Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Keywords: 
higher education institution, future teachers, competence, innovation, 
innovative competence, innovative processes. formation of innovative competence of future 
teachers. 
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotining turli sohalaridagi aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan dinamik islohotlar zamonaviy oliy ta’limni yuqori texnologik innovatsion muhit 
sifatida takomillashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi, bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion 
kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishga qo‘yiladigan talablar o‘zgaradi. Ushbu 
muammoning dolzarbligi bugungi kunda O‘zbekistonda ro‘y berayotgan innovatsion jarayonlar 
dinamikasining sezilarli o‘sishi bilan mustahkamlanib bormoqda. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish 
uchun pedagogik shart-sharoitlarni asoslash, uni rivojlantirishning uzluksizligi va premselligini 
ta'minlash mexanizmlarini ishlab chiqish zamonaviy pedagogika oldida turgan muhim 
muammolardan biridir. 
Xorijiy atamalar lug‘atida “kompetentlik” tushunchasi kompetensiyaga ega deb talqin 
qilinadi, ya’ni biron-bir muassasaning vakolatlari doirasida, kimning qaramog‘idagi odamlar yoki 
qator ishlar, masalalar, competent (frans.) – kompetentlik, vakolatli bo‘lish; competens – (lat.) – 
layoqatli, qobiliyatli degan ma’nolarni anglatadi. Competere – talab qilish, mos bo‘lish, to‘g‘ri 
kelish; competence (ingl.) – qobiliyat). 
Kompetentlik – shaxsning o‘zlashtirgan muayyan bilim, ko‘nikma va tajribasini ijtimoiy-
kasbiy sohadagi aniq vaziyatlardagi muammo va vazifalarni yechishga qodirlik darajasi, 
yaroqliligi. 
Lug‘aviy jihatdan 
“innovatsiya” 
tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda 
(“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan 
aniq holatni ifodalaydi.
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun 
va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika 
va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 
2) ilmiy texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va 
mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat 
doiralarida qo‘llanishi”.
1
Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy 
munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu 
jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari, 
yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar 
toifalari o‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini 
o‘rgangan. 
Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion 
xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining 
1
Ўзбекистон миллий энциклопеияси. Зебунисо-Конигил / 4-том. Бош таҳрир ҳайъати аъзолари: М.Аминов ва б. – Т.: 
“Ўзбекистан миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2002. – Б. 169. 
155


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy 
o‘rganila boshlagan Xususan, X. Barnet, J. Basset, D. Gamilton, N. Gross, R. Karlson, M. Maylz,
A. Xeyvlok, D. CHen, R. Edem, F. N. Gonobolin, S. M. Godnin, V. I. Zagvyazinskiy, V. A. Kan-Kalik,
N. V. Kuzmina hamda V. A. Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda 
innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni 
asoslash va ularni amaliyotga samarali tatbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada 
yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan boxabar bo‘lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol 
foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni yoritilgan.
1
Mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti va strategik salohiyati aynan innovatsion 
kompetentlik, pedagoglarning kasbiy mahorati va professionalligi bilan belgilanadi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish