197
aniqlash va ularni uch belgili kodlashtirish darajasiga keltirildi.
Kommunikativ format to‘ldiruvchisini ishlab chiqishda chet el
tajribalari, xususan,
MARC formatlar oilasiga kiruvchi
USMARC formati o‘rganildi. 1990- yildan boshlab Rossiya
bozorida avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlari AIBS
„ MARC-NPO Informsistema va Moskva Davlat universitetining
mahsuloti „Biblioteka“ning paydo bo‘lishi bilan
USMARC
formati Rossiyada tatbiq qilina boshlandi. Formatlarni o‘rganish
va tatbiq qilish ilgari ham bo‘lgan, ammo ularni real tatbiq qilish
yuqorida keltirilgan avtomatlashtirilgan
kutubxona-axborot
tizimlarining yaratilishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqilayotgan
formatlar Xalqaro standartlar va Rossiyadagi standartlar hamda
qoidalarga mos kelishi zarur. Bunday talablarning bajarilishiga
USMARC va
UNIMARC formatlari javob beradi. Òahlillar
natijasida
UNIMARC formati Rossiya milliy formatini yaratish
uchun asos qilib olindi. Uch bosqichda Rossiya milliy formati
ustida ish olib borildi. 1- bosqichda avtomatlashtirilgan kutub-
xona-axborot tizimining texnologik asosi sifatida bibliografik
yozuvlarning yagona formatini tashkil etish imkoniyatlari o‘rga-
nildi. 2- bosqichda Rossiya Davlat xalq
ilmiy-texnika kutubxonasi
va boshqa kutubxonalar uchun o‘tkazilgan tadqiqot ishlarining
natijasi va uning qo‘llanishi darajasi o‘rganildi. 3- bosqich kom-
munikativ formatning davlat standartlarini ishlab chiqish va
belgilangan dastur doirasida xalqaro formatni ishlab chiqishda
ishtirok etishdan iborat bo‘ldi. Kommunikativ format yozuvlari
va ularning tuzilishi
ISO 2709 sonli Xalqaro standartga mos
keltirildi.
1990- yil boshlarida
UNIMARC va
USMARC xalqaro
formatlarini amaliyotga kiritish jadallashdi.
Shu munosabat bilan
Rossiya kutubxonalarining kutubxonachilik kooperatsiyasi va
bibliografik axborot almashuvning xalqaro tizimiga kirib borishini
tezlatish maqsadida
UNIMARC bo‘yicha asosiy materiallarni rus
tiliga o‘girish sohasida ish olib borildi. 1995- yil oktabrida Rossiya
milliy formatini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va u
RUSMARC deb nomlandi, bu format 1994- yilgi
UNIMARC
asosida tahrir qilindi. Bu format IFLAning xalqaro qo‘mitasi
tomonidan milliy format sifatida rasman tan olingan va ro‘yxatga
olingan. Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining 1998- yil
27.01 45- sonli buyrug‘i bilan kutubxonalarda
axborot almashinuvi
uchun majburiy qo‘llanuvchi format sifatida kiritildi. 2000- yil
198
29- fevraldagi 139- sonli buyruqda bu formatni Rossiya Fe-
deratsiyasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi kutubxonalar uchun
avtomatlashgan kutubxona-axborot tizimini ishlab chiqish va
amaliyotda qo‘llash uchun majburiy deb ko‘rsatildi. Rossiya Milliy
kutubxonasi ana shu format asosida kataloglashtirish ishlarini
olib boradi. „Libnet“ nomi bilan yuritiluvchi milliy axborot-
bibliografiya Markazi RF Madaniyat vazirligining qo‘llab quv-
vatlashi bilan ikkala milliy kutubxona tomonidan ta’sis etilgan va
u mamlakatda davr talabi darajasida
korporativ kataloglashti-
rishni olib boradi. Markazning ishi ham
RUSMARC formatida
olib boriladi. Rossiyaning turli hududlarida
RUSMARCni qo‘llovchi,
axborot almashuv formati hamda kataloglashtirish formati sifatida
boshqa formatlar ham yaratildi. Bular
ORAC-GLOBAL (DIÒ-M,
Moskva), RUSLAN (SpbGU, Sankt-Peterburg) va boshqalar.
Bundan tashqari, jahonning ko‘pgina yirik va rivojlangan mam-
lakatlari ham o‘zlarining formatlarini yaratishga harakat qildilar
va yaratdilar. Shulardan biri Kanada davlatidir. Kanadada xalqaro
formatlarni o‘rganish maqsadida
tashkil topgan ishchi guruhi
o‘zlaridan avval tuzilgan bir qancha formatlarni o‘rganib, tahlil
qilib,
USMARC asosida unga qo‘shimcha maydon va maydonosti
chiziqlarini kiritgan holda
CANMARCni yaratdilar. Kanada 2 ta
davlat tiliga (ingliz va fransuz) ega bo‘lganligi sababli formatda
yo‘naltirish berish uchun qo‘shimcha belgilar (metka)lar,
markerda yozuv statusini beruvchi to‘liq yoki qisqa kodlar kiritildi.
Bu format 1979- yili nashr etildi. Avstraliyaning milliy
kutubxonasi 1973- yil o‘zining
AUSMARCni yaratdi. Uning 2-
nashri 1975- yili chiqdi. Avstraliya formati
UKMARCga asos-
langan, ammo o‘zining milliy xususiyatiga ko‘ra o‘zgarishlar
kiritgan. 1988- yili ular
USMARC asosida avtoritet ma’lumotlar
uchun format ishlab chiqdilar. Hozirgi paytda bunday formatlarning
soni 50 dan oshib ketdi va ular har biri o‘z
milliy xususiyatiga
ega bo‘lish bilan birga xalqaro axborot almashuv tizimiga
bo‘ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: