2-LABORATORIYA ISHI
DIFMANOMETRLI SARF O‘LCHAGICHNING
ISHLASH PRINSIPINI
O‘RGANISH
Ishdan maqsad
Sarf o‘lchagichdagi tipik zvenolarda boradigan
qonuniyatlarni tushunib olish,
strukturasini soddalashtirishni misollarda ko‘rish, o‘lchash asbobini xususiyatlarini
mashinali eksperiment yordamida o‘rganish.
Asosiy qism
Modda sarfini o‘lchash va miqdorini hisoblash metodlari ko‘p va xilma-xildir.
Ularni birinchi navbatda obyektning turlariga qarab xarakterlash mumkin: 1) truba orqali
o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash metodlari; 2) sochiluvchan
moddalar sarfini o‘lchash metodlari; 3) sanaladigan qattiq jismlar va narsalarni xisoblash
metodlari.
Truba orqali o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalarni o‘lchash va hisoblash ikki xil
texnik qurilma yordamida bajariladi: 1) sarf o‘lchagichlar —vaqt
birligi ichida quvurdan
o‘tadigan modda hajmini yoki massasini o‘lchaydi, o‘lchov birligi hajm bo‘yicha — м
3
/с; massa bo‘yicha—кг/с; 2) schyotchiklar—vaqt (t
1
– t2) oralig‘ida o‘tayotgan
materiallarining uzunligini, moddaning hajmi yoki massasini o‘lchaydi.
Ishlab chiqarishda sarf o‘lchagichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1.
Bosim farqlari o‘zgarishiga asoslangan sarf
o‘lchagichlar;
2.
Bosim farqlari o‘zgarmas sarf
o‘lchagichlar;
3.
Satx
o‘zgarishiga
asoslangan
sarf
o‘lchagichlar;
4.
Induksion sarf o‘lchagichlar.
Modda sarfi q bilan bosimlar farqi
Р1 = Р1' - Р2'
orasidagi bog‘lanish juda murakkab bo‘lgani sababli,
uning to‘liq matematik ifodasini topib bo‘lmaydi.
Difmanometrli sarf o‘lchagich.
Trubadagi suyuq
modda oqimining sarfini bosim tushishi bo‘yicha
o‘lchaydigan asboblar komplekti oqimni toraytiradigan
qurilma (diafragma, soplo va Venturi soplosi)
va sarfi
bo‘yicha darajalangan differensial manometrdan iborat
bo‘ladi.
Sarfni
o‘lchash
uchun
qo‘llaniladigan
difmanometrning prinsipial sxemasi 1-rasmda
ko‘rsatilgan.
Sarfi o‘lchanadigan suyuqlik truba 1 dan o‘tganda
diafragma 2 oqimni toraytiradi, natijada bosim Р2
bosim Р
1
ga qaraganda kamayadi va bosimlar faqi
Р =
Р1 – Р2 hosil bo‘ladi.
Bosimlar farqi
Р ta’sirida prizma 4 da o‘rnatilgan
simobli U cimon manometr 3 bir tomonga (chapga) og‘adi. Bu og‘ish
burchagiga
muvofiq induksion sezgich 5 dan chiquvchi kuchlanish o‘zgaradi. Kuchlanishni og‘ishi
elektron kuchaytirgich 7 da kuchaytirilib ijro etuvchi element servomotorni
boshqaruvchi o‘rami 8 ga ta’sir qiladi va motor kulachok 9 ni burib, richag 10 ni
yuqoriga ko‘taradi. U bilan bog‘langan prujina 6 taranglanib
U simon naychani tik
holatga qaytaradi. Motor aylanishi bilan burilgan strelka bosimlar farqiga
Р ga muvofiq
vujudga kelgan sarfni ko‘rsatib turadi.
Ishni bajarish tartibi
Struktur sxemasini ko‘raylik:
2- rasm. Sarf o‘lchagichning struktura sxemasi
1,4,5- kuchaytirish zvenolari; 3- integralash zvenosi; 2-
solishtirish elementi.
Chap tirsakdagi N1
kuch cuyuqlikni
surib, o‘ng tirsakda hosil bo‘ladigan gidrostatik kuch
bilan solishtirib turadi, toki
ular bir-biriga tenglashguncha, demak ishlash prinsipi
difmanometrli sarf o‘lchagichda kuchlarni muvozanatlashishiga asoslanadi.
Suyuqlik manometrini ishlash prinsipini soddaroq quyidagi ko‘rinishda
ifodalaymiz. Bu yerda ikkita zanjir ifodalagan, ya’ni:
- to‘g‘ri zanjir,
kirish signali
Р
ор
, chiqish signali
—
Н
;
- teskari zanjir, kirish signali –
Н
, chiqish signali
—
Nг.
Nazorat savollari
1.
Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlarning
ishlash prinsipini
tushuntiring.
2.
Satx o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar sanoatda qayerlarda qo‘llaniladi
3.
Schyotchiklar qanday sarf turlarini o‘lchashga asoslangan
4.
Sarf o‘lchagichning o‘tish funksiyasini keltirib chiqaring