Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

 
O‘quvchilar soni
 
O‘qish motivi 
 

O‘yin motivi 
 

Eksperimental guruh
21 

33 14 
67 
Nazorat guruhi 
31 

16 26 
84 
Jami
52 
12 
23 40 
77 
Т
1
–mezon 
2,09 
Tkr-mezon (r=0,05) 
3,84 
Yuqoridagi 1-jadvaldan ko‘rinib turganidek, Tempnatijalarida, shunday tafovutlar kuzatilsa, psixologik eksperiment samarasini aniqlashda 
muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shuningdek, mustaqil o‘zgaruvchi sifatida qabul 
qilingan psixologik eksperiment taʼsirini boshqa aralashuvchi omillardan, yaʼni mustaqil 
o‘zgaruvchi bilan bir xilda o‘zgaradigan yosh xususiyatlari, boshqa fiziologik va ijtimoiy omillar 
taʼsirini neytrallash uchun ham kerak edi.
1-jadvalda 289 va 292-maktablaridagi o‘yin va o‘qish motivlarining tajribagacha bo‘lgan 
holati foizlardagi ko‘rsatgichi, tajribaga jalb etilgan jami o‘quvchilarning 67%ida o‘yin motivlari 
ustunlik qilsa, atigi 33%ida o‘qish motivlarining ustuvorligi kuzatilmoqda. 
Mazkur ko‘rsatkichlar o‘quvchilarda, nazorat guruhida esa o‘yin motivlarining o‘qish 
motivlaridan mos ravishda, 16% va 84% yuqori ekanini bildiradi. Shunday qilib, tadqiqot 
natijalaridan maʼlum bo‘lishicha, mazkur maktablarning birinchi sinf o‘quvchilarida ham o‘yin 
motivlari o‘qish motivlaridan ustundir. 
Bu ko‘rsatkichlar eksperimental guruhlarda ham, nazorat guruhlarida ham hali bolalarda 
o‘qish motivlari shakllanmaganligi, ular bog‘cha yoshi davridan o‘quvchilik davriga to‘la 
o‘tmaganligi, pirovardida, o‘yin motivlari haligacha o‘z ustuvorligini yo‘qotmaganligidan dalolat 
beradi, yaʼni bolalarning bog‘chadan maktabga o‘tishlari ancha murakkab ekanini ko‘rsatmoqda. 
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bola maktabga chiqqandan keyin ham o‘yin uning hayotida 
asosiy va muhim o‘rinlarni egallab qoladi. Bola o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil 
o‘yinlarni o‘ynashda davom etaveradi. Zero, o‘yin jarayonida bola o‘z-o‘zini idora qilishga, o‘z 
harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatlarini 
shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yishga odatlanishini shakllantiradi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘qish va o‘yin motivlarini o‘rganish jarayonida 
quyidagi xulosalarga kelindi: 
Boshlang‘ich sinfga borgan o‘quvchilarda o‘qish motivlari yaxshi shakllanmaganligi, ular 
bog‘cha yoshi davridan o‘quvchilik davriga to‘la o‘tmaganligi oqibatida ularning o‘quv 
faoliyatlarida o‘yin motivlari ustuvorlik qilishlari maʼlum bo‘ldi. 
O‘yinning o‘ziga xos xususiyati – o‘qituvchiga o‘yin mazmunini boshqarish, syujetiga 
maʼlum rollarni kiritish va shu tariqa o‘ynayotgan bolalarning muayyan ijobiy tuyg‘ularini 
shakllantirish imkoniyatini beradi. 
200


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
To‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv jarayoni - kichik maktab yoshidagi o‘quvchining bilimga bo‘lgan 
motivlari tarkib topishining asosiy shartidir. Umuman, o‘qish ishtiyoqi, muvaffaqiyatga erishish 
bolaning o‘qituvchiga bo‘lgan ijobiy munosabati bilan belgilanadi. 
O‘quvchilarda o‘quv motivlarining tarkib topishiga yordam beruvchi korreksion tadbirlar 
quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin: 
– 
o‘quvchining maktabgacha bo‘lgan davrdan kichik maktab yoshi davriga o‘tish paytida 
o‘quv faoliyati samarasini belgilovchi asosiy psixologik ko‘rsatkichlarni yakuniga yetkazish; 
– 
kichik maktab yoshi davrida asosiy hisoblangan o‘quv faoliyatining muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirilishini taʼminlaydigan psixologik muhitni yuzaga keltirish. 
– 
kichik maktab yoshidagi o‘quvchining o‘yin faoliyatidan o‘quv faoliyatiga o‘tishini 
bosqichma-bosqich shakllanishini ta’minlash orqali bolalarda o‘quv motivlarining samarali 
shakllanishini yuzaga keltirish mumkin. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish