Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Key words:
person, spirituality, needs, conditions, reality, attitude, activity, influence, 
result, factors. 
Shaxs, uning dunyoni bilish, o‘zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish, tushunishi 
va o‘zaro munosabatlar jarayonida o‘zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi hamda 
ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog‘liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda 
shaxs – jamiyatda yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. 
Ya'ni, u tug‘ilgan onidan boshlab o‘ziga o‘xshash insonlar qurshovida bo‘ladi va uning butun 
ruhiy potensiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‘ladi. Maqsadli hayotda shaxsda avval u 
yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda xulq 
motivlari namoyon bo‘ladi. Rus olimi R.Nemov
1
shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha 
tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish 
mumkin: 

Biologik ehtiyojlar – bu fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari. 

Ijtimoiy ehtiyojlar – bu mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy-ma'naviy ehtiyojlar. 
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz 
lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya'ni ular o‘sha jamiyat va 
muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‘liq 
bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning iste’molga – ovqatga bo‘lgan 
ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana 
misol uchun, to‘y marosimlari yoki juda to‘kin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun 
shunchalik ko‘p ovqat iste'mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni yoki paxta 
dalasidagi hashar bo‘lsa-chi, bir burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham 
bo‘lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan kishi oz-oz yeyishga 
o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach oldiga borib, o‘zi uchun 
ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa so‘raydiki, lekin uyda o‘zi ovqatlanishini nazorat qilishi kerakligini 
bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa ekan. 
Basharti organizm yaxlitlikdan iborat ekan, ehtiyojlarnning har biri u yoki bu jihatdan 
butun organizmning, inson haqida gap ketganda esa, shaxsning ehtiyoji ekanligi tabiiydir. Bu 
yerdan ehtiyojlarni shakllantirishda ham, ularning namoyon bo‘lishida ham butun organizmning 
faoliyati, jumladan, organizmning tashqi muhit bilan filogenetik va antogenetik jihatdan 
shakllangan aloqalar tizimini ham qamrab olinishi tushuniladi. Ayniqsa hozirgi kunga kelib, 
1
Немов Р.С. Психология: Учеб. для студ. высш. пед. учеб. заведений: В 3 кн. 4-е изд. М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 
2003. - Кн. 1: Общие основы психологии. – 688 с. 
173


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
psixologiya sohasida ehtiyoj tushunchasining mohiyati aniq va to‘liq ochib berilmaganligi va 
unga nisbatan berilgan har xil ta’riflarning qabul qilinganligini ham uchratamiz. 
Ehtiyoj so‘zining umumiy ma'nosida – shaxs organizmi yoki uning shaxs sifatidagi o‘ziga 
kerak bo‘lgan nimaningdir zarurligi, nimagadir muhtojligini his qiladigan zarurat tushuniladi. 
Ehtiyoj insonni o‘zini qondirishning predmetini izlashga bevosita undaydi, ushbu izlash 
jarayoni esa ijobiy his-tuyg‘ular bilan bezalgan bo‘lishini ko‘ramiz. Shuningdek, ehtiyoj inson 
psixikasida faoliyatning ichki va tashqi sharoitlari orasidagi nomutanosiblikning aks etishidir. Bu 
individ tomonidan “asabiy va jismoniy taranglik”, “qoniqmaganlik”, “noqulaylik” deb his 
qiladigan yoki tushuniladigan psixik holatdir. Shu sababdan ham ehtiyoj o‘z oldiga ushbu 
nomutanosiblikni bartaraf qilishni maqsad qilib qo‘ygan, faollikka undaydigan omil hisoblanadi. 
Aynan ehtiyojlarni qondirishning voqe real imkoniyatlaridan foydalanish yo‘li bilan ham 
amalga oshirish mumkin. Bunday imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganda esa shaxs ushbu ehtiyojdan 
voz kechishi chetga chiqarishi, unutishi yoki uni o‘ziga mohiyat jihatdan yaqinroq bo‘lgan boshqa 
ehtiyoj bilan almashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Biroq ushbu mexanizmni hayotiy zarur 
sifatidagi ehtiyojlarni qondirishga qo‘llab bo‘lmaydi, chunki hayotiy ehtiyojlarni qondirishning 
imkoni bo‘lmasa organizmning jismoniy o‘limiga olib keladi. 
Subyekt va uning faoliyati sharoitlari orasida o‘zaro aloqaning aks ettirilishi sifatida, 
ehtiyoj xulq-atvorning anglanmaydigan havas, qiziqishlar va ongli stimullarida (rag‘batlarida) aks 
etadi. Odatda, inson ehtiyojlari predmetga qaratilganlik xossasiga ega bo‘ladi. Bu holatdan oldin 
esa “izlash xulq-atvori” amalga oshiriladi: umumiy aniqlashtirilmagan (konkretlashtirilmagan) 
ehtiyoj uni qondirishning ma’lum aniq usullari va predmetlarini izlashga undaydi. XX asr 
psixologlarining nazariyasiga ko‘ra, ehtiyojlarni ma’lum sharoitlarda qondirish individlarning 
psixikasida ehtiyojning o‘zini go‘yo almashtiradigan harakatga bo‘lgan ko‘rsatma sifatida qayd 
etiladi. 
Izlash xatti-harakatlarining turli-tuman holatlari orasida bunday izlash paydo bo‘lgan 
ehtiyojning qondirilishining birinchi holatigacha keltirib chiqariladigan izlash holatlarini alohida 
ajratib ko‘rsatish lozim. Bunday ehtiyoj uchun o‘z predmeti hali “ma’lum” emas; bu predmetni 
hali tashqi maydonda topish lozim. Bu yerda, umuman olganda, endogen omillar tomonidan 
faollashtiriladigan boshlash mexanizmlarida selektivlik xossasi o‘ta past. Etmologiya sohasida 
o‘tkazilgan o‘rdak bolasining onasi orqasidan ergashishi xulq-atvorini keltirib chiqarish tajribalari 
haqida gapirganda, K. Lorents “o‘lchamlari Bentam zot tovug‘i va katta eshkakli qayiq kattaligi 
orasida bo‘lgan har qanday obyekt” bunday xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi obyekt bo‘lishi 
mumkin deb aytadi. Xulq-atvor aynan mana shu “har qanday” obyektda qayd etiladi, ya'ni uning 
aynan ergashish obyekti sifatidagi umumiy belgilarining muhrlanishi orqali amalga oshadi 
(xotirada saqlanib qoladi qo‘yiladi). Masalan, umuman olganda, odam ham ergashish obyekti 
bo‘lishi mumkin; faqat bundan keyin farqlash (differensirovka qilish) mexanizmi ishga tushadi va 
uning natijasida esa – faqat bitta muayyan inson o‘ziga ergashishni keltirib chiqaradi. 
Xulq-atvorning psixologik darajada ehtiyojlarning ma’lum, ya’ni konkret obyektlari 
irsiyatda “qayd etib” qo‘yilmaganligi, aksincha, ular murakkab izlash mexanizmlarini 
faollashtirish, ekstren (favqulodda) holatda qayd etish va nihoyat, shartli aloqalar va 
farqlashning differensiasiya qilishning ishlab chiqilishi mexanizmlari natijasida ochilishi 
holatlariga ko‘plab real misollar mavjud. 
174


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Ehtiyojlar zaruratlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, biroq har qanday zarurat ham 
ehtiyojga aylanavermaydi. Bundan tashqari, ehtiyoj – u yoki bu obyekt uchun tashqi emas, balki 
ichki zaruriyatdir. Zaruriyatning ikki turi (obyektiv va subyektiv) bir-biriga mos kelgandagina 
ehtiyoj haqida ushbu so‘zning tor qat'iy ma'nosida gapirsa bo‘ladi. 
Bunday holatni shaxs xulq-atvorini tartibga soladigan muhim vosita sifatida shaxs 
ehtiyojlari xususiyatlariga to‘laqonli qo‘llasa bo‘ladi, chunki tashqi zaruriyat ichki zaruriyatga 
aylantirilmasa, tashqi zarurat shaxs uchun mavhum zaruriyatligicha qolib ketaveradi, ya'ni 
ehtiyojga aylanmaydi. Individual shaxsiy ehtiyojlardan tashqari, jamiyatda shaxsga nisbatan 
ijtimoiy ehtiyojlarning yuridik va iqtisodiy majburlash kabi turlari ham mavjud. Ularning bir-
biriga “tutashish” (“mos kelishi”), ya'ni obyektiv va subyektiv zaruriyatlarning o‘zaro 
munosabati, ishlashi muammosida shaxsiy yo‘nalishga ega, chunki obyektiv zaruriyat alohida 
olingan shaxslarning faoliyati natijasida amalga oshirilishi mumkin xolos. Binobarin, ijtimoiy 
zaruriyat qanchalik chuqur tushunilsa, uning talablari shunchalik to‘la darajada xulq-atvorda 
(inson faoliyatida) hisobga olinadi va ijtimoiy ehtiyojlar shaxsning ehtiyojlarida shunchalik 
to‘laqonli namoyon bo‘ladi. 
Shu boisdan ehtiyoj ichki zaruriyat sifatida talqin qilinganda, shaxs uchun uning 
obyektlari boshqa ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida qo‘llanilmaydi, balki o‘z-o‘zidan 
ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, bundan ehtiyoj ma’lum ma'noda shaxsning yagona maqsadi, 
shaxs xatti-harakatlari, xulq-atvorining bevosita stimuli (rag‘bati) hisoblanadi deb xulosa 
chiqarish mumkin. Boshqa barcha hodisalar kabi, shaxsning ehtiyojlarini ularning ichki qarama-
qarshiliklarini, aynan ushbu holatda esa obyekt va subyekt orasidagi, zarur va istalgan, voqea va 
talab qilinadigan tushuncha, voqea, narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni hisobga olgandagina 
to‘g‘ri tushunish mumkin. Binobarin, ehtiyojning mohiyati subyekt va obyekt orasidagi qarama-
qarshilik sifatida talqin qilinishi sababli, ushbu qarama-qarshilikning o‘ziga xos xususiyatlarini 
uning faqat bir tomonini, ya'ni shaxsning mohiyatini ushbu shaxs intiladigan narsa, hodisalardan 
tashqarida, yoki aksincha, ehtiyojlar obyektini ularning subyektidan ajratib olish mumkin emas. 
Shuningdek shaxsning ehtiyojlari nima bo‘lsa-da, uning ongida aks etadi, uning 
tushunchasida mustahkamlanadi, ammo bu ularga qanaqadir ideal yani mukammal hodisani aks 
etishining bir shakli sifatida qarashni anglatmaydi, yoki aksincha, aks etish shaxs ehtiyojlari 
xususiyatlaridan mavhumlashtirish, abstraksiyalanish ekanligini ta’kidlash lozim. Biroq, shaxs 
ehtiyojlarining talqin etilishida bunday ziddiyatlar hali ham mavjud. Ba'zi olimlar ularni 
zaruriyatlarning aks etish shakli, boshqalar esa zaruriyatning o‘zi deb hisoblashadi.
T. Kornilovaning fikriga ko‘ra “ehtiyojlarning tabiati uchun dastavval ular mukammallik 
(ideallik) sohasiga tegishli ekanligi xos”.
1
Aksincha, V. V. Radayev “ehtiyojlar inson (jamiyat) 
hayot faoliyati uchun ko‘p turli sharoitlarni yaratish zaruriyati hisoblanib, joriy tarixiy 
sharoitlarda ularsiz uning yashashi va risoladagiday (normal) rivojlanishi mumkin emas”, deb 
hisoblaydi.

Umuman olib qaraganda, ushbu muammo bo‘yicha mavjud nuqtayi nazarlar tahlili haqida 
mualliflar shaxsning ehtiyojlarini u yoki bu aspektlarini (tomonlarini) o‘rganish muhimligini 
ta’kidlab o‘tsalar-da, ushbu aspektlarning o‘zaro aloqasiga, ehtiyojlarning yaxlit ijtimoiy hodisa 
1
Корнилова Т. Введение в психологический эксперимент. – М.:Инфра, 2003, 198 с. 
2
Радаев В.В. Кому принадлежит власть на потребительских рынках отношения розничных сетейи поставщиков в 
современной России Издательский дом Высшей школы экономики Москва, 2011. с.44 
175


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
ekanligini tushunishga e'tibor berishmaydi. Chunki, faqat ijtimoiy hodisa doirasidagina uning 
alohida olingan tomonlarini unumli o‘rganish mumkin. 
Albatta, ehtiyojlarni shaxs va jamiyatning o‘zi ham aks etiradi, biroq, ularni aks ettirish 
shakli tushunchasiga olib kelish o‘ta ko‘p qirrali hodisa fenomen bo‘lmish ehtiyojlar juda muhim 
bo‘lsa-da, ularni muhim jihatigacha toraytirishni anglatar edi. 
Darhaqiqat ehtiyojni faqat (yoki dastavval) aks ettirish shakli deb talqin qilish pirovard 
natijada “ehtiyoj” va “zarurat”, “muhtojlik” tushunchalarini bir-biriga qarshi qo‘yilishiga olib 
keladi
1
. Bunday zarurat ongli ravishda idrok qilinadi va subyektning (shaxsning, ijtimoiy 
guruhning, jamiyatning) ehtiyojiga aylanadi.
Bizning fikrimizcha, ushbu tushunchani bunday farqlash yetarlicha asoslanmagan. Zarurat 
ham, ehtiyoj ham subyektning ahvolini, holatini belgilaydigan munosabat ekanligini ta’kidlab 
o‘tish lozim. Bu holatni shaxs anglashi yoki tegishli vaqt, fursat yetib kelguncha anglamasligi ham 
mumkin. Shu boisdan ehtiyojlar kabi zarurat ham individ faolligining namoyishidir, ushbu 
tushunchalarning orasidagi yaqinlik ular ko‘p tillarda sinonimlar sifatida qo‘llanilishi bilan ham 
tasdiqlansa-da, odamlarni turli tarzda harakat qilishga undaydi. 
Shu bilan birga, ehtiyojlar va zaruratlar shaxsning holatlari, uning o‘zini o‘rab turgan 
muhit bilan munosabatlari sifatida o‘z xususiyatlariga ega. Shuningdek, ehtiyojlar ham, 
zaruratlar ham zaruriyatning bir ko‘rinishidir, biroq zarurat – “subyektning tanqislik sharoitidagi 
holatidir”, ehtiyoj esa, uzoq vaqt qoniqtirilmasa yoki qisman qoniqtirilsa, zaruratga aylanadi. 
Boshqa ibora bilan aytganda, zarurat – ichki tuzilmasida, strukturasida zaruriyatning iste'mol 
predmeti tomonidan qat'iy belgilanishi, determinasiyasi natijasida obyektivlik va 
subyektivlikning dialektikasi buzilgan ehtiyojdir. Subyektivlik jihati juda kam aks ettirilgan, yoxud 
umuman yo‘q. Masalan, haddan tashqari och qolib ketgan inson uchun, ovqatning ta'm 
xususiyatlari, uning estetik jozibasi, qanday suzilib, qo‘yilganligi, uslubi va hokazolar, ikkinchi 
darajaga o‘tadi. Ochlikning kuchli darajasida, inson mahsulotning bunaqa “tafsilotlariga” 
umuman e'tibor ham bermasligi mumkin. Zarurat haqida xuddi mana shu ma'noda fikr 
yuritishimiz va uni ehtiyoj tushunchasidan farq qilishimiz lozim. Ehtiyoj shunchaki muayyan 
predmetga bo‘lgan zaruriyatni ko‘rsatibgina qolmay, u subyektning – u yoki bu ehtiyojlari 
bo‘lgan shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ham boyitilgan bo‘ladi. Subyekt, ya'ni shaxsning 
o‘zi ushbu tuzilmaning elementlaridan biridir; boshqa bir element – obyekt bo‘lib, u muayyan 
predmet, xizmat va faoliyat turlaridan iborat bo‘lishi mumkin; uchinchi element – subyekt va 
obyekt orasidagi munosabatdir. Bu munosabatlarning ushbu turiga ehtiyoj munosabatlari nomi 
berilgan.
2
Shu ma'noda, zarurat qashshoqlashgan, soddalashgan ehtiyojdir, biroq bu bilan birga 
zaruratlarning o‘ta kechiktirib bo‘lmaslik, majbur qiluvchi tabiatini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, shaxsning ehtiyojlari amalga oshirish imkoniyati va 
voqelik, zaruriyat va istalgan (xohlagan) narsalar, joriy va ehtimoliy (perspektiv) jihatlar, omillar 
orasidagi qarama-qarshilikda namoyon bo‘ladigan hayot sharoitlariga bo‘lgan munosabatidir. 
Ehtiyojlar shaxsning dastavval ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, ishlab chiqarish 
munosabatlarining turi, individning qaysi ijtimoiy sinfga mansubligi, madaniyatning umumiy 
rivojlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lgan va ehtiyoj subyekti uchun qadr-qimmat kasb etadigan u 
yoki bu predmetlar yoki faoliyatga bo‘lgan zaruriyatni aks etuvchi muayyan holatida amalga 
oshadi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish