9-мавзу топшириқлар



Download 10,88 Kb.
Sana11.03.2021
Hajmi10,88 Kb.
#61400
Bog'liq
9-topshiriq javoblari(1)(1)


9-мавзу топшириқлар

1. Эмпирик социологик тадқиқотнинг мақсадини айтиб беринг.

2. Эмпирик социологик тадқиқотнинг усулларини баён этинг.

3. Социологик тадқиқот дастури тушунчасини изоҳланг.

4. Тадқиқот дастурининг таркибий тузилишини айтиб беринг.

5. Эмпирик тадқиқотнинг босқичларини изоҳлаб беринг.

6. Эмпирик тадқиқотнинг қандай турлари бор?

7. Социологик тадқиқот натижаларини таҳлил қилинг ва умумлаштиринг.

8. Илмий ҳисоботни тайёрлаш босқичларини санаб беринг?

9-mavzuga javoblar

1. Hozirgi sharoitda mustaqil va suveren O‘zbekistonimiz taraqqiyotida kuchli huquqiy davlatdan kuchli fuqarolik huquqiy demokratik jamiyat qurish sari, asta-sekin bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida sotsiologiya fanida empirik sotsiologik tadqiqotlarga alohida e’tibor berishni taqqoza etmoqda. “Ishonchim komilki, vaqti-soati kelib, bugungi o‘tish davri uchun zarur bo‘lgan kuchli davlat funksiyalari va alomatlari asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o‘tadi”- deb ta’kidlagan edi Respublikamiz Prezidenti. Chunki jamiyatimiz hayotida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi, millatlararo aloqa va munosabatlardagi ijobiy o‘zgarishlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlar asosida ilmiy o‘rganishni, nazariy va amaliy xulosalar chiqarishni, jamiyatni ilmiy boshqarish zarurligini hozirgi kun taraqqiyoti talab etmoqda. Bu esa bevosita sotsiologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifasidir.

2.Tadqiqot usullari – bu ijtimoiy dunyoni o‘rganishda qo‘llaniladigan haqiqiy usullardir”. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning sifat natijalari va samaradorligi yuqori bo‘lishligi, amaliy tajribalarning olingan hamma ma’lumotlarning to‘g‘ri va ishonarli bo‘lishi muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli uning metodologik – uslub va uslubiyatiga, ilmiy asoslanganligiga alohida e’tibor bermoq lozimdir. Bu holat esa ilmu-fanda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, to‘plangan hamma ma’lumotlarni ma’lum yo‘nalishga solishda, ilmiy programma – dastur asosida va alohida aniq metodologik – empirik tadqiqotlarning nazariy-amaliy metodologiyasiga asoslangan ilmiy dastur eng muhim va zaruriy xujjat hisoblanib, shu dastur asosida empirik sotsiologik tadqiqotlar olib boriladi.

3. Jamiyatimiz taraqqiyoti jarayonida mavjud va yuz beradigan ijtimoiy muammolarni o‘rganib, tahlil qilib, xal etib borishda, jamiyatni ijtimoiy rivojlanib, uning kelajagi uchun maqsad va takliflar (prognoz) berish, jamiyatni ilmiy boshqarish zarurligi haqida amaliy xulosalar berishda empirik sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazib ijobiy, obyektiv, aniq natijalarga ega bo‘lish muhim ahamiyatga egadir.

4.Ilmiy-tadqiqot dasturi asosan ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda nazariy va metodologik jihatdan asoslangan bo‘lib, bu bo‘limni nazariy metodologik bo‘lim va ikkinchi bo‘limni esa, amaliy uslubiy bo‘lim sifatida talqin qilinadi. Bu bo‘limni bir qator o‘quv adabiyotlarida ish tartibi (protsedura) bo‘limi ham deb ta’riflanadi. Dasturning birinchi bo‘limida bajariladigan ishlar asosan problemali mavzu tanlash, tadqiqot obyektini aniqlash xarakterlash, maqsad va vazifalarni belgilash, predmet va faraz qilish sohalarini aniqlab rejalashtirishdan iboratdir. Dasturning ikkinchi bo‘limida esa asosan ma’lumotlarni to‘plash usuli va uslublarini bayon etish, to‘plangan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish, taklif va tavsiyalar berishdan iboratdir.

5.Izlanishga qaratilgan tadqiqot asosan uch bosqichda amalga oshirish asosida bajariladi.

Birinchi bosqichda ilmiy muammoga taaluqli barcha ilmiy, publitsistik, arxiv va shunga o‘xshagan barcha xujjatlar tahlil qilinib, o‘rganilib chiqilish mo‘ljallangan bo‘lsa, iqqinchi bosqichida ushbu muammo va soha bo‘yicha mutaxassislar, olimlar, tajribali kishilar va ushbu muammo atrofida faoliyat ko‘rsatgan yoki ko‘rsatayotgan kishilar bilan suhbatlashish va ma’lum ekspert guruhlari fikrlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. So‘nggi uchunchi bosqichida esa tadqiqotchi tadqiqot qilinadigan muammo haqida ma’lum va muayyan ilmlar va bilimga ega bo‘lgan holda obyekt va predmet haqida aniq kuzatish ishlarini olib borishni ko‘zda tutadi.

6.Empirik sotsiologik tadqiqot o‘zining qamrovligi, muddatliligi va tezkor tahlil qilishligi nuqtai-nazaridan uch xil turga ajratilgan holda o‘rganiladi.

1) dastlabki sinov turi - uni pilotaj tadqiqotlar ham deyiladi. Bu tur empirik sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish metodik ishning davomi bo‘lib, buni o‘tkazishdan maqsad dastlabki ma’lumotlarni-informatsiyalarni olish, bu ma’lumotlarni to‘plab to‘g‘rilash, obyekt va predmetga, umuman empirik tadqiqot o‘tkazilishi talab etiladigan muammoga taaluqlisini voqea va hodisalarga muvofiq ajratib moslashtirish va bejiz baho berish usulidir.

2) empirik sotsiologik tadqiqotlarni va ularning natijalarini mavjud ma’lumotlar asosida tasniflovchi tadqiqot turidir.

Bu empirik sotsiologik tadqiqot turi, ya’ni tasniflovchi tadqiqot tahlili izlanishning ancha murakkab, uzluksiz mehnat qilishni talab etuvchi turidir. Buning yordamida o‘rganilayotgan nazariy, ilmiy muammolar, ijtimoiy hodisalar, voqealar, sinov tadiqotlariga nisbatan to‘laroq tasavvurni vujudga keltiradigan empirik-amaliy ma’lumotlar olish mumkin.

3) Empirik sotsiologik tadqiqot turlarining uchunchisi, bu analitik tadqiqot turidir. Bu tadqiqot turi yordamida u nafaqat o‘rganilayotgan hodisa va voqealar jarayonining tasnifini, balki uning zaminida qanday sabablar borligini ham ochib berish imkoniga egadir. Bu analitik tadqiqot turi orqali ijtimoiy voqea va hodisalarni vujudga keltiruvchi omillar majmui ham o‘rganiladi. Bu esa muhim tomoni.

7.Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.Sotsiologik tadqiqotlarda sotsiologik monitoring tizimi Sotsiologik tadqiqotlarning bu turi sotsiologiya fanida keyingi vaxtlarda keng ko‘lamda qo‘llanilsada, muhim ahamiyatga va ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan axborot va ma’lumotlarni, ilmiy-amaliy xujjatlarni olishda alohida o‘rni va roli bordir. Hozirgi davrda iqtisodiy jihatdan keng taraqqiy etgan industriyasi rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodi munosabatlariga, erkin savdoga keng yo‘l berilganligi investitsiya kapitaliga keng yo‘l berilib, eng ko‘p foyda olishga va samaraga erishib, aholining keng qatlami turmush darajasini olib borayotganligi inson omillariga katta e’tibor qaratilayotganligini aniqlashda sotsiologiya fanida sotsiologik tadqiqotlar jarayonida sotsiologik monitoring turi qo‘l kelmoqda, qimmatli zaruriy xujjatlar, aniq ma’lumotlar olinmoqda, ilmiy xulosalar chiqarilmoqda. Ayniqsa bu sohada AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR va boshqa bir qator mamlakatlarda qisman Rossiyada sotsiologik tadqiqotlarda sotsiologik monitoring tizimidan keng ko‘lamda foydalanmoqda.

8. Ilmiy xisobot – o‘zining asosiy tarkibi ikki qismdan – nazariy va amaliy bo‘limlaridan iborat bo‘lgan holda tuziladi.

Hisobotning nazariy bo‘limida muammoning qo‘yilishi, uning dolzarbligi, tadqiqot qilinuvchi muammoviy masalalarning ta’rifi, asosiy tushunchalarning nazariy taxlili, muammoning qay darajada o‘rganilganligi, uni hal etishning mavjud yo‘llari e’tiborga olinib ko‘rsatiladi. Tadqiqotning ikkinchi amaliy bo‘limi – tadqiqotning amaliy natijalari aniq ko‘rsatilib, xulosalari, tavsiyalari berilib, amaliy sotsiologik tadqiqotlardan kutilgan asosiy maqsadga erishganligiga alohida e’tibor beriladi, kelgusi tadqiqotlarga uslubiy va texnikaviy tavsiyalar beradi.

Ilmiy hisobotni tuzishda unga quyidagi talablar qo‘yilib, asosiy diqqat-e’tiborni qaratishni taqqoza etadi.

Birinchidan – ilmiy hisobotda sotsiologik tadqiqot obyekt predmetga muvofiq muammoning guruhlari o‘zaro barcha bog‘liq jihatlari keng aks etishi zarur. Bu esa tadqiqot natijalarini taxlil qilish, umumlashtirish, muhim qismdan nomuhim qismini ajratish osonlashadi;

Ikkinchidan – hisobotning har bir bo‘limida muammo va tadqiqot natijalari aniq va qat’iy ikki qismdan – birinchi qism muammo va tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olmog‘i, ikkinchi qismda esa ilmiy xulosalar, amaliy taklif va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olmog‘i zarur;

Uchunchidan – ilmiy hisobotda anketa savollari respondentlar ruhiga mos, javoblar umumlashtirilgan holda ixcham, aniq ifodalanishi, ilmiy hisobot aniq hayotiy xujjatlar va statistik ma’lumotlar asosida tasdiqlangan bo‘lishi;



To‘rtinchidan – ilmiy hisobot ixcham, to‘g‘ri va texnik jihatdan yuksak saviyali tarzda yozilishi zarur. Hisobot hajmi 50-60 betlar asosida yozilishi, sxemalar, jadvallar, diagrammalar ham tayyorlanib, ular ilova shaklida bo‘lishi, ilmiy hisobotga doir 10-betgacha tushuntirish xati yozilgan bo‘lishi kerak.

Shu bilan bir qatorda sotsiologik tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy hisobot yozilishi va tavsiya etilishi jarayonida buyurtmachi muassasalarga tadqiqotning eng muhim zaruriy natijalarini tezkor axborotlar tarzida berish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, sotsiologiya fanida empirik sotsiologik tadqiqotlar muhim va zaruriy mavzu hisoblanib, muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 10,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish