ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Key words:
personality, mental problem, psychotherapy, cognitive psychotherapy,
experiences.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘z maʼruzalarida yoshlarni har
tomonlama yuksaltirish, ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berish zarurligi haqida:
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega bo‘lib,
dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol
topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz.”
1
deb ta’kidlaganlar.
“Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda
huquqbuzarliklarning oldini olish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 472-sonli Qarorida: “Psixologiya sohasida olib borilayotgan
ishlarning ko‘lamiga qaramasdan sohada zudlik bilan bartaraf etilishi talab etilayotgan qator
muammolar saqlanib qolayotganligi” ko‘rsatilgan. Jumladan, aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish
yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida jamiyatda ijtimoiy-psixologik, jumladan, oilaviy
muammolar (ajrimlar, oiladagi nizolar, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlar
o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq), “Ommaviy madaniyat”ning salbiy taʼsirlariga tobelik, o‘z joniga
qasd qilish holatlari davom etmoqda” deb ko‘rsatilgan.
2
Bugungi kunda inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovon shaxs
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va taʼsirchan mexanizmlarni yaratish eskirgan
tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshiralayotgan
islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.
Shaxs bolaligidanoq turli hissiy kechinmalarni boshdan kechiradi, yosh o‘sishi bilan turli
muammolar, tashvishlar, g‘am-anduhlar bilan o‘zi xohlamagan tarzda to‘qnash keladi. Hayot
davomida boshdan kechiriladigan xilma-xil hissiyotlar turli vaziyatlarda muammolarga
munosabatimizning shakllanishiga taʼsir ko‘rsatadi. Jumladan, kutilayotgan vaziyatlarga nisbatan
yuzaga keladigan salbiy hissiyotlar: qo‘rquv, vahima, xavotirlanish kishining hayotiy munosabati
sifatida ongida, tasavvur va tafakkurida, vaziyatni idrok qilishida qatʼiy o‘rinni egallab olib,
ko‘pincha uning butun harakatlarini boshqarishi mumkin. Bularning barchasi kundalik
turmushda uchrab turadigan odatdagi noxush, kutilmagan stressli vaziyatlar bilan bog‘liq holda
yuzaga keladi.
Shaxsning hissiy kechinmalari, qo‘rquv, vahima, tushkunlik, umidsizlik, xavotirlanish hissi
va uning inson ruhiyati va salomatligiga salbiy taʼsiri, salbiy kechinmalarni kognitiv boshqarish
bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish bo‘yicha psixolog olimlar tomonidan bir qancha ilmiy
izlanishlar olib borilgan. Jumladan, xorijiy psixologlardan Robert Solso, Аeron Bek, Аlbert Ellis,
Gelgorn E, Lufbor – Roudj, K.Rodjers, Z.Freyd, E.Franus, K.Izard, А.Kempinskiy, А.I.Zaxarov,
T.V.Аbakumov va o‘zbek psixologlaridan E.G‘.G‘oziyev, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova,
B.M.Umarov va boshqalar shaxsning yosh, jins, individual, oilaviy xususiyatlari hamda ijtimoy
jarayonlar bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etishning
psixologik usullari haqidagi fikrlarni bayon etganlar.
1
Шавкат Миромонович Мирзиёев
http://www.edu.uz
– Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
сайти.
2
Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг 2019 йил 7 июндани 472-сонли қарори
202
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Zamonaviy psixologiyada shaxs ruhiyati bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqish
sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llarini chuqur tahlil qilgan holda, insonning ongli, tafakkurga
ega bo‘lgan mavjudot sifatida har bir harakatlarini anglashga, tahlil qilishga, muammolarini hal
etishning eng maqbul yo‘lini tanlashga yo‘naltiruvchi kognitiv psixoterapiya keng
ommalashmoqda.
Kognitiv psixoterapiya shaxs o‘zini, odamlarni va hayotni qanday ko‘rishi uning fikrlash
tarziga va uning fikrlashi odamning qanday qilib o‘ylashga o‘rgatilganiga bog‘liq, degan g‘oyani
ilgari suradi. Biror kishi salbiy, konstruktiv bo‘lmagan yoki hatto shunchaki samarasiz, noto‘g‘ri
fikrlashdan foydalansa, u noto‘g‘ri yoki samarasiz g‘oyalarga ega bo‘ladi, shuning uchun noto‘g‘ri
yoki samarasiz xatti-harakatlar va bundan kelib chiqadigan muammolarga duchor bo‘ladi.
Kognitiv xatti-harakat yo‘nalishi bo‘yicha odamlar davolanmaydi, aksincha, yaxshiroq hayot
kechirishga yordam beradigan yaxshiroq fikrlashga o‘rgatiladi.
Psixologik maʼnoda psixoterapiya atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, davolash, o‘zgartirish
yoki qisman tuzatish degan maʼnoni anglatadi. Psixologik terapiya psixologning turli salbiy
psixologik taʼsirlarning oqibatlarini tuzatish ishlarini amalga oshiradigan maʼlum faoliyat shakli
sanaladi. Kognitiv terapiya (ingl. kognitiv terapiya) – psixoterapiyadagi zamonaviy kognitiv-xatti-
harakat yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, o‘z-o‘zini tekshirishni faollashtirishning qisqa muddatli,
direktiv, tuzilgan, simptomlarga asoslangan strategiyasi va xulq-atvor darajasidagi o‘zgarishlarni
tasdiqlash bilan uning kognitiv tuzilishidagi o‘zgarishlar jarayonidir.
Kognitiv-xatti-harakat yo‘nalishi insonning qanday vaziyatni qabul qilishi va qanday
fikrlashini o‘rganadi, odamga sodir bo‘layotgan narsaga nisbatan aniqroq nuqtayi nazarni
shakllantirishga yordam beradi va shuning uchun ko‘proq mos keladigan xatti-harakatlar,
kognitiv terapiya mijozga o‘z muammolarini yengishga yordam beradi.
Kognitiv terapiyaning taniqli yetakchilaridan biri Аeron Bek o‘z asarlarida shaxs noadekvat
harakatlarida psixoterapevtik yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan va
fobik kasalliklar va depressiya holatlarida kognitiv psixoterapiyaning ahamiyatini tushuntirib
bergan. А.Bekning (1990) so‘nggi asarlaridan biri bu shaxsiyatning buzilishini davolashda kognitiv
yondashuvga bag‘ishlangan.
Kognitiv psixologiyaning xarakterli jihati shundaki, unda bilish mexanizmlari shaxs
psixikasining markaziy masalasi deb tushuntiriladi. Bunday yondashuv – insoniyat informatsion
(axborot) taraqqiyotining asosi hisoblanadi va inson psixikasini axborotlarni qabul qilish va
qaytarishdan iborat bo‘lgan jihatining markazidir deb tushunadi. А.Bek bu haqda shunday
yozgan: "Insonning fikrlari uning his-tuyg‘ularini, his-tuyg‘ulari esa tegishli xatti-harakatni
belgilaydi va xulq-atvor o‘z navbatida atrofimizdagi dunyoda bizning o‘rnimizni hosil qiladi."
Boshqacha qilib aytganda, fikrlar atrofimizdagi dunyoni shakllantiradi. Biroq biz tasavvur
qilayotgan haqiqat juda subyektivdir va ko‘pincha haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q. А.Bek bir
necha bor takrorladi: "Dunyo yomon emas, lekin biz buni qanchalik turfa ko‘ramiz".[1,2]
Demak, kognitiv psixoterapiyaning asosiy g‘oyalaridan biri shundaki, bizning his-
tuyg‘ularimiz va xatti-harakatlarimiz bizning fikrlarimiz bilan belgilanadi. Masalan, bir kuni
kechqurun uyda bo‘lgan kishi, qo‘shni xonada shovqin eshitdi. Аgar u bu qaroqchilar deb o‘ylasa,
u qo‘rqib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Аgar kimdir derazani yopishni unutgan deb
o‘ylasa, u derazani ochiq qoldirib, derazani yopishga borgan odamga jahli chiqishi mumkin.
203
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Yaʼni, hodisani baholaydigan fikr hissiyotlar va xatti-harakatlarni belgilaydi. Boshqa tomondan,
bizning fikrlarimiz har doim biz ko‘rgan narsaning u yoki bu talqinidir. Har qanday talqin baʼzi
erkinliklarni anglatadi va agar mijoz sodir bo‘lgan voqeani salbiy va muammoli izohlagan bo‘lsa,
terapevt unga, aksincha, ijobiy va konstruktiv talqin qilishni taklif etishi mumkin.[3]
А.Bek konstruktiv fikrlarni kognitiv xatolar deb atadi. Bularga, masalan, voqelikni aniq aks
ettirmaydigan buzilgan xulosalar, shuningdek, ayrim voqealarning ahamiyatini bo‘rttirish yoki
tushirish, shaxsiylashtirish va haddan tashqari umumlashtirish kiradi. Shu tufayli bitta kichik
muvaffaqiyatsizlik, omadsizlik asosida shaxs hayot uchun global xulosa chiqarishi mumkin. Shu
kabi vaziyatlar kishida voqea-hodisalarga, odamlarga nisbatan salbiy reaksiyaning impulsiv
tarzda shakllanishi, eng yomoni mazkur reaksiya uning ongida o‘rnashib qolishiga olib keladi.
Tadqiqot ishimizda kognitiv psixoterapiyaga asoslangan ishlarning bosh maqsadi shaxsning
hissiy jihatdan mukammal rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatish va turli ruhiy muammoli vaziyatlarga
nisbatan adekvat munosabatni shakllantirishdan iborat edi. Shu sababli shaxsning o‘z
muammolarini anglash va ularni yengishdagi og‘ishlarni tuzatishga qaratilgan kognitiv
psixoterapiyaga asoslangan dastur ishlab chiqdik. Mazkur dastur asosida turli oilaviy va shaxsiy
muammolari tufayli ruhiyatida muammolari bo‘lgan ayollar bilan tadqiqotlar olib bordik.
Kognitiv psixoterapiya dasturi 6 kunlik mashg‘ulotdan iborat bo‘lib, har bir mashg‘ulot
maʼlum maqsadga yo‘naltirilgan. Dastur, asosan, shaxsdagi tushkunlik, kayfiyatsizlik, xavotirli
psixik vaziyatlarga moyillikni bartaraf etishga xizmat qiluvchi kognitiv psixoterapiya mashqlarni
o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, shaxsning ruhiy muammolarini kognitiv psixoterapiya orqali
bartaraf etish hamda vaziyatni to‘g‘ri boshqarishni rivojlantirishga mo‘ljallangan.
Psixoterapiya mashg‘ulotlarini tanlashda umumiylikka tayanilgan bo‘lsa-da, ularni amalga
oshirishda individuallika rioya qilindi. Bu esa ko‘proq psixoterapiya mashg‘ulotlarini uyushtirish
va o‘tkazishda tadqiqotchining masʼuliyati va mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
Psixoterapiya dasturni ishlab chiqishdagi umumiylikni quyidagi hollar bilan bog‘ladik:
- barcha bosqichlaridagi shaxs ruhiy kechinmalarining o‘rganilganligi;
- psixodiagnostik tadqiqot natijalari orasida alohida hollarda farqlar kuzatilishidan ko‘ra,
umumiy hollarda bir xilligi kuzatilganligi;
- psixoterapiya mashg‘ulotlardan so‘ng o‘tkaziladigan nazorat bosqich bilan aniqlovchi
bosqich tajriba natijalarini o‘zaro taqqoslash imkoniyatini yengillashtirish maqsadida.
Shuningdek, psixoterapiya dasturini ishlab chiqish va tatbiq etishda bir qator mezonlarni
hisobga olindi.
Psixoterapiya dasturi doimiy muammo bo‘lib kelgan va shaxsni qiynayotgan ruhiy
muammolardan forig‘ bo‘lishga bag‘ishlanadi. Bu kabi muammolar, qiyinchiliklar va o‘ziga
xosliklari mutaxassislarga sir emas. Shu jihatdan psixoterapiya dasturi shaxs ruhiy
muammolarining sabablarini tahlil qilish, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘lni tanlash, o‘z
“Men”ini anglash, o‘ziga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish va o‘ziga ishonchni o‘stirishga
qaratilgan mashqlar jamlanmasidan iborat.
Psixoterapiya dasturimiz “Ruhiy muammoni yengish sari bir qadam” deb nomlanadi,
mashg‘ulotlar davomida har bir psixoterapevtik muolajadan so‘ng ishtirokchilarda ratsional
fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi va o‘zidagi asossiz ruhiy muammolarni yengishga bir qadam
qo‘yadi. Mashg‘ulotlarni xavotirlilik, bezovtalik holatlari yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatgan kognitiv
204
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
psixoterapiya mashg‘ulotlarida ishtirok etish istagi bo‘lgan kishilar bilan olib borish yaxshi
samara beradi. Kognitiv psixoterapiyaga asoslangan trening jarayonida ishtirokchilar erkin va
osoyishta muhitda bo‘ladilar.
Psixoterapevtik muolajalarga individual yordamga muhtoj insonlarni juda ehtiyotlik bilan
3 nafardan oshirmasdan qo‘shish mumkin: juda agressiv, juda uyatchan kishilar, psixologik
jarohatni boshidan kechirganlar (yaqinini yo‘qotish, ota-onalari ajrashgan, jismoniy yoki jinsiy
tazyiqqa uchragan). Bunday muammoli shaxslarning guruhda 5tadan ortiq bo‘lishi guruhdagi
muhitni og‘irlashtirishi, boshqa ishtirokchilar uchun qiyinchilik tug‘dirishi va guruhdagi ishni
yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Kognitiv psixoterapiya mashg‘ulotlari davomida mijozlarda shaxslararo munosabatlarga
kirishishda muloyimlik bilan yondashish, nizoli vaziyatlarga adekvat baho berishga o‘rgatish va
har qanday vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, xulosa chiqarishda samimiylik qoidalariga amal qilish,
ishonch, tushunish, qabul qilinish muhitida ishlash tajribasiga ega bo‘lishga, o‘zining shaxsiy
chegaralarini anglash va o‘zgalar chegaralarini hurmat qilishga o‘rganish, o‘z hissiyotlarini
anglash va namoyon qilish, boshqa inson ham o‘z hissiyotlariga ega bo‘lish huquqiga ega
ekanligini tushunish, o‘zining qadrliligini va o‘ziga xosligini anglashga, takrorlanmas va o‘ziga xos
bo‘lishlari mumkinligini tushunish, o‘zaro munosabat va ishonchli xatti-harakatlar ko‘nikmalarini
ishlab chiqish, ertangi kunga ishonch, maqsadni aniq qo‘ya bilish va muvaffaqiyatga intilish
ko‘nikmalarini hosil qilish kabilar shakllanadi.
Kognitiv psixoterapiyada mijoz endi ruhiy muammo nima ekanligini bilganidan so‘ng,
uning foydali tomonlaridan foydalanish, uning salbiy oqibatlaridan qochishi mumkin bo‘ladi. Bu
borada shaxs ruhiy muammolarini boshqarish uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:
Shuni yodda tutingki, muammo – sizning boshingizda.
Muammolaringiz Sizga nima olib kelishini tahlil qilib ko‘ring.
O‘zingizni haddan tashqari ko‘p tanqid qilmang.
Muammolaringizni ijobiy tomonga yo‘naltiring.
Sizni tashvishga solayotgan vaziyatlarda harakatlaning.
O‘z hissiyotlaringizni Sizga yaqin kishilar bilan bo‘lishing.
Sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullanish uchun vaqt ajrating.
Sog‘lom odatlaringizga tayaning.
Muammolaringiz to‘g‘risida maʼlumotlarni ishonchli manbalardan izlang.
Ruhiy muammo nima ekanligini bilmaydigan kishilarning xom fikrlarini inkor eting.
O‘z-o‘zingizni tashxis qilmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |