Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Khojakulov U.I. – PhD student of Tashkent State Pedagogical University



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

 
Khojakulov U.I. – PhD student of Tashkent State Pedagogical University 
 
Annotation.
The development of students' information competence with the help of 
didactic tools of the electronic information and educational environment are analyzed in the 
article. The topic outlines views on the relevance of scientific research. 
Key words:
vocational training, integration, Massive Open Online Sourse (USA), Coursera, 
Universarium (Russia), open e-learning system, technical products, didactic tools, informational 
competence, diagnostic assessment, electronic informational and educational environment. 
Dunyo miqyosida yetakchi oliy taʼlim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy 
tayyorlash jarayonida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida 
elektron taʼlimdan foydalanishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, rivojlangan mamlakatlar 
nufuzli ilmiy tadqiqot markazlarining Massive Open Online Sourse (АQSh), Coursera, 
Universarium (Rossiya) kabi ochiq elektron taʼlim tizimlarida bu borada samarali faoliyat olib 
borilmoqda. Bundan tashqari, malakali kadrlarni tayyorlashda Digital Britain, Degreed, Global 
Education va Second Life kabi virtual taʼlim platformalari alohida eʼtirof qilinmoqda. Shuning 
158


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
uchun texnik ishlab chiqarish sohasi bo‘lajak muhandislarining kasbiy va maxsus 
kompetensiyalarini shakllantirish va obyektiv baholashda taʼlimning nostandart shakllari, usullari 
va vositalaridan elektron taʼlim muhitida majmuaviy foydalanish muhim o‘rin egallaydi.
Jahon amaliyotida elektron taʼlim muhiti (masofaviy)da o‘quv jarayonini amalga oshirishni 
joriy etish bosqichiga doir pedagogik modellarni ishlab chiqish, elektron taʼlim muhitida 
o‘qitishning psixologik-pedagogik xossalarini aniqlashtirish, taʼlim jarayonida optimal o‘quv 
variantlarni tanlashni amalga oshirishga qaratilgan tadqiqotlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Jumladan, texnika yo‘nalishidagi taʼlim muassasalarining elektron taʼlim muhiti sharoitida 
bo‘lajak 
muhandislarning 
kasbiy 
tayyorgarligini 
zamonaviy 
yondashuvlar 
asosida 
takomillashtirish oliy taʼlim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil hisoblanadi. Buning 
uchun oliy taʼlimning xalqaro andozalarga mosligini taʼminlash va ijtimoiy buyurtmaga muvofiq 
malakali muhandislarni matematik va tabiiy fanlar negizida kasbiy tayyorlashda innovatsion 
pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va elektron taʼlim muhitida amalga oshirish talab 
etiladi. 
Respublikamizda taʼlim jarayonini modernizatsiyalash maqsadida xorijiy oliy taʼlim 
muassasalari filiallari, qo‘shma fakultetlar va taʼlim dasturlari amalda joriy qilindi. O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “uzluksiz taʼlimni yanada 
takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlash siyosatini davom ettirish” va “taʼlim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro 
standartlarini joriy etish asosida oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda 
samaradorligini oshirish”
1
ustuvor vazifalari belgilangan. Bu esa, bo‘lajak muhandislarni 
tayyorlashning mazmuniy tavsiflari, elektron taʼlim muhiti sharoitida modulli va dasturlashgan 
o‘qitish texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va tabiiy-ilmiy fanlar negizida 
malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini takomillashtirishni taqozo etadi. 
Tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, hozirgi kunga kelib taʼlimni axborotlashtirish va 
axborot kompetentligini turli pedagogik shart-sharoitlardan foydalangan holda rivojlantirish 
masalalarining nazariy shart-sharoitlari mavjud, ammo axborot kompetentligini rivojlantirish 
uchun atrof muhitning didaktik vositalaridan foydalanishni ko‘zda tutuvchi tadqiqotlar 
yetishmaydi. Elektron axborot-taʼlim muhitining didaktik vositalaridan foydalangan holda 
talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligini taʼminlash uchun ilmiy 
asoslangan nazariy va uslubiy qoidalarni ishlab chiqishga talab mavjud. 
Elektron axborot-taʼlim muhiti didaktik vositalaridan foydalanishga oid talabalarning 
axborot kompetentligini rivojlantirish muammosi yetarlicha o‘rganilmagan, bu esa quyidagi 
ziddiyatda namoyon bo‘ladi:
– talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishning taʼlim jarayonida muhim 
ahamiyatga ega ekanligi;
– talabalarning axborot faoliyatiga zamonaviy talablar va taʼlim jarayonini elektron 
axborot-taʼlim muhitida amalga oshirishning axborot texnologiyalari jihatlarining yetarli 
emasligi;
– elektron axborot-taʼlim muhiti didaktik vositalarining mavjud imkoniyatlari va o‘quv 
jarayonida talabalarning axborot kompetentligini samarali rivojlantirish uchun undan 
foydalanish darajasining yetarli emasligi. 
Mamlakatimizda 
malakali 
kadrlar 
kasbiy 
tayyorgarligini 
turli 
aspektlarda 
takomillashtirishga doir fundamental tadqiqotlar, elektron taʼlim muhitini tashkil etish va 
axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari hamda bo‘lajak muhandislarni 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар 
стратегияси тўғрисида»ги Фармони.// Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. – Ташкент, 2017. – Б.39. 
159


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
matematika va tabiiy-ilmiy fanlar negizida kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha mamlakatimiz 
olimlaridan R.H.Djuraev, Sh.E.Qurbonov, А.Аbduqodirov, U.Begimqulov, U.I.Inoyatov, 
А.R.Xodjaboev, N.А.Muslimov, Q.T.Olimov, Sh.S.Sharipov, Z.K.Ismailova, G.N.Ibragimova, 
А.Haitov, F.M.Zakirova, M.Аripov, O.Turakulov, N.I.Taylaqov, R.D.Shodiev, S.Y.Аshurova, 
J.А.Hamidov, D.O.Himmataliev, O.А.Qo‘ysinov va boshqa olimlarning ishlarida o‘z aksini topgan.
MDH 
mamlakatlarida 
taʼlimni 
axborotlashtirish, 
taʼlim 
amaliyotiga 
axborot-
kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etish, masofaviy taʼlimda modulli texnologiyalar 
muammolari А.А.Аndreev, I.G.Zaxarova, Y.S.Polat, I.V.Robert, A.V.Xutorskoy, А.V.Tarakanov, 
E.V.Maykov, N.I.Naumkin, M.V.Solodixina L.R.Zagitova, L.V.Medvedeva, L.X.Chomaeva, 
V.А.Shershneva va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. 
Xorijiy olimlar tomonidan muhandislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish va elektron 
taʼlim muhitini shakllantirish muammolari bo‘yicha B.Andresen, M.Henderson, G.Romeo, 
S.Mishra, C.Ramesh, M.Burns, T.Muras, T.Vaughan, W.N.Chambers, E.L.Cowen, U.Mangal, 
E.Johnson, J.M.Spector, J.Locard, F.Raymond, M.Rosenberg, D.Kegan, G.Kulanthaivel va 
boshqalar ilmiy izlanishlar olib borgan.
Elektron axborot taʼlim muhiti didaktik vositalari orqali talabalarning axborot 
kompetentligini rivojlantirishga ko‘maklashadigan pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash va 
nazariy jihatdan asoslab berish va tajriba ishlarida ularning samaradorligini tekshirish maqsadida 
quyidagi vazifalar mavjud:
– elektron axborot taʼlim muhiti didaktik vositalari orqali talabalarning axborot 
kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik va amaliy-metodik mazmunini yoritish;
– elektron axborot taʼlim muhiti didaktik vositalari orqali talabalarning axborot 
kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy tuzilmasini ishlab chiqish; 
– elektron axborot taʼlim muhiti didaktik vositalari orqali talabalarning axborot 
kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish; 
– elektron axborot taʼlim muhiti didaktik vositalari orqali talabalarning axborot 
kompetentligini rivojlanganlik darajasini baholovchi mezonlarni takomillashtirish va amaliyotga 
joriy etish. 
Mavzu bo‘yicha tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
– o‘quv jarayoniga asoslangan, ishlab chiqilgan va bosqichma-bosqich, insonparvarlik, 
motivatsiya va faoliyat, o‘qitishning individualligi, kasbiy maqsadga muvofiqligi va taʼlimning 
uzluksizligi 
tamoyillariga 
asoslangan 
holda 
talabalarning 
axborot 
kompetentligini 
rivojlantirishning tarkibiy mazmunli modeli; 
– elektron axborot taʼlim muhiti didaktik vositalari orqali talabalarning axborot 
kompetentligini rivojlantirishga yordam beradigan pedagogik sharoitlarni aniqlash, asoslash va 
amalga oshirish;
– elektron axborot taʼlim muhiti didaktik vositalari orqali talabalarning axborot 
kompetentligini rivojlantirishda ijodiy natijaga erishish uchun nostandart va amaliy ravishda 
qo‘llaniladigan g‘oyalarni tezda shakllantirish qobiliyati bilan tavsiflangan, taʼlim jarayonida 
o‘qitishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish, 5111000 – Kasb taʼlimi (5330200 – 
Informatika va axborot texnologiyalari) sohasidagi bilimlarga asoslangan faoliyatni o‘zgartirish 
qobiliyati sifatida aniqlash;
– elektron axborot taʼlim muhiti didaktik vositalari orqali talabalarning axborot 
kompetentligini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish. 
Mavzu doirasida olib boriladigan tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati quyidagilardan 
iborat bo‘ladi:
– elektron axborot va taʼlim muhitining didaktik vositalaridan foydalanishga asoslangan 
shaxsiy fazilatlar bo‘yicha talabaning axborot kompetentligi kontsepsiyasini asoslash;
160


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
– taʼlimni axborotlashtirish nazariyasini talabalarning axborot kompetentligini elektron 
axborot-taʼlim muhitini rivojlantirish didaktik foydalanish imkoniyatlari haqidagi yangi bilimlar 
bilan boyitish, o‘quv faoliyatining shakl va texnologiyalarini tavsiflash imkonini beradi;
– diagnostik baholash vositasini kengaytiruvchi talabalarning axborot kompetentligini
rivojlantirishni baholash usullarini tushuntirish elektron axborot-taʼlim muhitining didaktik 
vositalaridan foydalanish natijalari. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish