Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


METHODS OF DEVELOPING MATHEMATICAL COMPETENCE OF A FUTURE PROGRAMMER IN



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

METHODS OF DEVELOPING MATHEMATICAL COMPETENCE OF A FUTURE PROGRAMMER IN 
AN E-LEARNING ENVIRONMENT 
 
Ruzimurodov I. N. – Assistant Karshi branch of TUIT
 
Annotation.
This article describes the basic principles of working in the programming 
environment that allow you to form components of mathematical competence and criteria for 
building individual educational training. in addition, the methodology for ensuring the 
development of creative and professional abilities of future programmers is outlined. 
Keywords:
e-learning, competence, mathematical competence, modeling, meta-
cognitive competence, applied software packages, programming language, mixed learning. 
Hozirgi kunga kelib matematika fanini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalardan, 
xususan, dasturlash tilidan foydalanib misol va masalalarni yechish muhim ahamiyat kasb 
etmoqda, shu bilan birga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yangi taʼlim 
texnologiyalari va o‘qitish uslublaridan taʼlim jarayonida foydalanish uzviylik va uzluksizlikni 
taʼminlaydi. Taʼlimning uzviyligi va uzluksizligi muhim tushunchalar bo‘lib, didaktikaning asosiy 
tamoyillaridan biri hisoblanadi. 
Taʼlim jarayonida zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanishning muhimligi nuqtayi 
nazaridan dasturlash muhitida matematik kompetentlikni rivojlantirish va matematikani 
o‘rganishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘quv kurslarini loyihalashning samarali 
usullarini ishlab chiqish lozim. Mazkur usulning samaradorligi bilan biz anʼanaviy taʼlimga 
nisbatan elektron taʼlim jarayonida dasturlash muhitidan foydalanib matematik kompetentlik 
komponentlarini (kognitiv, aksiologik, motivatsion-qadriyatli va reflektor-baholash) rivojlantirish 
darajasini statistik jihatdan sezilarli darajada oshirishni nazarda tutamiz.
Maqsadli komponent elektron taʼlimda o‘qitish metodikasini rivojlantirishda dasturlash 
muhitidan foydalanib matematik kompetentlikni rivojlantirishdir. Matematik kasbiy 
kompetensiyalarni ishlab chiqish uchun o‘quv faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar va 
standartlarni hisobga olgan holda matematik mashg‘ulotlarning maqsadlariga yo‘naltirilganligini 
aks ettiradi: kompetensiyalarni rivojlantirish, matematik kompetensiyani modellashtirish, 
metakognitiv kompetensiya, amaliy dasturiy paketlarda va obyektga yo‘naltirilgan dasturlash 
tillarida matematik kompetensiyani modellashtirish. 
Metodikaning jarayonli komponenti talabaning individual xususiyatlariga asoslangan 
individual taʼlim maydonini yaratadigan va kasbiy faoliyatda matematik tahlil va modellashtirish 
usullarini qo‘llashga tayyorlikni rivojlantirishga qaratilgan taʼlim vositalarini, shakllarini va 
usullarini birlashtiradigan elektron o‘quv kursini o‘z ichiga oladi.
Elektron o‘quv kursida talabalarning matematik kasbiy kompetentligining tarkibiy 
qismlarini rivojlantirishga imkon beruvchi elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalanib 
matematik faoliyati jarayonida ishlashning asosiy tamoyillarini ko‘rib chiqamiz:

maqsadlilik tamoyili – talabalarning taʼlim jarayonida maqsadli idrokini rivojlantirish; 

mazmunning o‘zgaruvchanligi va dolzarbligi tamoyili – taʼlim mazmuni turli shakllariga 
ega bo‘lib, kasbiy faoliyat doirasida uning mazmuni talabalar uchun dolzarb hisoblanadi; 

davriylik tamoyili – taqdimotning turli shaklida taqdim etilgan o‘rganilayotgan mavzu 
materialiga avtomatlashtirilgan holda qaytish; 

individuallashtirish tamoyili – taʼlim jarayonini elektron muhitda individuallashtirishni 
taʼminlash, talabaga individual taʼlim trayektoriyasini qurish va o‘quv materiallarining 
individual makonini rivojlantirish imkonini beradi. 
181


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Bu tamoyillarning uyg‘unligi elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalanib olib 
borilayotgan ishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi hamda taʼlim tizimining diqqat-
eʼtiborini talabaga qaratgan holda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida matematika 
mashg‘ulotlarini amalga oshirish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan elektron kurs taklif etilgan 
tamoyillar va taʼlimni boshqaruv tizimlari funksional imkoniyatlarini foydalanish asosida nazariy 
materiallar har biri uchun individual trayektoriya qurish talabalar individual xususiyatlarini 
amalga oshirish imkonini beradi. 
Individual taʼlim trayektoriyasini qurish asosida matematik kompetentlikni shakllantirish 
uchun elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalanib individuallashtirish tamoyili amalga 
oshiriladi. Dasturlashtirilgan taʼlim nazariyasi АQShda XX asrning o‘rtalarida B. F. Skinner 
tomonidan rivojlana boshladi. Dasturlashtirilgan taʼlim o‘quv dasturida nazariy material va 
ko‘nikmalarni kompyuter vositalari yordamida o‘qitish mustaqil va individual o‘zlashtirish 
sifatida qaraladi. Dasturlashtirilgan taʼlim xususiyatlari quyidagilarni ichiga oladi: aniqlik, nazariy 
materiallarni aniq taqdim etish, berilgan savollar to‘g‘ri javobni bevosita ko‘rsatish, nazariy 
materiallarni o‘zlashtirish darajasi. Shunday qilib, dasturlashtirilgan taʼlimning birinchi versiyalari 
elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalangan holda chiziqli algoritm bo‘ylab yagona 
harakatni ifodalaydi. 
Dasturlashtirilgan taʼlim nazariyasining rivojlanishidagi so‘nggi bosqich adaptiv 
yondashuvni ishlab chiqish bo‘lib, u har bir talaba uchun alohida o‘rganilgan nazariy 
materialning optimal qiyinchilik darajasini saqlab turadi. Аdaptiv dasturlashtirilgan taʼlim 
g‘oyalari birinchi bo‘lib G. Pask tomonidan ilgari surilgan. Shu bilan birga, dasturlashtirilgan 
taʼlimga mavjud yondashuvlar kibernetik yondashuvga asoslangan bo‘lib, "talaba-o‘qituvchi" va 
"o‘qituvchi-talaba" kabi o‘zaro taʼsir turlaridan mustasno holda taʼlim jarayonini maksimal va 
to‘liq avtomatlashtirishni nazarda tutadi.
Individual xususiyatlaridan foydalanish uchun mavjud yondashuvlar orasida bizning 
tadqiqotimiz kompetensiyalarning kognitiv komponentining o‘zlashtirilishini
1
, talabalarga ta’lim 
berish uslublarini (aql-idrok modalligi)
2
, tayyorgarlik darajalariga test topshiriqlarini 
moslashtirish
3
va avtomatlashtirilgan individual ta’lim trayektoriyalarini qurishni
4
nazarda tutadi. 
O‘qitish tizimlarida individual xususiyatlarni amalga oshirishning mavjud yagona namunalari 
asosan cheklangan miqdordagi parametrlardan foydalanishga va kompetentli yondashuvi 
doirasida talabalar kompetentligining asosan kognitiv komponentini shakllantirishni baholashga 
qaratilgan. 
Metodik materiallarni tahlil qilish asosida elektron taʼlimda dasturlash muhitidan 
foydalanib individual taʼlim trayektoriyalarini qurish uchun quyidagi mezonlar ishlab chiqildi: 

individual xususiyatlarni hisobga olish mezonlari – elektron taʼlimda dasturlash 
muhitidan foydalanib ishlash jarayonida talabaning individual xususiyatlarini hisobga 
olish va nazariy materiallarni o‘zlashtirish darajasiga, motivatsiya darajasiga va elektron 
taʼlimda dasturlash muhitidan foydalana olishdagi faollik darajasiga qarab mazmun 
o‘zgaruvchanligining taʼminlanishi; 
1
Тураев С.Ж. Формирование научно-практических навыков студентов с привлечением к научному проекту № 1/1-F и 
применением технологий программирования. //Преподаватель XXI век. №4. – Москва, 2018. С. 88-95.
2
Вайнштейн, Ю.В. Адаптивная модель построения индивидуальных образовательных траекторий при реализации 
смешанного обучения / Ю.В. Вайнштейн, Р.В. Есин, Г.М. Цибульский // Информатика и образование. – 2017. – №. 2. – 
С. 83-86. 
3
Бондаренко, А.В. Алгоритмическое обеспечение адаптивной системы тестирования знаний / А.В. Бондаренко, Н.А. 
Бессарабов, Т.Н. Кондратенко, Д.С. Тимофеев // Программные продуктыи системы. – Тверь, 2016. – №1. –C. 68-74.
4
Brusilovsky, P. Adaptive and Intelligent Technologies for Web-based Education / P. Brusilovsky //Kunstliche Intelligenz. – 
1999. – Vol13, № 4. P. 19-25. 
182


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 

rivojlanish mezoni – individual taʼlim trayektoriyasi aqliy qobiliyatlarning sifat va 
miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, matematik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga 
ko‘maklashadi, ularning kasbiy faoliyat jarayonida qo‘llanilishiga eʼtibor qaratadi; 

taʼlim jarayonini intensifikatsiyalash mezoni – individual taʼlim trayektoriyasi taʼlim 
sikllari va bosqichdan bosqichga o‘tish muddatlarini, bosqichlar davomiyligida talabaning 
salohiyatini maksimal darajada ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi
1

Аralash taʼlim – anʼanaviy va elektron taʼlim texnologiyalarining integratsiyasi va o‘zaro 
komplementligiga asoslangan taʼlim shakli bo‘lib, anʼanaviy o‘quv mashg‘ulotlarining bir qismini 
elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalanishni anglatadi
2
. Elektron taʼlimning aralash 
shakliga o‘tish anʼanaviy texnologiyalarni o‘zgartiradi va ilgari mumkin bo‘lgan taʼlim 
jarayonining samaradorligini faqat o‘qituvchi bilan talabaning taraqqiyotini diqqat bilan kuzatib 
boradi va unga materialni bayon qiladi. Elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalanib 
taʼlimni tashkil etishda yuzaga keladigan asosiy qiyinchiliklarga quyidagilar kiradi: talabalarni 
o‘quv jarayoniga jalb qilishning qiyinligi va mustaqil bajarishga motivatsiyaning yo‘qligi
3

Аralash taʼlimda tavsiya etilgan metodikada taʼlim jarayonini intensifikatsiyalashga 
teskari pedagogik loyihalash texnologiyasi
4
asosida darsni loyihalash va barcha bosqichlarda 
taʼlim jarayonining aloqasini takomillashtirish orqali erishiladi. 
Teskari pedagogik loyihalash texnologiyasiga ko‘ra matematika taʼlimi uch bosqichga 
mo‘ljallangan: o‘quv natijalarini loyihalash, o‘quv natijalarini baholash usullari va o‘qitish 
usullari. Аralash modeldagi o‘zaro munosabatlarning asosiy turi "o‘qituvchi - talaba", "talaba - 
o‘qituvchi" va "talaba - mazmun" o‘zaro munosabatlardir. Elektron taʼlimda talabalarning 
intensiv taʼlimiy o‘zaro hamkorligini amalga oshirishning asosiy vositasi o‘zaro baholash, 
muammoli masalalar bo‘yicha forumlarda ishtirok etish va bahs-munozaralarni tashkil etishdan 
iborat. 
Аralash modeldagi o‘qitishni rejalashtirishning asosiy yondashuvi elektron va auditoriya 
komponentlarining o‘zaro munosabati "auditoriyadan oldingi – auditoriyada – auditoriyadan 
tashqari" sikli hisoblanadi. O‘quv jarayoni o‘quv kursining elektron taʼlimda dasturlash 
muhitidan foydalanib mustaqil ishlashdan boshlanadi. Bundan tashqari, talabalarning mustaqil 
ishlari auditoriyada konsultatsiya formatida davom etadi. Elektron taʼlimda dasturlash 
muhitidan foydalanib o‘qitishni tashkil etish tegishli materialni ishlab chiqish va konsultatsiyalar 
(zarur bo‘lsa) orqali amalga oshiriladi. 
Taʼlim muassasalarida dasturlash tillarini joriy etish talabalar o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalarning rivojlanishiga hamda kasbiy hamda ijtimoiy-madaniy foliyatini muvaffaqiyatli 
amalga oshishini taʼminlaydi. Shu munasabat bilan zamonaviy dasturlash tillarini matematik 
amallarni bajarishda qo‘llash bo‘lajak dasturchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini 
amalga oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari, jamiyatdagi o‘zgarishga dinamik ravishda 
moslasha olish, faol ijodiy-kasbiy qobiliyatini rivojlanishini taʼminlaydi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish