Key words:
special education, training tool, information and communication technologies,
correction, e-learning resources, principles.
Respublikamizda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish
hamda tarbiyalash davlatimizning taʼlim sohasidagi ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.
161
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kim bilim olish
huquqiga egaligi qonuniy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi “Imkoniyatlari
cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari to‘g‘risidagi meʼyoriy-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 256-sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Jismoniy yoki
psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari
(maktablar, maktab-internatlar) to‘g‘risidagi Nizom bilan jismoniy yoki psixik rivojlanishida
nuqsoni bor bo‘lgan bolalarni o‘qitish tartiblari belgilab berilgan. Mazkur Nizomda jismoniy yoki
psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning taʼlim olishida quyidagi tamoyillarga asoslanish
lozimligi
belgilab
berilgan:
taʼlim-tarbiyaning
nuqsonlarni
tuzatish
(korreksiya)ga
yo‘naltirilganligi; taʼlim va tarbiya jarayonida tashxisning qo‘yilishiga maxsus yondashuv; o‘quv-
tarbiya jarayonini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“...imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, nogiron, aholining
boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot faoliyatini taʼminlash uchun ularga tibbiy-
ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish” kabi vazifalar
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlimni tizimli isloh
qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va
intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga
taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoniga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
tasdiqlandi. Konsepsiyada:
– O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International
Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha
jahonning birinchi 30ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
– uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– o‘qitish metodikasini takomillashtirish, taʼlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
– xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion
loyihalarni joriy etish;
– xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan
mablag‘ bilan taʼminlashning samaradorligini oshirish;
– yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini taʼminlashda maktabdan tashqari taʼlimning
zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
– davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat taʼlim tizimida raqobat muhitini
kengaytirish;
– yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
– xalq taʼlimi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy
o‘rta taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va
ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish kabi asosiy yo‘nalishlar
belgilandi.
Umumtaʼlim tizimida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, ilg‘or xalqaro tajriba va
jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli taʼlim olish imkoniyatlarini yaratish; inson
162
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
kapitalini mehnat bozorida va umuman mamlakatda o‘quvchining raqobatbardoshlik darajasini
belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirish hisoblangan xalq taʼlimi tizimining strategik
maqsadlar belgilandi.
O‘qitish usullarini takomillashtirish, taʼlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish yo‘nalishida quyidagi bir qancha vazifalar o‘z
ifodasini topdi: kichik yoshdan o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani
shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni
egallash qobiliyatini rivojlantirish; zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar uchun
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish;
kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish va ishlab chiqarishning ko‘plab jarayonlarini
avtomatlashtirish tendensiyalarining rivojlanayotganligini inobatga olgan holda o‘quv-ishlab
chiqarish majmualarida foydalaniladigan kasb-hunar taʼlimining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib
chiqish; davlat taʼlim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetensiyalar va o‘quv jarayonini
interaktiv boshqarish mahorati tamoyillariga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash
mezonlarini ishlab chiqish; umumtaʼlim maktab kutubxonalarini o‘quvchilar mustaqil
tayyorlanadigan zamonaviy (smart) markazlarga aylantirish maqsadida ularning foydali
maydonlarini kengaytirish va moddiy-texnik jihozlash, yagona axborot tizimiga birlashtirish,
shuningdek, O‘zbekiston milliy kutubxonasi elektron resurslariga ulanish orqali ularning rolini
oshirish; taʼlim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida yangi,
shu jumladan, muqobil yondashuvlarni o‘rganishga va ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan amaliy
xarakterdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish; o‘quv muddatlarini o‘zgartirmagan holda
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish kompetentligini kengaytirishni taʼminlovchi zamonaviy taʼlim
texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish; zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga
muvofiqlikni taʼminlash maqsadida umumtaʼlim davlat taʼlim standartlari tizimini muntazam
takomillashtirib borish; bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lmagan fanlar asosida tuzilgan o‘quv
dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va o‘quv fanlari sonini optimallashtirish.
So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalaridan maxsus
taʼlimda jadal foydalanilayotgani bilan bog‘liq holda “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”
(АKT) kabi kompleks so‘z birikmasi keng qo‘llanmoqda.
Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘atida axborot, kommunikatsiya va
texnologiya tushunchalariga quyidagicha izoh berilgan: axborot - taqdim etilish shaklidan qatʼiy
nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi maʼlumotlar. Dalil, voqea,
hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim (maʼlumotlar) hamda tushunchalar yoki
buyruqlar. Maʼlum xos matnda aniq maʼnoga ega bo‘lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil,
voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilim (maʼlumotlar). Qiziqish
uyg‘otishi mumkin bo‘lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va
maʼlumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars
jadvali, o‘lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi xabarlar va
h.k. axborot bo‘lishi mumkin. Hisoblash mashinasi ishi uchun zarur bo‘lgan axborot qayta
ishlanishi lozim bo‘lgan maʼlumot va dasturdan iborat bo‘lib, dastur ushbu maʼlumotlar bilan
nima va qaysi tartibda bajarilishi lozimligini belgilaydi (yoki foydalanuvchiga belgilash imkonini
beradi). Аxborot nur, tovush va radio to‘lqinlari, elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni,
qog‘ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin. Umuman olganda, xohlagan moddiy
tuzilma yoki energiya oqimi axborotni tashishi mumkin. Аxborotdan foydalanish ko‘lamlari
jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. Turli obyektlarning o‘zaro ishlashida ro‘y beruvchi aks
etish jarayonining aktiv harakatlarni taʼminlash uchun yaroqli natijalari. Shuningdek, birov, biror
narsa to‘g‘risidagi maʼlumotlar aks etgan xilma-xillik.
163
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Kommunikatsiya – aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma,
muloqot, ulanish. Telekommunikatsiyalar. Faoliyat sohasi – axborot uzatish usullari va vositalari.
Texnologiya – muayyan ishlab chiqarish sohasidagi usullar va jarayonlar majmuasi.
Informatikada turli-tuman axborot texnologiyalari ishlatiladi, birinchi navbatda, kompyuter
texnologiyalari.
Аxborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
(АKT)
deganda,
axborotni,
undan
foydalanuvchilar manfaatlari yo‘lida to‘plash, ishlash, saqlash, tarqatish, aks ettirish, qo‘llash
maqsadida bir butun holda olingan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlari va dasturiy-texnik
vositalar majmuyi nazarda tutiladi.
Аgar “kommunikatsiya” tushunchasini “axborotni uzatish” maʼnosida ishlatadigan bo‘lsak,
bu holda kommunikatsiya texnologiyalari ko‘plab axborot texnologiyalarini bildiradi. Masofaviy
va to‘g‘ridan to‘g‘ri taʼlimda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi asosiy
taʼriflarga nisbatan mavjud yondashuvlar tahlil qilinsa, shunday xulosaga kelish mumkinki,
“axborot va kommunikatsiya texnologiyalari” (АKT) so‘z birikmasini zamonaviy texnik vositalarga
(kompyuterlar va kompyuter tarmoqlariga) asoslangan hamda anʼanaviy muloqot yoki o‘zaro
munosabat vositalarini (oddiy pochtadan tortib, to ommaviy axborot vositalari (kommunikatsiya
vositalari)gacha – televideniye, radio, matbuot va h.k.) o‘z ichiga olgan turli xildagi
texnologiyalardan har tomonlama foydalanishni ko‘zda tutuvchi eng mazmundor atama deb
hisoblash mumkin. Shunday qilib, АKT deganda, keng maʼnoda axborot ustida ishlashga
qaratilgan metodlar, vositalar va operatsiyalarning tizimlashtirilgan majmuyi tushuniladi.
Pedagogikaga oid ko‘p tadqiqotlarning yo‘nalishlari fundamental-amaliy xarakter kasb
etganligi tufayli, turli-tuman fanlararo muammolarni yechimini topishga to‘g‘ri keladi. Shunday
muammolardan biri zamonaviy taʼlim vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
Hozirgi paytda bu muammoni hal qilishning dolzarb jihati АKTga asoslangan elektron taʼlim
resurslari (ETR)dan foydalanishga asoslangan zamonaviy o‘quv materiallarining majmuini
tuzishga borib taqaladi. Jadal rivojlanib borayotgan IT-texnologiyalar sohasi bilan taʼlim
sohasining o‘zaro birlashib ketayotgani, bir tomondan, pedagogik taʼlim vositalarini “yangilash”,
bu yangi sohani hozirgi zamon o‘quvchilarining idrok etish xususiyatlariga hamda zamonaviy
fikrlovchi va amal qiluvchi bitiruvchilarni tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy buyurtma talablariga
yaqinlashtirsa, ikkinchi tomondan, IT-texnologiyalarning nihoyatda keng texnik imkoniyatlari va
kreativligi taʼlim olishda imkoniyatlari alohida yondashuvni talab qilgan bolalar uchun taʼlim
vositalarini ishlab chiqish vazifasini samarali hal qilish imkonini beradi. Qator yillar davomida
taʼlimni axborotlashtirish sohasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Korreksion-rivojlantiruvchi
masalalarni hal qilishda IT-texnologiyalarning nodir imkoniyatlaridan foydalanishning qanchalik
maqsadga muvofiqligi masalalari ko‘tarilmoqda, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ETRni
loyihalashtirish va qo‘llash bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqilmoqda, har xil kategoriyaga
mansub bolalar uchun ETRlar yaratilmoqda (I.V.Bolshix, Y.L.Goncharova, Z.M.Kordun,
T.K.Korolevskaya, O.I.Kukushkina, S.V.Kudrina, L.R.Lizunova, Z.А.Repina va boshqalar). Bundan
tashqari, kompyuterdan maxsus taʼlimda foydalanishning asosiy afzalliklari ko‘rsatib berilmoqda.
Ushbu afzalliklar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
- imkoniyati cheklangan bolalarning manipulyatsion-qidiruv faollikka moyilliklariga tayanib,
ularning faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish;
- anʼanaviy sharoitda bola uchun idrok qilish imkoni bo‘lmagan obyektlarni
modellashtirish;
- aqliy va amaliy xatti-harakatlarni mashq qilish uchun samarali shart-sharoitlarni yaratish;
- taʼlim jarayonining qo‘shimcha yordamchi vositalar, tayanchlar va sh.k.lar bilan
taʼminlanishi.
164
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Har qanday ilmiy muammoni hal qilishda bo‘lganidek, ETRlarni ishlab chiqish g‘oyasi
dastlabki shart-sharoitlarni tahlil qilishni talab etadi. Tadqiqotni o‘tkazishning o‘ziga xos
jihatlarini belgilab beradigan tizimli shart-sharoitlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar taʼlim tizimini takomillashtirish
zarurati;
- yetakchi faoliyat turi – taʼlim olishning o‘ziga xosligi;
- axborotni idrok etish va qayta ishlashning o‘ziga xosligi;
- jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda olamni idrok etishning o‘ziga
xosligi;
- IT-texnologiyalarning rivojlanganlik darajasi .
Zamonaviy axborot texnologiyalarining taʼlim sohasiga kirib kelishi pedagoglarga
imkoniyati cheklangan bolalar taʼlimining mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini sifat
jihatdan o‘zgartirishga yordam beradi. Bunday texnologiyalarni taʼlim sohasida qo‘llashdan
maqsad
axborotlashtirilgan
jamiyatda
o‘quvchilarning
intellektual
imkoniyatlarini
kuchaytirishdan, shuningdek, taʼlim jarayonini insonparvarlashtirish, individuallashtirish,
jadallashtirishdan hamda taʼlim tizimining hamma bosqichlarida o‘qitish sifatini oshirishdan
iborat. I.V.Robert zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishda quyidagi asosiy
pedagogik maqsadlarni ajratib ko‘rsatadi:
1) zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish hisobiga o‘quv-tarbiya
jarayonining hamma jihatlarini jadallashtirish (intensifikatsiyalash): taʼlim jarayonining
samaradorligi va sifatini oshirish; bilish faoliyatini aktivlashtirish; fanlararo aloqalarni
chuqurlashtirish; kerakli axborot hajmini kengaytirish va qidiruvini optimallashtirish;
2) taʼlim oluvchining shaxsini rivojlantirish, axborotlashtirilgan jamiyat sharoitida shaxsni
qulay hayot kechirishga tayyorlash: har xil tafakkur turlarini rivojlantirish; kommunikativ
qobiliyatlarni rivojlantirish; murakkab vaziyatda maqbul qarorni qabul qilish, qarorlar
variantlarini taklif qilish malakalarini shakllantirish; kompyuter grafikasi, multimedia
texnologiyasidan foydalanish evaziga estetik tarbiyani rivojlantirish; axborot ustida ishlash
madaniyati va malakalarini shakllantirish;
3) vazifa yoki vaziyatni modellashtirish malakasini shakllantirish: tajriba-tadqiqot faoliyatini
amalga oshirish malakalarini shakllantirish;
4) jamiyatning ijtimoiy buyurtmasini bajarishga qaratilgan ish: axborot ustida savodli ishlay
oladigan shaxsni tayyorlash; kompyuter vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash; informatika
sohasida kasbga yo‘naltirilgan ishni olib borish.
Maxsus taʼlimda АKTdan foydalanishda ham korreksion vazifalarni tanlab olishga
qaratilgan o‘ziga xos talablar mavjud.
Maxsus taʼlim uchun mo‘ljallangan kompyuter texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlari
shundaki, ular bolalarda jismoniy yoki psixik buzilishlarni korreksiyalashning ilmiy asoslangan
metodlariga tayanadilar, bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini va o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga oladilar.
Kompyuter texnologiyasidan foydalanib o‘tkaziladigan har bir dars kompleks xarakterga
ega bo‘ladi, yaʼni korreksion taʼlim jarayonida bolaning individual imkoniyatlari va taʼlimiy
ehtiyojlariga javob beradigan anʼanaviy va kompyuter vositalarining maqbul birikuvini tashkil
qiladi.
Maxsus taʼlimda axborot texnologiyalaridan foydalanishda quyidagi vazifalar ko‘zda
tutiladi:
- o‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida
mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish;
165
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
- faol o‘qitish metodlaridan foydalanish, o‘quv faoliyatining ijodiy va intellektual jihatlarini
kuchaytirish;
- har xil turdagi taʼlimiy faoliyatlarni (o‘qish, izlanish, taqiqot olib borish va h.k.)
integratsiya qilish (yaʼni o‘zaro birlashtirish);
- axborot taʼlim texnologiyalarini jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarning o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish;
- taʼlim oluvchining bilish faoliyatini jonlantiradigan hamda informatika vositalari va
metodlarini kasbiy faoliyatda samarali qo‘llash uchun o‘zlashtirishga bo‘lgan motivatsiyani
oshiradigan yangi axborot taʼlim texnologiyalarini ishlab chiqish;
- taʼlimda uzluksizlik va vorislikni taʼminlash;
- masofaviy taʼlim axborot texnologiyalarini ishlab chiqish;
- o‘quv jarayonining dasturiy-metodik taʼminotini takomillashtirish;
- axborot taʼlim texnologiyalarini har xil soha mutaxassislarining maxsus kasbiy tayyorgarlik
jarayoniga joriy qilish.
Maxsus taʼlim tizimini axborotlashtirishning muhim vazifalaridan biri bo‘lajak
mutaxassisning axboriy madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘lib, bunda uning shakllanganlik
darajasini quyidagi omillar belgilaydi:
- birinchidan, axborot, axboriy jarayonlar, modellar va texnologiyalar to‘g‘risidagi bilimlar;
- ikkinchidan, har xil faoliyat turlarida axborotni ishlash va tahlil qilish vositalari va
metodlarini qo‘llash malakalari va ko‘nikmalari;
- uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini kasbiy (taʼlimiy) faoliyatda qo‘llash
malakasi;
- to‘rtinchidan, atrof-olamni ochiq axborot tizimi sifatida idrok eta olish.
Аxborot texnologiyalarini maxsus taʼlimda qo‘llashda bir qator tamoyillarga amal qilish
talab etiladi.
Ulardan biri jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ikkilamchi
buzilishlarni maksimal darajada korreksiya qilish tamoyilini amalda joriy qilishga qaratilgan bir
qancha dasturiy taʼminotlar ishlab chiqilgan. Masalan, “Derazang ortidagi olam”
ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturi eshitishi va nutqida buzilishlar bo‘lgan yoki psixik
rivojlanishi orqada qolgan maktabgacha katta yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar
taʼlimining umumiy rivojlantirishga qaratilgan vazifalarini hal qilish vositasi sifatida xizmat qilishi
mumkin. “Ko‘rinib turuvchi nutq” kompyuter dasturi ham surdopedagoglar va logopedlar uchun
talaffuzida buzilishlari bo‘lgan bolalarning ovozli nutq to‘g‘risida qo‘shimcha vizual axborotga
bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beradigan, bunday bolalarga hozirgi va kelgusi vaqtda
o‘zining shaxsiy nutqiy faoliyatini tahlil qilish uchun ko‘rgazmali tayanch vazifasini o‘taydigan
texnologiya namunasidir.
Sinf sharoitida bolalarga sifatli individual taʼlim berish imkoniyatini yaratish tamoyilini
amalga oshirishda, masalan, “Sonlarni tuz” kompyuter dasturi alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan
maktabgacha katta yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda asosiy matematik
tasavvurlarni shakllantirish jarayonini maqbul individuallashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Аxborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan yangi taʼlim vositalari jismoniy yoki
psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning samarali faoliyatini taʼminlab, ularga bilish
faoliyati obyektlarini o‘zlari uchun qulay belgili shakllarda modellashtirish, ushbu obyektlarning
sifatlari va belgilari ustida tajriba-sinov olib borish, to‘g‘ridan to‘g‘ri idrok etish imkoniyati
bo‘lmagan hodisalar va jarayonlar o‘rasidagi aloqalarni, ularning o‘zgarish qonuniyatlarini
aniqlash imkonini beradi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar taʼlimida bunday bolalar
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini, maxsus taʼlim tizimining ichki
166
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
mantig‘ini va maxsus didaktikaning asosiy tamoyillarini hisobga oladigan ixtisoslashtirilgan
axborot texnologiyalari ustuvorlikka ega bo‘ladi. Bunday texnologiyalardan foydalanishning
asosiy sharti shundaki, bola kompyuterni o‘zining turli-tuman faoliyatida uning yosh xususiyatlari
va imkoniyatlariga, rivojlanish darajasi va bosqichma-bosqich taʼlim vazifalariga javob beradigan
vosita sifatida o‘zlashtirishi kerak.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallanmagan
kompyuter dasturlaridan maxsus taʼlimda foydalanishda bunday bolalarning umumiy va o‘ziga
xos taʼlimiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus metodik tavsiyalar ishlab chiqilishi kerak
bo‘ladi.
Bu tamoyilni amalga oshirishda ixtisoslashtirilmagan “Matn muharriri” kompyuter dasturi
misol bo‘la oladi. Ushbu dasturdan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning yozma nutq shaklini
rivojlantirishda foydalanish mumkin. Bunda bolalar uchun oson matnlarni kompyuterda yaratish
va tahrir qilish malakasini shakllantirishga qaratilgan maxsus metodika asos qilib olinadi.
Imkoniyatlari
cheklangan
shaxslarning
taʼlim
jarayoniga
zamonaviy
axborot
texnologiyalarining nihoyatda katta taʼsiri va afzalliklarini eʼtiborga olgan ko‘pchilik pedagoglar
ularni o‘zlarining metodik tizimlariga tobora kengroq joriy qilmoqdalar. Biroq maktab taʼlimini
axborotlashtirish jarayoni qisqa vaqtda, biron-bir islohotga muvofiq amalga oshmaydi: bu asta-
sekin kechadigan uzluksiz jarayondir. Taʼlimni axborotlashtirish jarayoni har biri o‘z belgilariga
ega bo‘lgan bir nechta bosqichlarda kechadi.
Birinchi bosqichning o‘ziga xos belgilari:
- yangi axborot texnologiyalari vositalarining va birinchi galda, kompyuterlarning ommaviy
joriy qila boshlanishi;
- kompyuter texnikasi vositalarini pedagogik jihatdan o‘zlashtirilishiga oid tadqiqotlar olib
boriladi, ushbu vositalardan taʼlim jarayonini jadallashtirish maqsadida foydalanish yo‘llari
qidiriladi;
- jamiyat axborotlashtirish jarayonlarining mohiyati va zarurligini anglash yo‘lidan boradi;
- uzluksiz taʼlimning hamma bosqichlarida axborotlashtirish sohasida dastlabki tayyorgarlik
olib boriladi.
Ikkinchi bosqichda:
- yangi axborot texnologiyalari jadal o‘zlashtiriladi va anʼanaviy o‘quv fanlariga joriy qila
boshlanadi;
- pedagoglar, kompyuter texnikasidan foydalanib, yangi taʼlim metodlari va tashkiliy ish
shakllarini o‘zlashtirib boradilar;
- pedagoglar tomonidan o‘quv-metodik taʼminot yangi axborot texnologiyalari asosida faol
ishlab chiqiladi va amalda o‘zlashtira boshlanadi;
- taʼlim-tarbiya ishining mazmuni, anʼanaviy shakllari va metodlarini qayta ko‘rib chiqish
masalasi kun tartibiga qo‘yiladi.
Uchinchi bosqichda esa:
- zamonaviy АKT vositalaridan taʼlimda keng foydaliladi;
- uzluksiz taʼlimning hamma bosqichlarini axborotlashtirish asosida ularning mazmuni
qayta quriladi;
- taʼlimning metodik asosi o‘zgaradi hamda har bir pedagog zamonaviy axborot
texnologiyalarining tegishli vositalariga tayangan taʼlim metodlari va tashkiliy shakllarini keng
miqyosda o‘zlashtira boshlaydi.
167
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Do'stlaringiz bilan baham: |