TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
bugungi kunning oʻquvchisi aqlli, dono, zukko bo‘lishi bilan birga maʼnaviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalangan boʻlishi ham kerak. Oʻz-oʻzidan maʼnaviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq holda
maʼnaviyat, axloq, tarbiya nima degan savol paydo boʻladi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida bu
soʻzlarga quyidagicha taʼrif berilgan.
Maʼnaviyat – moddiy hayot bilan yonma-yon yuradigan, xalq va jamiyat hayotining
ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy hodisa.
1
Bu tushunchaga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
shunday ta’rif beradi: - “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan,
odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini
uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining me’zonidir.” Axloq - kishining tabiati,
muomala xatti-harakat odobi.
2
Tarbiya - rivojlantirish, parvarish qilish, oʻstirish, oʻrgatish, ilm
berish. Taʼlim, axloq-odob va shu kabilarni oʻrgatib, singdirib insonni voyaga yetkazish.
2
Bolaning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi qachondan, kimlar tomonidan, nimalar vositasida
shakllantirib rivojlantiriladi degan savollar bugungi kun kishisi uchun qiziqarli va ahamiyatli
boʻlgan muammolardan hisoblanadi. Har bir shaxs, avvalo, oilada undan soʻng maktabgacha
taʼlim muassasasida, keyin maktabda, oliygohda va shu kabi keyingi bosqichlarda maʼnaviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalanib boraveradi. Negaki har bir joyning oʻziga xos odob-axloq qoidalari
bor.
Kichik maktab yoshida oʻquvchilar oldin olgan bilimlarini ilmiy jihatdan asoslab boradi.
Ayniqsa, bu davrda xalq ogʻzaki ijodi namunalarining keng tarqalgan janrlaridan biri
maqollarning alohida oʻrni bor. "Maqol" atamasi arabcha - "kavlun" - gapirmoq, aytmoq
soʻzlaridan olingan boʻlib, aytilib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan qo‘llaniladi. Maqollar
o‘z tabiatiga ko‘ra xalqaro janr hisoblanadi. Dunyoda o‘z maqollariga ega bo‘lmagan xalqning o‘zi
yo‘q. Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi.
Maqollarda hayotning achchiq-chuchugini ta’tib ko‘rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko‘zi
bilan qaraydigan, sof vijdonli, oliyjanob, mehnatkash kishining biror voqea-hodisadan, biror
kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun (ko‘proq
bolalar uchun) yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqollar xalqning aql-
idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilib
kelinmoqda. Maqollar chuqur ma’noni ifoda eta bilishi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq
og‘zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Ularda mehnatkash xalqning orzu-umidlari,
o‘zaro munosabatlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, o‘y- fikrlari o‘ziga xos shaklda aks
etgan bo‘ladi. Shu sababdan ular bolalarni to‘g‘ri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va
lo‘nda bayon etishga o‘rgatadi, ularning badiiy didini oshiradi, tarixiy hodisalarning mohiyatini
yaxshiroq, chuqurroq payqab olishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqollar ona tilining eng
nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so‘z boyligini oshirishga ko‘maklashuvchi vosita
sifatida xizmat qiladi. Kuzatishlarimizdan shunday xulosaga keldikki, deyarli barcha maqollarda,
birinchi navbatda bola tarbiyasi, odob yotar ekan. E’tibor bering:
Do'stlaringiz bilan baham: