Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


RAHBARNING BOSHQARUV QOBILIYATLARI VA UNI BAHOLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

RAHBARNING BOSHQARUV QOBILIYATLARI VA UNI BAHOLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI 
 
Maxatova N.I. – Qarshi davlat universiteti tadqiqotchisi 
 
 
Annotatsiya
. Maqolada samarali boshqaruvni tashkil etishda va raqobatbardoshlikka 
erishishda zamonaviy rahbarning boshqaruv qobiliyatlari hamda uni baholashning psixologik 
jihatlari yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
boshqaruv ma’naviyati, rahbarlik qobiliyati, tashkilotchilik qobiliyati, 
yetakchilik qobiliyati, kognitiv qobiliyat, perspektiv qobiliyat, gnostik qobiliyat, nutqiy qobiliyat. 
 
УПРАВЛЕНЧЕСКИЕ НАВЫКИ ЛИДЕРА И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЕГО ОЦЕНКИ 
 
Махатова Н.И. – исследователь Каршинского государственного университета 
 
Аннотация.
В статье освещены основные управленческие способности современного 
руководителя и психологические аспекты их оценки в целях организации эффективного 
управления и достижения конкурентоспособности.
 
Ключевые слова:
духовность управления,лидерские способности, организационные 
способности, когнитивные способности, перспективные способности, гностические 
способности, речевые способности. 
THE MANAGEMENT SKILLS OF A LEADER AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF ITS EVALUATION 
 
Makhatova N.I. – the researcher of Karshi State University 
Annotation. 
The main managerial abilities of a modern leader and the psychological 
aspects of their assessment in order to organize effective management and achieve 
competitiveness are analyzed in the article. 
Key words:
spirituality of management, leadership abilities, organizational abilities, 
cognitive abilities, promising abilities, gnostic abilities, speech abilities. 
Globallashuv sharoitida zamonaviy rahbardan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
mezonlarini bilishi, о‘z faoliyati sohasidagi muammoni yechishga tizimli yondashishi, tanqidiy 
tahlil, ishlab chiqarishni sifat jihatdan yangi bosqichga kо‘tarish masalalariga e’tibor qaratishi, o‘z 
zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilishi, jamoani boshqarishning zamonaviylik va an’anaviylik 
219


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
tamoyillariga mos ravishda faoliyat yuritishi, rahbarlik ishini tashkil qilish mahoratiga ega bo‘lishi 
talab etiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va 
yangilashga, ularning tarbiyasi, ma’naviyati, salohiyatiga xizmat qiladigan mukammal tizimni 
shakllantirishga yuksak e’tibor qaratilmoqda.
Boshqaruv ma’naviyati – jamiyatni boshqarish, boshqalarga rahnamolik qilish uchun, 
avvalo, ishbilarmonlik va odamiylik fazilatlariga ega bо‘lishi lozim. Bu xislatlar ta’lim va tarbiya 
jarayonida shakllanib boradi. Inson boshqaruvchi bо‘lgani bilan ma’naviyatli bо‘lib qolmaydi. 
Boshqaruv san’ati va kо‘nikmasi ham insonda ma’naviyatni tarbiyalaydi. Boshqaruv, avvalo, 
rahbarni boshqalar bilan ishlashi, faoliyat kо‘rsatishini bildirar ekan, ushbu jarayonda boshqarish 
usullarining ma’naviy tamoyillaridan foydalanish, uning haqiqiy egasi bо‘lishi kerak.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimiga kirishishdagi tantanali marosimga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qо‘shma 
majlisidagi nutqida: “Asosiy vazifa – bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, 
puxta о‘ylangan, har tomonlama tо‘g‘ri qarorlar qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga 
erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat”
1
ekanligini ta’kidlab о‘tdi va ushbu yо‘nalishda faoliyat olib boruvchi barcha о‘quv yurtlari va 
ushbu sohaga mutasaddi rahbarlar oldiga aniq vazifalar belgilab qо‘yildi.
Bugungi kunda rahbar kadrlar faoliyati samarali bо‘lishi uchun, avvalo, ularni tanlash 
prinsiplarini yangilash va qonuniy asoslarini takomillashtirish о‘ziga xos ahamiyatga ega. Shu 
ma’noda rahbar kadrlarni tayyorlash jarayonida quyidagilarga e’tiborni qaratish muhim: 
– ular ongiga har qanday rahbar xalq oldida, yurt oldida hisobdor, javobgar ekanligi hissini 
singdirish kerak; 
– ularni rahbarlikka oid bilimlar, ayniqsa, rahbarlikda muvaffaqiyatga erishishga olib 
keladigan va muvaffaqiyatli rahbarlikka tо‘sqinlik qiladigan shaxs xususiyatlari tо‘g‘risidagi 
bilimlar bilan qurollantirish lozim;
– har bir rahbar kadrni zamonaviy rahbar kadrlarga qо‘yiladigan talablar va mas’uliyat 
mezonlaridan xabardor qilish darkor; 
– muvaffaqiyatli rahbarlikka erishish uchun rahbar faoliyatida adolatlilik, odillik singari 
zarur sifatlar aks etishi kerak; 
– har bir rahbar aholiga davlat xizmatlari kо‘rsatishning samarali usullarini bilishi muhim.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va 
shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak”
2
.
Yaponiyalik olimlarning kuzatishlaricha, maktab va universitetda yuqori baholarda o‘qigan 
tinglovchilar keyinchalik xizmat davomida unchalik katta lavozimlarga erisha olmaganlar. 
Tadqiqotchi T.Kono fikricha, bunga sabab – a’lochi tinglovchilarning Yaponiya kompaniyalariga 
xos bo‘lgan guruh tabiatini o‘zlashtira olmaganligidir. Aynan tashkilotchilik xislati ko‘pchilik 
menejerlarning lavozimda o‘sishlari uchun asosiy omil bo‘lgan. Intellektning muvaffaqiyatli 
boshqaruvga ta’sir etishida ko‘pgina oraliq omillar mavjuddir. Ulardan eng asosiylari – 
boshqaruvga bo‘lgan ishtiyoqning mavjudligi, rahbarlik sohasidagi boy tajriba, shuningdek, 
yuqori bo‘g‘in rahbarlari va xodimlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar nazarda tutiladi.
Yuqori bo‘g‘inga mansub rahbar o‘z boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun 
anchagina yuksak aqliy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak. Bunday salohiyat kutilmagan vaziyatni 
tahlil etishda, muammoni hal qilish jarayonida bir necha vazifani parallel ravishda boshqarish 
zaruratidan kelib chiqadi. Masalan, tashkilotchilik, masalaga oid yechimni taklif etish, tashkilot 
va guruh manfaatlari haqida g‘amxo‘rlik va h.k.
1
Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik О‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.: “О‘zbekiston”, 2016y., 28-bet.
2
Sh.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi 
bo‘lishi kerak”. – T.: “О‘zbekiston”, 2017y., 6-bet. 
220


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Lavozim talablari turli bo‘g‘in rahbarlari uchun turlicha aqliy salohiyat zarurligini 
ta’kidlaydi. Yuqori bo‘g‘in rahbarlari yorqin ifodalangan ijtimoiy intellektga ega bo‘lishlari shart. 
Ular tashabbuskor, muloqotga boy, yuksak siyosiy va ijtimoiy mavqega ega, ishga aloqador 
tanish bilishlari ko‘p, intuitsiyasi rivojlangan va tashkilot faoliyatining qayerga yo‘naltirilishini 
tezda payqab olishlari kerak.
Har qanday tashkilotdagi asosiy og‘irlikni o‘ziga oluvchi o‘rta bo‘g‘in rahbarlarida esa 
maxsus qobiliyat ko‘proq rivojlangan bo‘lishi lozim. Ular ishga diqqat-e’tiborli, mas’uliyatli, katta 
hajmdagi miqdoriy va sifat ma’lumotlarini taqdim etish qobiliyatiga ega shaxslardir.
Rahbar faoliyatidagi qobiliyatlar: intellekt, tashkilotchilik, ma’lumotlarni tahlil qilish 
qobiliyati.
Boshqaruv jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun rahbar idora 
qilishning qaysi bo‘g‘inida bo‘lishidan qat'iy nazar muayyan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. 
Rahbar o‘zining shaxsiy fazilatlari, mustahkam xarakteri, kuchli irodasi, barqaror hissiyoti, barcha 
narsalarga va jabhalarga nisbatan maxsus qobiliyatlari bilan iqtisodiyotni boshqara oladi. Chunki, 
fan va texnikaning rivoji, odamlarda onglilik darajasining yuksak ko‘rsatkichi, ijtimoiy 
tajribalarning ta’sirchan kuchi, kishilarning muayyan bilimlarga ega ekanligi rahbarning komil 
inson kamoloti pog‘onasiga ko‘tarilishini taqozo etadi.
Bizningcha, quyida mulohaza yuritiladigan qobiliyatlar rahbar kadr uchun juda muhim 
hisoblanadi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish