Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Key words:
motive, motivation, complex approach, systematic approach, affect 
(emotions), Negative motives, Broad social motives, Narrow personal motives. 
Motiv (lotincha “harakatlantiraman” degan maʼnoni bildiradi) - odamni muayyan xatti-
harakatlarga undaydigan bosh sabab. Insonni faoliyatga undovchi asosiy sabab uning 
ehtiyojlaridir. Binobarin, ehtiyojlarning turiga qarab motivlar ham har xil bo‘ladi. Psixologiyada 
motivlar ikki katta kategoriyaga bo‘linadi: bular tabiiy hamda maʼnaviy motivlardir. Motivlar, 
ularning mazmunini aks ettirish shakliga qarab ham bir-biridan farq qiladi: hissiyot, tasavvur, 
fikr, tushuncha, g‘oya, maʼnaviy ideal va boshqa motivlar
1
,
2

Baʼzi hollarda motiv alohida harakatlarga undab, bu harakatning maqsadi bilan bevosita 
mos keladi. Ko‘pincha murakkab faoliyatda motiv harakat maqsadiga bevosita mos kelmay, bir 
maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun 
faoliyat predmeti motiv harakatining o‘zidir. Haqiqatda, motivlar faollashgan, maqsadga 
qaratilgan, faqat xayolda amalga oshuvchi yoki idrok qilingan bo‘lishi mumkin. Аsosan, bularning 
zaminida u yoki bu ehtiyojlar turadi.
Harakatlarning negizini tashkil etuvchi hayajon, harakatga nisbatan qiziqishlar ularning 
motivi sifatida namoyon bo‘ladi. Individ uchun ahamiyatli bo‘lgan qandaydir hayajon undash 
bilan birga, unda shaxsiy maʼnoni anglatadi. Bu motivlar maʼno anglatuvchilar deb ataladi. 
Insonning maʼlum bir qadriyatlarga moslashishi (yo‘naltirilishi) ularga taxminiy ijobiy baho 
natijalari orqali singib boradi. Shu bilan birga, subyekt uni ongli ravishda loyihalashtirib olgan 
taqdirdagina u yoki bu qadriyatga yo‘naltirish haqida mulohaza yuritish mumkin. Baʼzi individlar 
qadriyatlar yo‘naltirishning shakllanish yo‘li qadriyatlarga nisbatan ehtiyojlar orqaligina emas, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi maʼnoda: tevarak-atrofini o‘rab turgan odamlarning 
qadriyatlarga qaratilgan qarashlarini o‘zlashtirib olgan holda buni o‘z xulqiga va faoliyatiga 
moslashtiradi, xuddi shu yo‘l bilan ilgari o‘zida bo‘lmagan yangi ehtiyojlar negizini tiklaydi. 
Faoliyatning mazmuni faqat shu faoliyatni qoniqtira oladigan ehtiyojlar mundarijasi 
bilangina belgilanmaydi. Inson asosiy ehtiyoj bilan bir yo‘nalishda harakat qilayotgan vaziyatning 
obyektiv va subyektiv imkoniyatlarining mavjudligini, ehtiyojlar bor-yo‘qligini hisobga oladi. 
Mana shundan keyingina motiv asosiga (ahamiyatiga, qimmatiga, maʼnosiga) ko‘ra, subyekt 
uchun mos bo‘lgan xulqni subyektiv asosda hal qilishga undaydi, yo‘qsa subyekt ushbu xulqni 
oqlab, qonunlashtirib qo‘yadi. 
Motiv bir xulqni ikkinchi xulq bilan, kamroq qo‘llanadiganini ko‘proq qo‘llanadigani bilan 
almashtiradi. Shu yo‘l bilan ko‘zlangan faoliyatga imkoniyati yetadi. Harakatlar ikki motiv bilan 
shunday bog‘langanki, ulardan biriga yo‘naltirishda birinchi qadam bo‘lib xizmat qiladi va ayni 
paytda boshqasiga qaytishda ham shu tarzda xizmat qiladiki, shunday ziddiyatli maʼnoda ish 
tutishga qodirdir.
1
Большой толковый психологический словарь/ Пер. с англ. – М.: Ребер Артур, АСТ, Вече, 2003. Т. 1 (А-О). - 592 с. 
2
Ганзен В.А. Системные описания в психологии. – Л.: Изд-во ЛГУ, 1984.- 176 с. 
192


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Qahramonona ish – bu shunday ishki, bunda inson qandaydir harakatni sodir qiladi va bir 
vaqtning o‘zida qo‘rquvni, o‘zini saqlash instinktini va jamiyat bosim kuchini yenga oladi. 
Nomardlarcha ish – bu ham qiyinchiliklarni yengishdir, lekin endi bu shaxsiy ziddiyatdir. 
Motivatsiya deganda biz shaxsning nima uchun maʼlum vaqtda boshqa fikr va harakatlarni 
emas, aynan shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini asoslab berishi, tushuntirib 
berishidan iborat mantiqiy jarayonni tushunamiz. 
Motivatsiyani shakllantirish mexanizmlari esa, bizning fikrimizcha, quyidagi nazariy 
tushunchada ifoda qilinadi.
Birinchidan, ierarxik boshqarishning yaratilishi, ikkinchidan, bunday boshqarishning yuqori 
darajasi bilan ehtiyojlar va qiziqishlarning uyushmagan shakllarini qarama-qarshi qo‘yish. 
Motivatsiyaning shakllanishi ikkita mexanizmga ega. Birinchisi, uyushmagan holat yoki 
tarbiyachilar tomonidan ataylab shunday tashkil qilinganki, bunda situativ yoki vaziyatga qarab 
qiziqishlarini faollashtirgan sari o‘quvchilarda qatʼiy motivatsiyalar paydo bo‘ladi. Bu “quyidan 
yuqoriga” qarab shakllanish mexanizmidir. Ikkinchi jarayon “yuqoridan pastga” mexanizmi 
bo‘lib, uning maʼnosi shundan iboratki, bunda tarbiyalanuvchi tayyor holdagi qiziqishlar, 
maqsad, intilish, shaxsga qaratilganlik mazmuni va hokazolarni o‘zlashtirib olish va o‘zida 
shakllantirish hamda sekin-astalik bilan tushunchalarni ichki dunyosiga qabul qilib olish va 
haqqoniy harakat qila bilishdir. 
Shaxs motivatsiyasi tizimining bekam-ko‘st shakllanishida ana shu ikkala mexanizm 
mujassam bo‘lishi shart
1

Mayl (maqsad, intilish, ehtiyoj, ideal) esa shaxsning rivojlanishida eng ajoyib 
ko‘rinishlardan biridir. 
Mayl deb biz intilish, maqsad, ehtiyojlarning hali yuzaga chiqmagan kelajak holatlarga 
yo‘nalishini tushunamiz. Mayllar hozirgi (ixtiyorsiz) va kelgusi (ixtiyoriy) hissiyotlarning qarama-
qarshiliklari bilan izoh¬lanadi. Faoliyatga qaratilgan barcha mayllar 4ta omillar yig‘indisidan 
tashkil topadi: 
1. Faoliyatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yakuniy natijalari. 
2. Rag‘batlantiruvchi motivlar. 
3. Ixtiyorsiz xulq: biron kuchga bo‘ysunish yo‘li bilan jazodan qutulishi. 
4. Faoliyat jarayonining o‘zidan zavq olish. 
Аniq faoliyat hamisha umumiy jihatdan motivlashgan bo‘ladi. Bunda:
a) faoliyatning barcha motivlari maʼlum darajada ierarxiyalashgandir; 
b) motivlar bir-biriga tobe emas, balki o‘zaro bog‘liqdir; 
d) baʼzi motivlar salbiy shaklda namoyon bo‘lishi mumkin.
Faoliyatdan qoniqish va zavq olishda faoliyatning obyektiv ahamiyati va shaxsiy maʼnosi 
yo‘qolmasligi kerak. Аgar faoliyat maʼlum (aniq) qadriyatlarni yaratishga qaratilsa, xuddi shu 
qadriyatlar faoliyatning asosiy motivi bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda, faoliyat jarayonida 
ham zavq olish kerak
2

U yoki bu qo‘zg‘atuvchi sababining paydo bo‘lishi maqsadga yo‘naltirilgan keyingi ishlarni 
quvvatlaydigan va yo‘lga soladigan imkoniyat darajasidagi qoniqishlarni yuzaga keltiradi. Bunday 
qo‘zg‘atuvchi sabablar quyidagilar: havas, affektlar (emotsiyalar), ichki ehtiyojlar, chuqur 
hissiyotga yoki o‘ziga ishonch. 
Imkoniyat darajasidagi qoniqishlarni ko‘ra bilish insonni o‘z oldiga shunday maqsad 
qo‘yishga majbur qiladiki, bu o‘zi kutganidek rag‘batlantirishga olib keladi va shunday qilib, 
1
Фрэнкин Р.Е. Мотивация поведения/ Пер. с англ.– СПб.: Питер, 2003.-651 с. 
2
Шабельников В.К. Функциональная психология. – М.: Академический Проект, 2004.- 592 с.
193


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
avvalroq taxmin qilingan qoniqishlarga erishish mumkindir. Maqsad xulq yo‘nalishini taʼminlab 
turadi va unga erishish bilan yakunlanadi. 
Ichki motivlar – bu o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonish hissiga bo‘lgan ehtiyojdir. Ichki 
motivatsiyalarga quyidagi shartlar, vaziyatlar (holatlar) taʼsir etadi:
– ichki motivatsiya sabablar o‘zgarishiga qarab susayadi, ichki motivlar tashqi motivlarga 
aylanadi; 
– ichki motivatsiya insonning o‘z kuchiga ishonchi qatʼiyligi hisobiga ortadi; 
– qayta ijobiy muloqotlar (maʼqullash va maqtovlar) erkaklarda ichki motivlarni 
kuchaytiradi, ayollarda susaytiradi yoki qayta ijobiy muloqotni nazorat qilish jihati erkaklarga 
qaraganda, ayollarda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi
1

Motivlar orasida muhim o‘rinni qiziqishlar tashkil etadi. Qiziqish – shaxsdagi anʼana bo‘lib, 
aniq predmetdagi biron yo‘nalish yoki tarmoqlarni tugal belgilash bilan yakunlanadi.
Qiziqishlar deganda, biz diqqatning, fikrning, xayolning yo‘nalganligini tushunamiz; ehtiyoj 
esa mayl, xohish, irodada namoyon bo‘ladi.
Ehtiyoj narsalarni qamrab olish istagini qo‘zg‘atadi. Qiziqish esa u bilan tanishtiradi. 
Qiziqish – bu motivdir, u o‘z ahamiyatining kuchiga va emotsional jozibasiga taʼsir etadi. 
Qiziqishlar bo‘lmasa yoki yetarli ozuqa olmay qolsa, hayot zerikarlidir
2

Qiziqishlarni uyg‘otish uchun belgilab, ko‘rsatib qo‘yib, undan keyin ko‘rsatilgan maqsadlar 
sari yo‘nalish holatini motivatsion ravishda oqlash shart emas, aksincha, motivni yaratib, undan 
keyin maqsadni ko‘zlash imkonini ochish kerak. Qiziqarli o‘quv predmeti – bu o‘quvchining u 
yoki bu qo‘zg‘atuvchi motivlari tufayli asosiy maqsadlar maydoniga aylangan o‘quv predmetidir
3

Onglilik darajasidagi qiziqish sabablari obyektning yangiligi yoki o‘zgarishlari bo‘lishi 
mumkin. Lekin qiziqishlarni obyekt xayolidagi tasavvuridagi va maqsadlaridagi qobiliyatlarga 
egaligi orqali ham namoyon qilish mumkin. Bunda individning harakati jarayonida o‘zgaradigan 
holatlar unda muvaffaqiyatga qaratilgan qiziqishlarni uyg‘otadi.
Qiziqish uyg‘otuvchilar – bu o‘ta talabchanlik, hayron qoldirish, qamrab oluvchi 
tuyg‘ulardir. Qiziqishni boshdan kechirayotgan individda izlanish, hamma narsaga aralashish, 
yangi axborot olish yo‘li bilan tajribasini kengaytirish, o‘zida qiziqish uyg‘otgan obyektga yoki 
kishiga yaqinlashish xohishi paydo bo‘ladi. 
Qiziqishlarning sabablari quyidagilardan iborat: 
1. Shaxsiy qatnashuv, javobgarlik, nimagadir erishish mumkin, degan tuyg‘u. 
2. Yangi bilimlarni qabul qilish, anglash. 
3. O‘ta qiziquvchanlik. 
4. Quvvat faolligini his qilish, anglash. 
5. Sezgining zarurligini his qilish. 
6. Nimadandir zavq olish. 
Qo‘zg‘atuvchi emotsiyalar kuchaytirilmagan bo‘lsa, xulqning u yoki bu ko‘rinishini 
quvvatlamaydi 
yoki 
o‘rganishni 
motivlashtirmaydi, 
emotsiyalar 
qo‘zg‘atuvchilarni 
kuchaytiribgina qolmay, balki susaytirishi va hatto qo‘zg‘alish holatini butunlay so‘ndirib qo‘yishi 
mumkin
4

Maʼno faoliyat motivining harakat maqsadi bilan munosabatini anglatadi. Bilimlarni 
anglash inson uchun ular qanday maʼno kasb etishi bilan tavsiflanadi. Harakatning maʼnosi 
o‘zgarishi bilan birga, uning motivi ham o‘zgaradi. Obyektiv mazmunga ko‘ra, harakatlar o‘z 
holicha qolishi mumkin, lekin agar u yangi motiv kiritgan bo‘lsa, unda psixologik tomondan 
1
Щукина Г.И. Роль деятельности в учебном процессе. Кн. для учителя. – М.: Просвещение, 1986.- 144 с. 
2
Ломов Б.Ф. Методологические и теоретические проблемы психологии. – М.: Наука, 1984.- 444 с. 
3
Современная психология мотивации/ Под ред. Д.А.Леонтьева. – М.: Смысл, 2002.- 343 с. 
4
Кайл Р. Детская психология: Тайны психики ребёнка. – СПб.: Прайм-ЕВРОЗНАК, 2002.- 416 с. 
194


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
boshqaga aylanadi. Аyni bir harakatning o‘zi faoliyatning turli motivlariga kirib borishi tufayli 
turlicha maʼno anglatadi. 
Bilimlarni anglash muammosi – bu bola tomonidan bilimlarni o‘zlashtirib olishdan kelib 
chiqadigan maʼno muammosidir. Bu bilimlarning bola uchun qanchalik muhimligi va ularni qay 
darajada o‘zlashtirib olishi aniq motivlar va o‘qishga nisbatan qiziqishlari bilan belgilanadi. 
Kursantlar o‘z ishlariga astoydil yondashishlari uchun o‘qish faoliyatining borishida ular 
oldiga qo‘yiladigan vazifalar faqat tushunarligina bo‘lib qolmay, balki o‘zlari tomonidan ichki 
qabul qilingan motivlar ular uchun ahamiyatli ekanligini qamrab olishlari va shu yo‘l bilan 
hayajonlarining tayanch nuqtasi va aks-sadosini topishlari kerak. 
Bizning tadqiqotimiz asoslarini psixologiya fanidagi o‘quv motivlari tuzilishi haqidagi 
nazariy qarashlar tashkil etadi. O‘quv faoliyati hamisha ko‘p motivlidir, polimotivlidir. O‘quv 
motivi tizimida ichki va tashqi motivlar bir-biri bilan izchil bog‘langan. Tashqi motivlarga 
quyidagilar kiradi: o‘qish jarayonida shaxsiy rivojlanish; o‘zgalar uchun hamda o‘zgalar bilan 
birgalikdagi harakatlar; yangi nomaʼlumni anglash, “kelgusi hayot uchun bilimlarning zarurligini 
anglash”, “o‘qish jarayoni muloqot imkoniyati sifatida”, “mansabdor shaxslardan maqtov 
eshitish” singari motivlar tashqi motivlarga butunlay aloqador bo‘lmasa-da, o‘quv jarayonida 
to‘liq tabiiy va foydali hisoblanadi. Tashqi motivlarga yana “o‘quv jarayonini oddiy bir vazifa 
sifatida tushunish asosida taʼlim olish”, “o‘qishda ilg‘orlab ketish va cho‘qqiga chiqish (maqsadga 
erishish) uchun harakat qilish”, “diqqat markazida bo‘lish uchun intilish” kabi sabablar ham 
kiradi. Bu motivlar o‘quv jarayoni natijalariga va xususiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. 
O‘quv faoliyati motivlarida rag‘batlantirish va muvaffaqiyatsizlikdan qutulish maqsadiga 
qaratilgan tashqi jihatlar keskinroq ifodalanadi. 
O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri har doim kursantning o‘quv faoliyatidagi ichki 
motivatsiyasini rivojlantirishga va motivlashtirishga alohida eʼtibor berishdir. 
Tadqiqotimizda o‘quv motivlarining quyidagi tasnifi (klassifikatsiyasi) olingan. Bu yerda 
motivlarni ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin: 
I. O‘quv faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan motivlar. 
a) o‘qish motivi bilan bog‘liq motivlar: bular kursantda o‘qishga, yangi maʼlumotlarni bilib 
olishga, bilimlarni egallashga, turli usullar bilan yangiliklar ichiga kirib borishga xohish-istak 
qo‘zg‘atadi va h.; 
b) o‘quv jarayonining o‘zi bilan bog‘liq motivlar: bular kursantda intellektual (aqliy) 
faollikni ko‘rsatish istagini, o‘qishga intilishni uyg‘otadi, fikrlash, muhokama qilish masalalarini 
hal qilishdagi qiyinchiliklarni yengishga va hokazoga undaydi, bolani biron masalaning 
natijalarigina emas, shu jarayonning o‘zi ko‘proq qiziqtiradi. 
II. O‘quv faoliyatining o‘zi bilangina bog‘liq motivlar. 
1. Keng ijtimoiy motivlar:
a) jamiyat, auditoriya, kursantlar, ota-onalar va hokazolar oldidagi burch hamda 
javobgarlik motivlari; 
b) o‘z-o‘zini anglash motivlari (kelajagi uchun bilimlarning ahamiyatini tushunish, kelgusi 
ishlari uchun tayyorlanishga nisbatan xohish va hokazo) va o‘zi tomondan amalga oshirilishi 
(o‘quv natijasida rivojlanishga erishish). 
2. Tor shaxsiy motivlar:
a) quvvat olishga, yaxshi baholar olishga intilish (muvaffaqiyat motivatsiyasi); 
b) kursantlar orasida birinchi bo‘lish, o‘rtoqlari orasida obro‘ga egalikni xohlash (obro‘ga 
intilish motivatsiyasi). 
3. Salbiy motivlar: o‘qituvchilar, ota-onalar, sinfdoshlari tomonidan bo‘ladigan ko‘ngilsiz 
voqealardan qochishga intilish (noxushliklardan qochish motivatsiyasi). 
195


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
O‘quv faoliyati ichki motivatsiyasining rivojlanishi o‘qish maqsadiga qaratilgan tashqi 
motivlar siljishi orqali yuz beradi. Bu jarayonning har bir qadami maqsad sari yana ham yaqinroq, 
yana ham chuqurroq ravishda bir motivdan ikkinchi motivga o‘tishida namoyon bo‘ladi. Shuning 
uchun motivatsion taraqqiyotda o‘quvchilar o‘quv jarayonining yaqin taraqqiyot zonasini 
hisobga olishlari kerak. O‘qishning ichki motivlari taraqqiyoti – bu pastdan yuqoriga intilishdir. 
Shuning uchun ham pedagogik amaliyotda ota-onalar va o‘qituvchilar kursantlarda o‘quv 
motivlarining yuksalishiga olib keladigan baʼzi “pedagogik yordam” usullaridan foydalanadilar. 
Bular quyidagilardan iboratdir: haddan tashqari ortiqcha diqqat va nosamimiy maqtovlar, o‘zini 
oqlovchi oshirib qo‘yilgan baho hamda qattiq jazolar, shaʼnini yerga uruvchi tanqid, diqqatning 
buzilishi, nohaq qo‘yilgan past baholar, moddiy va boshqa qadriyatlardan mahrum bo‘lish 
kabilar. Bu holatlar kursantning o‘zini himoya qilishi, moddiy barkamolikka, har tomonlama 
qulay motivlarga moslashishiga sharoit yaratadi. 
Motivning maqsad sari siljishi faqatgina pedagogik holatlarning xarakteriga emas, balki 
shaxsan ichki kechinmalar va o‘qishning obyektiv vazifalari, tayanch nuqtalariga ham bog‘liq. 
Shuning uchun maqsadga qaratilgan faol motiv harakatining zaruriy omillaridan biri – 
kursantlarning hayotiy dunyosini kengaytirishdan iboratdir
1

Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi haqida quyidagi fikrlarni bildirish mumkin: 
Muvaffaqiyatga erishishga mo‘ljallangan xulq har bir kishida muvaffaqiyatga erishish 
motivi va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi mavjudligini taxmin qiladi. Boshqacha aytganda, 
hamma 
odamlar 
muvaffaqiyatga 
erishishga 
qiziqish 
qobiliyatiga 
egadirlar 
va 
muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘uradilar. Shunday bo‘lsa-da, alohida har bir shaxs yo 
muvaffaqiyatga erishish, yo muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivlarini idora etishda ustunlik 
qiluvchi anʼanalarga ega. Bir so‘z bilan aytganda, muvaffaqiyatga erishish motivlari sermahsul 
bajaralishiga bog‘liq. 
U yoki bu motivatsion anʼanalarni egallash qanday murakkablikdagi maqsadning 
tanlanishida kuzatiladi. Muvaffaqiyat motiviga moyil odamlar o‘rtacha qiyinlikdagi yoki yuzaki, 
sayozroq maqsadlarni tanlaydilar. Ular har bir ishni o‘ylab amalga oshiradilar, bekorga 
tavakkalchilik qilmaydilar. Muvaffaqiyatsizlik motiviga moyil kishilar esa qiyinchiliklarni tezkorlik 
bilan tanlashga shoshiladilar. Ular o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarini baʼzan nohaq yerga 
uradilar, baʼzan nohaq ravishda ko‘kka ko‘taradilar. 
Qo‘yilgan vazifalarning bir qismi bajarilgach, ularning yakunlari haqida axborotga ega 
bo‘lgach, muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoji mavjud subyektlar muvaffaqiyatiga pastroq baho 
beradilar, muvaffaqiyatsizlikka motivlashganlar esa, aksincha, o‘z muvaffaqiyatlarini yuqori 
qo‘yadilar. 
Muvaffaqiyatsizlik motivlariga moslashgan kishilar juda oddiy yoki bilimlarni yaxshi 
egallagan holatlarda tezroq ishlaydilar va ularning natijalari muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoji 
bor odamlarnikiga nisbatan sekinroq sustlashadi. Sermahsul fikrlashni talab qiladigan muammoli 
xususiyatli masalalarda xuddi shu odamlar vaqt tig‘izligi uchun ishlarini qiyinlashtirib yuboradilar, 
muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoji mavjud shaxslarda esa bu narsa yana ham yaxshilanadi. 
Insonning o‘z qobiliyatlarini bila olishi qanday muvaffaqiyat kutilayotganiga taʼsir etadi. 
Аgar kursant auditoriyada yuqori darajadagi qobiliyatlilarga egalik qilsa, faqat o‘rtacha qobiliyatli 
kursantlargina ehtiyojga erishish yoki muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivlariga qattiq 
beriladilar. Na o‘ta yuqori fikrlovchi, na past qobiliyatli kursantlarda muvaffaqiyatga erishish 
ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lgan kuchli motivatsiyalar hukm surmaydi. Chunki bunda musobaqa 
vaziyati yo haddan tashqari yengil, yo haddan tashqari og‘irdek tuyuladi. 
1
Мильман В.Э. Внутренняя и внешняя мотивация учебной деятельности// Вопросы психологии. – М., 1987. - № 5.- С. 68-
73. 
196


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Аgar teng darajadagi qobiliyatli kursantlar bir joyga yig‘ilsa, qanday hodisa ro‘y berarkin? 
Аgar o‘rtacha bir xil qobiliyatdagi kontingentlar bir joyga jamlansa, ularning qiziqishlari va 
muvaffaqiyatga nisbatan ehtiyojlari ortadi. Bunday hollarda kuchli kursantlarning ham 
sermahsul faoliyati rivojlanadi. Mana shunday kursantlar iqtidorlilar guruhiga ko‘chirilganda, 
ularning o‘qishga nisbatan yuqori qiziqishlari namoyon bo‘ladi. 
Shu bilan birga, muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivlariga ko‘proq moyil kursantlar 
qobiliyat darajalari bir xil auditoriyadagi katta musobaqalardan kamroq qoniqish hissini 
tuyadilar. 
Yuqorida tahlil qilingan nazariy va metodologik g‘oyalar biz tadqiq etayotgan mavzuni 
yanada chuqurroq o‘rganishga puxta imkoniyat yaratdi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish