasida ham ishtirok etadi.
1-jadval.
OIV-infeksiyali bemorlar og’iz bo’shlig’i yuza mikozini keltirib chiq’aruvchi
zamburug’lar
Candida turlari
Boshq’a zamburug’lar
C.albicans
Saccharomyces cerevisiae
C.glabrata
Rhodotorula rubra
C.famata
Rhodotorula piliminae
C.kefyr
Fonsecaea pedrosi
C.krusei
Prototheca stagnura
C.rugosa
Trichosporon pullulans
C.tropicalis
C. guiliermondii
Bunday assosiasiyalarda
Candida
boshq’a mikroblar patogenligini oshirib,
yuq’umli kasallikning asoratlanishiga olib keladi. Yuza mikozlar immuntanq’islik
mavjud odamlarda ko’p uchraydi, eng yuzaki mikoz – bu oral kandidozdir. 1-
jadvalda mikoz q’o’zg’atuvchilari haq’ida ma’lumotlar keltirilgan.
Oral kandidoz immun tizimning boshq’a T-hujayralar nuq’sonlarida ham
uchraydi, lekin OIV da residivlanadi. Ko’p mualliflar ma’lumotlariga ko’ra, OIV
dagi kandidozning uchrash darajasi q’ondagi CD4 hujayralar miq’doriga
bog’liq’dir. CD4 hujayralar miq’dori 500/mkl dan kam bo’lganda oral
kandidozning uchrashi 62,1% ni, 200 /mkl dan kam bo’lganda 94,7% ni tashkil
q’ilgan. Mualliflar og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatining giperemiyalanishi, nuq’tali
155
q’on q’uyilishlarning va eroziyalarning bo’lishi, shilliq’ q’avatning karashlar bilan
q’oplanishini yozib o’tishgan. Kandidozning klinik shakllaridan eritematoz va
psevdomembranoz shakllari ko’p uchraydi. Bundan tashq’ari adabiyotlarda tilning
zararlanish belgilari: shish, so’rg’ichlarning yo’q’olishi, leykoplakiya va
kandidozli glossitlar ham yoritilgan.
Kandidozning rivojlanishida og’izning shilliq’ q’avati va uning mahalliy
immuniteti katta ahamiyatga ega. Og’iz shilliq’ q’avati tishlarning o’tkir q’irralari,
sifatsiz protezlar va tish koronkalari bilan uzoq’ vaq’t jarohatlanishi oq’ibatida
ham kandidoz vujudga kelishi mumkin. Surunkali jarohatlar natijasida og’iz
bo’shlig’i shilliq’ q’avati rezistentligi pasayadi va unga Candida larning kirishi
osonlashadi va kasallik yuzaga keladi. Akril plastmassadan tayyorlangan protezlar
og’iz shilliq’ q’avati bilan uzoq’ kontaktda bo’lganda allergik reakstiyalar vujudga
kelishi ham aniq’langan. Bundan tashq’ari, Candida avlodiga mansub
zamburug’lar akril plastmassadan tayyorlangan olinuvchi protezlar ustida yaxshi
o’sadi va protez ostida shilliq’ q’avatning surunkali yallig’lanishini keltirib
chiq’aradi.
O’tkir atrofik kandidoz kuchli og’riq’, achishish va og’izning q’urishi kabi
belgilar bilan xarakterlanadi. Shilliq’ q’avat tiniq’ q’izil rangga kiradi, lekin
q’uruq’ bo’ladi. Til zararlanganda malina rangiga kiradi, yaltiroq’, q’uruq’ bo’ladi,
ipsimon so’rg’ichlari atrofiyalanadi. Karash bo’lmaydi yoki ba’zan chuq’ur
buramalarda bo’lishi mumkin. U osilgan
epiteliyning konglomerati hisoblanib,
q’iyinchilik bilan ko’chadi va ko’p miq’dorda Candida zamburug’larini tutadi. Bu
zamburug’lar faol kurtaklanish (misteliy, psevdomisteliy) davrida bo’ladi.
O’tkir atrofik kandidozni protezlar plastmassasiga bo’ladigan allergik
reaksiyalardan farq’lash lozim. Bu holatda protez olingandan so’ng shilliq’
q’avatdagi o’zgarishlar dinamikasini klinik kuzatish va bakterioskopik tekshirishni
o’tkazish muhim rol o’ynaydi.
Surunkali atrofik kandidozda ham protez taq’ib yurilganda, og’iz bo’shlig’ida
q’urish, achishish, og’riq’ bo’ladi. Protez atrofidagi shilliq’ q’avat
giperemiyalangan, shishli va og’riq’li bo’ladi. Uzoq’ vaq’t olinuvchi protezdan
156
foydalanuvchi odamlarda surunkali atrofik kandidoz protez osti shilliq’ q’avatining
zararlanishi (giperemiya, eroziyalar, papillomatoz) bilan xarakterlanadi va unga
mikotik yallig’lanish hamda kandidozli atrofik glossit (til malina rangida, yaltiroq’,
q’uruq’, ipsimon so’rg’ichlari atrofiyalangan) q’o’shiladi. Oq’-kulrang karash kam
miq’dorda faq’at chuq’ur buramalarda va tilning yon tomonlarida bo’lib, q’iyin
ko’chadi. Mikroskop ostida karashda Candida zamburug’lari va sporalari topiladi.
Bu triada (tanglay, til va og’iz burchaklarining yallig’lanishi) atrofik kandidozning
xarakterli belgisi bo’lib, unga tashhis q’o’yishda q’iyinchilik tug’dirmaydi.
Laboratoriya tashhisotida q’uyidagi usullardan foydalaniladi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |