TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
taʼkidlangan. YUNESKO tomonidan mediataʼlimga “zamonaviy ommaviy axborot vositalari
bo‘yicha bilimning nazariya va amaliyotini o‘rganish” sifatida taʼrif berilgan. Bugungi kunda
mediataʼlim shaxsning axborot olish va tarqatish huquqining bir qismi hisoblanadi. YUNESKO
tomonidan mediataʼlim dunyoning ko‘pgina mamlakatlari taʼlim tizimlari milliy o‘quv rejalariga
tatbiq etilmoqda. Hozirgi kunda Yevropa davlatlari, АQSh,
Аvstraliya va Rossiya kabi
mamlakatlarda mediataʼlim majburiy fan sifatida taʼlim tizimiga kiritilgan. Mediataʼlimga
taʼlimning tashkiliy qismi sifatida uchta o‘zaro bog‘liq: fan bosqichi, amaliyot bosqichi va
olinadigan natija (mahsulot) bosqichi xos bo‘lishi taʼkidlanadi. Shu bilan birga, mediataʼlim
nimaligiga aniqlik kiritish, uning ko‘ptarmoqli pedagogik faoliyatdagi o‘rnini ko‘rsatish, maqsadi,
vazifalari, konseptual asoslarini aniqlash maqsadida ko‘plab izlanishlar amalga oshirilgan. Bilim
olish manbasiga ko‘ra, mediataʼlim usullari og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy turlarga bo‘linadi.
«5110600 – Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishida zamonaviy axborot texnologiyalari» maxsus
kursi pedagogika oliy taʼlim muassasalari tarix taʼlimi yo‘nalishi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida
quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi:
– axborot olamida asosiysini ajratish;
– kommunikatsiya maqsadlarini, axborot oqimi yo‘nalishini tushunish;
– turli ifoda va mazmundagi topshiriqlarni tushunish;
– o‘z fikrlarini asoslash;
– muqobil nuqtayi nazarlarni idrok etish va ularning har biri uchun asoslangan “rozilik”
yoki “qarshilik”ni bildirish;
– olinadigan axborotdagi xatoliklarni topish va ularni to‘g‘rilash bo‘yicha
takliflar kiritish;
– talab etiladigan axborotni turli manbalardan topish;
– berilgan belgilar bo‘yicha taklif etilgan yoki mustaqil tanlab olingan axborotni
tizimlashtirish;
– tematik axborotni uzoq vaqt yig‘ish va tizimlashtirish;
– axborot xabarlari o‘rtasida assotsiativ va amaliy maqsadga muvofiq aloqalarni o‘rnatish;
– taklif etilgan axborotdan maʼlumotlarni ajratish va ularni jadval yoki boshqa shaklda
ifodalash;
– axborot xabari rejasini tuzish, mazmuniga mos ravishda uni
bayon etish shaklini taklif
etish;
– axborot xabarlarining taqrizlari va anonslarini tuzish;
– vizual axborotni verbal belgili tizimga, verbal axborotni esa – belgiliga o‘girish;
– axborot mo‘ljallangan auditoriya uchun kommunikativ o‘zaro munosabatlar va
auditoriyaning xususiyatlari maqsadlaridan kelib chiqqan holda axborotning hajmi, shakli, belgili
tizimi, tashuvchisini o‘zgartirish bilan uni transformatsiyalash;
– axborotni tayyorlash, uzatish va saqlash instrumentariysini bilish va mazkur
instrumentariy bilan ishlash elementar malakalarini egallaganlik.
Ilmiy va taʼlimiy elektron resurslarning paydo bo‘lishi, tarixiy tadqiqotlar va tarixni
o‘qitishning rivojlanishi yangi
istiqbollarini ochib beradi, shunga ko‘ra fanni o‘qitishning sifat
jihatidan yangi metodikalarini ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi.
138
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
«5110600 – Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishida zamonaviy axborot texnologiyalari»
loyihalangan maxsus kursining maqsadlari – tarixni o‘rganish sohasida axborot texnologiyalari va
ularning imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining o‘quvchilar
axborot kompetentligini singdirish ko‘nikmalarini egallash hisoblanadi.
Maxsus kurs bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida nafaqat yangi axborot manbasini olish, balki uni
interpretatsiyalash, qayta ishlash, nazorat ostiga aylantirish qobiliyatini ham shakllantirish
imkoniyatlarini ochadi. Mazkur fan doirasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilari uchun tayanch sifatida
manba va tashuvchisidan qatʼi nazar, u qabul qiladigan barcha axborot hisoblanadi. Bu bo‘lajak
tarix o‘qituvchisida tadqiqotchilik ruhini shakllantirishga yordam beradi. Tarix taʼlimi yo‘nalishi
bo‘lajak tarix o‘qituvchilari tarixiy hujjat (manba)ning elektron versiyasi
va asl nusxasining bir
xilligini aniqlashga, internetda joylashtirilgan ilmiy maqolalarning mavqeyini belgilashga
o‘rganadilar, ilmiy tadqiqotlar va tarix taʼlimining axborot muhiti bilan, yetakchi kutubxonalar va
universitetlarning elektron kataloglari, kompyuter ensiklopediyalari, mashhur muzeylar (Luvr,
Rus muzeyi, Ermitaj, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi, Savitskiy
nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy sanʼat muzeyi, O‘zbekiston davlat
sanʼat muzeyi, Toshkent temiryo‘l texnikasi muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi, Аloqa tarixi
muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi, “Аfrosiyob” Samarqand shahar tarixi muzeyi)
kolleksiyalari bilan tanishadilar. Maxsus kurs kompyuterni o‘qitishning samarali vositasi, bundan
tashqari, pedagogik faoliyatni boshqarish vositasi va ilmiy tadqiqot
vositasi sifatida qarashga
keng imkoniyatlarni ochadi. Zamonaviy, ayniqsa, fanlararo, kompleks tadqiqotlar axborot
taʼminotisiz muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilari maxsus kurs doirasida
tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar davomida ilmiy sig‘imli axborot manbalarini izlaydilar,
topilgan axborotni tanlash va saqlashni taʼminlaydilar.
Bundan
tashqari,
bo‘lajak
tarix
o‘qituvchilarining
axborot
kompetentliklarini
shakllantirishda samarali metodlardan biri sifatida taʼlim muassasasi axborot muhitida loyihalar
metodini o‘rganishga katta eʼtibor qaratilgan. Buning uchun maxsus
kurs doirasida loyiha
faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari, loyihaga qo‘yiladigan talablar,
loyihalarni ishlab chiqish bosqichlari o‘rganiladi.
Maxsus kurs bo‘lajak tarix o‘qituvchilariga tarix taʼlimida axborot texnologiyalarini qo‘llash
metodikasini yaxshiroq o‘zlashtirishlariga imkon beruvchi ko‘p sonli amaliy topshiriqlarni
kiritishni ko‘zda tutadi. Kurs ommaviy axborot vositalari, audio-video texnika,
lokal tarmoqqa
birlashtirilgan kompyuterlar, internet global tarmog‘iga ulanishdan keng foydalanishni nazarda
tutadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy metodik
tayyorlashda zamonaviy axborot texnologiyalari maxsus kursining bugungi kunda zamonaviy
taʼlim tizimida joriy etilishi taʼlim sifatining yanada rivojlanishida o‘z ahamiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: