TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
to‘plagan boy tajribasi ko‘plab maqollarda o‘z aksini topadi.
“Har gulning o‘z isi bor, har elning
o‘z tusi bor”
deganlaridek, maqollarimiz xalqimizning turmushi, urf-odatlari, an’analari va eng
muhimi – o‘zbek bolasining qanday kishi bo‘lishi va qanday kishi bo‘lmasligi kerakligi haqida
ibrat va o‘rnaklar jamlangan ma’naviy-madaniy merosdir. Maqollarning boshqa xalq ogʻzaki ijodi
namunalaridan farqi ularda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda loʻnda boʻladi va baʼzan to‘g‘ri, baʼzan
koʻchma maʼnoda ifodalanadi.
Maqollarda xalqning orzu-umidlari, maʼnaviy-axloqiy qarashlari, tarbiyaning barcha
qirralari aks etadi. Shuning uchun ham maqollar bola tarbiyasiga, xususan, axloq-odobiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Darsliklarda turli mavzudagi sheʼr, ertak, hikoya rivoyatlardan soʻng berilgan mavzuga mos
maqollar oʻquvchilarga berilgan mavzuni xulosalashga yaqindan yordam bergan holda, uning asl
ma’nosini anglashga koʻmaklashadi. Misol uchun 1-sinf o‘quvchilari endigina alifboni tugatib
o‘qish kitobini qo‘lga olganlarida darslikdagi matnlarni o‘qishga nisbatan qiynalishlari, o‘qiy olsa-
da ma’nosini tushunmasliklari mumkin. Shunday vaziyatlarda matnning tub ma’nosini, unda
ilgari surilgan asl g‘oyani o‘quvchilarga singdirishda maqol janrining o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati
bor. 1-sinf o‘qish darsligida jami 30ta maqol keltirilgan bo‘lib, ularning 18tasi mavzular davomida
qolgan 12tasi esa bir butun shaklda berilgan. Ulardan namunalar:
1. Vatani borning baxti bor. 2.
Ona yurting - oltin beshiging.
1
Yuqoridagi maqollardan ko‘rinib turibdiki, ular, avvalo, o‘quvchi yoshiga va aqliy
qobiliyatlariga mos sodda, ravon uslubda, eng asosiysi, qisqa shaklda berilgan bo‘lib, mavzu
doirasi, asosan, vatan, ilm va ilmli bo‘lishning afzalliklari, aql, sog‘liq, mehnatsevarlik, halollik,
kamtarinlik, qadr haqida bo‘lib, ular o‘quvchini har tomonlama yetuk va barkamol shaxs sifatida
tarbiyalashda, ma’naviy va axloqiy olamini kengaytirib borishda dastlabki asos sifatida xizmat
qiladi.
Fikrimizning davomi sifatida, 2-sinf oʻqish darsligiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, unda 1-
sinfga qaraganda nisbatan ko‘p jami 65ta maqol keltirilgan bo‘lib, maqollarning soni ortishi bilan
mavzu doirasi ham kengayib boradi.Masalan:
Vaqt qadri haqida:
Vaqting ketdi
–
baxting ketdi.
O‘zga tilni bilishning afzalliklari haqida:
Tilni bilish
–
elni bilish.
Fasllar haqida:
Do'stlaringiz bilan baham: