ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Key words:
student personality, prevention, spirituality, culture, delinquency and crime
prevention, social necessary
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq uzluksiz taʼlim tizimidagi islohotlar taʼlim
jarayonining huquqiy-meʼyoriy asoslarini innovatsion tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini
takomillashtirishga, taʼlim subyektlarining ehtiyojlarini qondirishga, yosh avlodni aqlan va
maʼnan barkamol inson qilib tarbiyalash, taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va uni baholash
mezonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, zamonaviy pedagogik nazariyalar va ilg‘or
tajribalar asosida o‘z faoliyatini tashkil qila oladigan, yangi dunyoqarashdagi shaxsni
shakllantirishga qaratildi. Jamiyat tomonidan belgilangan huquq normalariga rioya qilish hamda
uning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqligi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon
yo‘llashi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishi,
voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish va ular bilan ishlashda profilaktik
mexanizmlarni yaratish zaruratining oshganligida namoyon bo‘lmoqda.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish
jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri sifatida
qaraladi va bugungi kunda sotsiologiya, kriminologiya, pedagogika, psixologiya, psixiatriya,
narkologiya, deviantologiya va boshqa ijtimoiy fanlarning doimiy tadqiqot muammosi
hisoblanadi.
Ilmiy izlanishlardan maʼlumki, jamiyatning izchil rivojlanishiga salbiy taʼsir etuvchi
omillar, jumladan, ayrim oilalardagi nosog‘lom ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik muhit, turli
aqidaparastlik guruhlari, “ommaviy madaniyat”ning milliy mentalitet va qadriyatlarga zid bo‘lgan
ko‘rinishlari, shaxslararo kelishmovchiliklar, voyaga yetmaganlar shaxsi rivojlanishiga destruktiv
taʼsir etadi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil
fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy
faolligini oshirish»
1
kabi vazifalar aniq belgilab berilgan. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan qo‘yilgan ustuvor vazifalarning ijrosini
taʼminlash, xususan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldindan aniqlash va
profilaktika qilish, huquqbuzarlikni profilaktika qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish,
aholining, jumladan, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini
oshirish tizimini takomillashtirish ishlari bilan izchil bog‘liq. Taʼkidlash joizki, Respublikamizda
jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil yoki uni sodir etgan voyaga yetmaganlar (delikvent
xulqli), og‘ir tarbiyali, muammoli o‘smir yoshlar(adektiv xulqli) bilan ishlash, ularni tarbiyalash va
qayta tarbiyalash tizimi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda o‘tkazilgan islohotlar taʼlim jarayoni subyektlari (ota-ona va farzand,
o‘qituvchi va o‘quvchi)ning teng huquqliligini, taʼlim va tarbiyaning barcha bosqichlarida ularning
to‘laqonli ishtirokini taʼminlab berdi. Endigi bosqichda kutilayotgan natijalardan subyektlarning
foydalana olishi, samimiy, do‘stona manosabatlar esa umuminsoniylik tamoyillarga
asoslansagina kutilgan natijani berishi tabiiydir.
Taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan va taʼlim muassasalarining ichki nazorat ro‘yxatiga
olingan o‘quvchilar bilan yakka tartibdagi profilaktik va tarbiyaviy tadbirlar, jamiyatda qabul
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сон Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун
ҳужжатлари тўплами. 2017 йил, 6-сон.
12
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirish ishlari sifatli olib borilishini taʼminlash
muhim ahamiyat kasb etadi. Maʼlumki, quyidagi toifadagi o‘quvchilar taʼlim muassasasining ichki
nazorat ro‘yxatiga olinadi:
– o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan (nazoratsiz yoki
qarovsiz qolgan; g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etganlar; ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya
muassasalarida yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida saqlanayotgan;
– taʼlim muassasalaridagi mashg‘ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam
ravishda qatnashmayotgan; maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan; amnistiya akti asosida yoki
qilmish yoxud shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi sababli yoki aybdor o‘z qilmishiga
chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi yoxud yarashilganligi munosabati bilan, shuningdek,
voyaga yetmaganni jazo qo‘llamasdan turib tuzatish mumkin, deb eʼtirof etilgan hollarda jinoiy
javobgarlikdan ozod qilingan; ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka
tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmaganlar yoxud ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan holda
rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining
ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetishga qodir bo‘lmagan; jinoyat sodir etganlikda ayblanib,
qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llangan; majburlov choralari
qo‘llangan holda jinoiy jazodan ozod qilingan;
– jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan, shaxs ijtimoiy xavflilik
xususiyatini yo‘qotganligi sababli yoki aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon
bo‘lganligi munosabati bilan yoxud amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilingan;
hukmning ijrosi kechiktirilgan; shartli hukm qilinganlar, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan
mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo turlariga hukm qilingan; jazoni ijro etish
muassasalaridan ozod etilgan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib
kelgan; ruhiy kasallik tufayli sog‘liqni saqlash muassasalarida hisobda turgan va huquqbuzarliklar
sodir etishga moyil bo‘lgan o‘quvchilar;
– tarbiyasi og‘ir, janjalkash, guruhbozlikni targ‘ib qiluvchi o‘quvchilar;
– maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalarini muntazam ravishda buzuvchi
o‘quvchilar;
– dars jarayoniga sababsiz kelmayotgan, muntazam dars qoldiruvchi, darslardan qochib
ketuvchi va chet elga noqonuniy chiqib ketgan o‘quvchilar;
– notinch oilalar farzandlari;
– huquqbuzarlik va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan o‘quvchilar;
– taʼlim muassasasalariga taqiqlangan buyumlar (o‘tkir tig‘li jismlar, o‘yin kartasi, turli
zararli kimyoviy moddalar va pirotexnik vositalar, maxsus gaz sachratuvchi moslamalar,
maʼnaviyat va xulqqa salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi boshqa predmetlar)ni olib kirgan yoki olib kirishga
uringan o‘quvchilar;
– “O‘quvchi” reydi davomida aniqlangan o‘quvchilar;
– o‘quvchilar orasida o‘tkazilgan psixologik so‘rovnomalar natijasida ruhiy holatida salbiy
o‘zgarishlar aniqlangan o‘quvchilar.
O‘quvchilar taʼlim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga 3-bandda qayd etilgan
qilmishlarni sodir etgan vaqtdan eʼtiboran qilmishining xavflilik va og‘irlik darajasiga qarab uch,
olti, to‘qqiz oy va bir yil muddatga nazoratga olinadi. Ushbu muddat o‘quvchining xulqida ijobiy
o‘zgarishlar kuzatilgunga qadar uzaytirilishi mumkin. Sir emaski, ichki ishlar profilaktik hisobiga
olingan o‘quvchilar mazkur hisobda turgan muddatda taʼlim muassasasining ichki nazorat
ro‘yxatiga ham olinadi.
O‘quvchilarni taʼlim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olish sinf rahbari, maʼnaviy-
maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining bildirishnomasi yoki ichki ishlar organining
profilaktik hisobga olganligi haqidagi qarori asosida taʼlim muassasasi direktorining buyrug‘i
13
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
bilan rasmiylashtiriladi. O‘quvchini ichki nazorat ro‘yxatiga olish haqidagi buyruqda o‘quvchi
bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boruvchi masʼul xodim(lar) haqidagi maʼlumotlar
ham ko‘rsatilishi shart.
Deviant xulqli bolalar o‘quvchilarning kam qismini tashkil etsa ham, ular o‘quv-tarbiyaviy
ishlarda barqarorlikka jiddiy to‘siq bo‘ladilar. Ular maktabda va undan tashqarida (oilada,
ko‘chada, dam olish joylarida va boshqa) tartibsizlikni vujudga keltiruvchilar hisoblanadi.
Shuning uchun ham deviant xulqli bolalar maktabda ham, undan tashqarida ham pedagogik
jamoa va keng jamoatchilik eʼtiborida turadi.
Shu sababli bugungi kunda deviant xulqli voyaga yetmaganlar bilan ishlashni
jonlantirish, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish masalalariga eʼtiborni
kuchaytirish, pedagogik va psixologik korreksiya metodlariga murojaat etishni talab etadi.
“Voyaga yetmagan umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilarining shaxs va subyekt sifatida
shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasining o‘sishi, jamiyat tomonidan
belgilangan odob-axloq, xulq normalariga mosligi ularning kelajakda jamiyatning teng huquqli
fuqarosi sifatida faoliyat yuritishiga zamin yaratadi”
1
. Аfsuski, jamiyatimizda tarbiyasi «qiyin»
voyaga yetmagan, deviant va delinkvent xulqli o‘smirlar va o‘spirinlar bilan bog‘liq muammolar
ham mavjud. Bu muammolar yoshlarning o‘qish jarayonida va xulqida namoyon bo‘ladi.
Tarbiyasi «qiyin bolalar» - jamiyat tomonidan o‘rnatilgan normalarga zid ravishda xatti-harakat
qilishadi. Bugungi kunda mamlakatimizda o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlarining
profilaktik hisobiga olingan, nazoratsiz yoki qarovsiz qolgan, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir
etgan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish
markazlarida saqlanayotgan o‘quvchilar taʼlim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olinadi.
Meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda voyaga yetmaganlar orasida ijobiy xulq-atvor normalariga
rioya qilish, o‘smirlar tomonidan anglab yetilishiga va qaror topishiga yo‘naltirilgan keng chora
tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning darajasini yanada
yuksaltirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom
va barkamol avlodni tarbiyalash bunda mahalliy davlat hokimiyat organlari va jamoat
tashkilotlarining hamkorligini takomillashtirish masalalari o‘z ifodasini topgan.
Аmalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning mohiyati va ahamiyati, qonuniylik ahvoli,
sodir etilayotgan huquqbuzarliklar hamda ularni ko‘rib chiqish jarayoni haqidagi tezkor
maʼlumotlarni televideniya orqali keng jamoatchilikka yetkazib berish, odam savdosiga qarshi
kurashish masalasi bo‘yicha uzoq aholi punktlarida yashayotgan fuqarolar bilan ishlashga
alohida eʼtibor bergan holda joylarga chiqib, aholini, birinchi navbatda yoshlarni xabardor
qilishga oid kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda ota-onalar yoki
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarga ularning taʼlim olish
huquqlarini lozim darajada taʼminlashlari hamda ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir
etilishining oldini olish borasidagi masʼuliyatni oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
O‘quvchilar bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boruvchi masʼul xodim sifatida sinf
rahbari, maktab psixologi, yoshlar yetakchisi yoki tajribali pedagoglardan bir nafari (zarur
hollarda bir necha masʼul) biriktiriladi. O‘quvchilarni ichki nazorat ro‘yxatidan chiqarish ularning
xulqida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,
tegishli sinf rahbari va o‘quvchiga biriktirilgan masʼul xodimning birgalikdagi bildirishnomasi yoki
ichki ishlar organining profilaktik hisobdan chiqarish haqidagi qarori (shunday hisobda turganlar
uchun) asosida taʼlim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Bildirishnomada
o‘quvchi bilan olib borilgan yakka tartibdagi profilaktik, tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari
asoslangan holda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
1
Абдуллаева Ш.А. Педагогик диагностика ва педагогик коррекция.-Тошкент:Фан ва технологиялар, 2013.-106-бет.
14
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Taʼlim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatida turgan o‘quvchi o‘qishini boshqa taʼlim
muassasasiga ko‘chirgan taqdirda, uning “ijtimoiy pasporti” (u bilan yakka tartibda olib borilgan
ishlar haqidagi maʼlumot ilova qilingan holda) boshqa hujjatlari bilan birgalikda tegishli taʼlim
muassasasiga yuboriladi.
Taʼlim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olingan o‘quvchilar bilan yakka tartibda
shug‘ullanishni tashkil etish metodlari muhim ahamiyatga ega. Bunda taʼlim muassasasining
ichki nazorat ro‘yxatiga olingan o‘quvchilarga biriktirilgan masʼul xodimlar o‘quvchilar bilan
yakka tartibda profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi, masʼul xodim tegishli o‘quvchi(lar) bilan
yakka tartibda shug‘ullanish bo‘yicha o‘z ish rejalarini tuzadi. Ish rejalar taʼlim muassasasi
direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ish rejada aniq muddatlar ko‘rsatilgan holda quyidagilar nazarda tutilgan bo‘lishi
lozim:
– o‘quvchining qiziqishlarini inobatga olgan holda qaysi to‘garak(lar)ga jalb qilish;
– o‘quvchining davomatini kunlik nazorat qilish;
– darslarni o‘zlashtirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
– to‘garaklarga qatnashishni muntazam o‘rganib borish;
– o‘quvchi bilan yakka tartibda olib boriladigan suhbatlar mavzularini ko‘rsatish;
– profilaktika inspektori, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi faollari bilan birgalikda
o‘quvchining oilaviy sharoiti bilan tanishish;
– o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda
ota-onalar deb yuritiladi) bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish, suhbatlashish, ularga farzand
tarbiyasi bo‘yicha pedagogik-psixologik yordam ko‘rsatish;
– o‘quvchidagi ijobiy (yoki salbiy) o‘zgarishlarni qayd etib borish;
– zaruriyatdan kelib chiqqan holda boshqa tegishli masalalar.
Masʼul xodim tasdiqlangan reja asosida o‘quvchi bilan olib borilgan barcha profilaktik ishlar
to‘g‘risidagi maʼlumotlarni jamlab borish uchun alohida yig‘ma jild shakllantiradi.
Masʼul xodim biriktirilgan o‘quvchi bilan profilaktik va tarbiyaviy ishlarni olib borishda
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tegishli sinf rahbari, maktab psixologi,
yoshlar yetakchisi, shuningdek, tegishli fan o‘qituvchilari va to‘garak rahbarlari bilan yaqin
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi.
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmagan o‘quvchilar bilan yakka tartibda
shug‘ullanishni tashkil etishda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
bo‘yicha direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
– biriktirilgan masʼul xodimlarga, sinf rahbarlari va psixologga tegishli metodik yordam
ko‘rsatish;
– o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar olib borishda ishtirok etish;
– taʼlim muassasasida tashkil etiladigan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlarga ichki nazorat
ro‘yxatidagi o‘quvchilarning jalb etilishini taʼminlash;
– o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan tajribali pedagog xodimlar, taʼlim muassasasi
xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, hududiy profilaktika inspektori va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organi faollari bilan suhbatlar uyushtirish;
– taʼlim muassasasi huzuridagi “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat
Kengashi yig‘ilishlarida tarbiyasi og‘ir, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar ota-onalarining
farzand tarbiyasidagi masʼuliyatsizliklarining muhokama qilib borilishini tashkil etish;
– ichki nazorat ro‘yxatida turgan har bir o‘quvchining xulqidagi ijobiy o‘zgarishlar va ular
tomonidan erishilgan har bir yutuqning eʼtirof etilishi va rag‘batlantirib borilishini taʼminlash.
15
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmagan o‘quvchilar bilan yakka tartibda
shug‘ullanishni tashkil etishda umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan sinf
rahbarlarining asosiy vazifalari:
– “Tarbiyaviy soat”larda o‘quvchilarda sog‘lom fikrlash, tibbiy madaniyat, sog‘lom turmush
tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, darslarga jiddiy tayyorlanib
kelish, bo‘sh vaqtlarida to‘garaklarga qatnashish va kitobxonlikni targ‘ib qilish;
– taʼlim muassasasi va undan tashqarida o‘quvchilar tomonidan taqiqlangan buyumlar
(o‘tkir tig‘li jismlar, o‘yin kartasi, turli zararli kimyoviy moddalar va pirotexnik vositalar, maxsus
gaz sachratuvchi moslamalar, qimmatbaho buyumlar, maʼnaviyatga va xulqqa salbiy taʼsir
ko‘rsatuvchi boshqa predmetlar)ni olib yurish mumkin emasligi haqida doimiy tushuntirish
ishlarini olib borish;
– o‘quvchilarning oilaviy sharoitini o‘rganish va ota-onasiga pedagogik-psixologik yordam
ko‘rsatish;
– o‘quvchining qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda to‘garaklarga jalb qilish;
– o‘quvchini taʼlim muassasasi va sinf miqyosida o‘tkaziladigan turli madaniy-maʼrifiy
tadbirlarga muntazam ravishda jalb qilish;
– o‘quvchining bo‘sh o‘zlashtirayotgan fanlar bo‘yicha faoliyatini muntazam tahlil qilib
borish, fan o‘qituvchisiga darslarda ushbu o‘quvchini faollashtirish yuzasidan kerakli tavsiyalar
berish;
– o‘quvchilarning darslarga to‘liq o‘quv qurollari bilan ishtirok etishi va davomatini,
shuningdek, odob-axloq qoidalariga rioya qilishini kunlik nazorat qilib borish;
– o‘quvchilar maktabga kelmay qolgan holatda zudlik bilan shu kunning o‘zida (soat
10:00gacha) ularning ota-onalari bilan telefon orqali bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritish, ota-
onasi bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmaganda, taʼlim muassasasi rahbariyatini ogohlantirish;
– o‘quvchining o‘qishi va xulqida kuzatilayotgan har qanday o‘zgarishlarni ularning ota-
onalari va maktab rahbariyatiga maʼlum qilish;
– o‘quvchining xulqidagi va fanlarni o‘zlashtirishidagi har qanday ijobiy o‘zgarishlarni
rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmagan o‘quvchilar bilan yakka tartibda
shug‘ullanishni tashkil etishda umumiy o‘rta taʼlim maktablari psixologlarining asosiy vazifalari:
– sinf rahbarlari bilan birgalikda o‘quvchilarning “ijtimoiy pasporti”ni (o‘quvchi va uning
ota-onasi, oilaviy sharoiti to‘g‘risida to‘liq maʼlumotlar banki) o‘quv yili boshida tuzish va uni
tizimli ravishda (har chorakda) yangilab borish;
– taʼlim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olingan o‘quvchilar uchun alohida yig‘ma
jild shakllantirgan holda ular bilan tizimli ravishda yakka tartibda psixologik suhbat (haftada
kamida 1 marta) va so‘rovnomalar (oyda kamida 1 marta) o‘tkazish;
– o‘quvchining xulqini va tarbiyasini ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha hamda ijtimoiy
moslashtirish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida turli psixologik metodlar orqali ularning
qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatini hisobga olgan holda sinf rahbari, yoshlar yetakchisi bilan
hamkorlikda tegishli tadbirlarni amalga oshirish;
– o‘quvchi bilan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida o‘quvchilarning
ruhiyatida kuzatilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida uning ota-onasini xabardor qilish va bu borada
ular bilan hamkorlik qilish;
– o‘quvchining ota-onasiga farzand tarbiyasi bo‘yicha pedagogik-psixologik yordamlar
ko‘rsatish.
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmagan o‘quvchilar bilan yakka
tartibda shug‘ullanishni tashkil etishda umumiy o‘rta taʼlim maktablari yoshlar yetakchilarining
asosiy vazifalari:
16
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
– psixolog xulosasiga ko‘ra o‘quvchini to‘garaklar va sport seksiyalariga jalb etish hamda
doimiy ishtirokini nazoratga olish;
– taʼlim muassasasi “Yoshlar ittifoqi” va “Kamalak” tashkilotlari sardorlarini ichki nazorat
ro‘yxatidagi o‘quvchiga biriktirish;
– sinf rahbarlari bilan hamkorlikda tuman (shahar)dagi maktabdan tashqari muassasalar
bilan tanishtirish choralarini ko‘rish;
– o‘quvchini taʼlim muassasasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi
tomonidan tashkil etiladigan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlarga muntazam ravishda jalb etib
borish;
– o‘quvchilar tomonidan bajarilgan har qanday ijobiy ishlar va yutuqlarni turli tadbirlarda
va “Ertalabki saflanish”larda eʼtirof etib borilishini taʼminlash.
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmagan o‘quvchilar bilan yakka
tartibda shug‘ullanishni tashkil etishda umumiy o‘rta taʼlim maktablari rahbarlari taʼlim
muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olingan o‘quvchilar bilan olib boriladigan profilaktik va
tarbiyaviy ishlar, ularga biriktirilgan masʼul xodimlarning faoliyati, o‘quvchilar bilan yakka
tartibda shug‘ullanish rejalarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilish holati, sinf rahbarlari, maktab
psixologi va yoshlar yetakchisining faoliyati maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
tomonidan muntazam ravishda kunlik nazorat qilib borishlari va muvofiqlashtirishlari zarur.
Masʼul xodimlar, sinf rahbarlari, psixolog, yoshlar yetakchisi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha
direktor o‘rinbosari tomonidan taʼlim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olingan
o‘quvchilar bilan ishlash holati har hafta yakunlari bo‘yicha maktab rahbari tomonidan tahlil qilib
boriladi. Masʼul xodimlarning faoliyati va tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan tegishli ishlarning olib
borilish holati, ushbu toifaga kiruvchi o‘quvchilardagi ijobiy (salbiy) o‘zgarishlar taʼlim
muassasasi pedagogik kengashi yig‘ilishlarida har oy yakunlari bo‘yicha muntazam ravishda
muhokama qilib boriladi. Bunda masʼul xodimlarning hisobotlari ham eshitiladi.
Shunday qilib, o‘quvchilar orasida ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borishda “Tarbiyaviy
soat”lar, turli tarbiyaviy tadbirlar muhim o‘rin egallaydi O‘quvchilarda sog‘lom fikrlash, tibbiy
madaniyat, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, odob-axloq qoidalariga rioya
etish, darslarga jiddiy tayyorlanib kelish, bo‘sh vaqtlarida to‘garaklarga qatnashish va
kitobxonlikni targ‘ib qilish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |