201
muammosi turibdi. Buning uchun maktab o‘qituvchilarini va
kutubxonachilarni axborot madaniyatiga o‘qitish zaruriyati
tug‘iladi.
Axborot madaniyati — axborotni qidirish, axborot resurslari
(matbuot nashrlarining barcha turlari) bilan ishlay olish,
axborotni
qidirish, topish, u bilan ishlash, analitik va sintetik tahlil qilish,
shaxsiy hayotida va mehnat faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasi
darajasi. Har bir kishi buni bajarish jarayonida quyidagi savollarga
javob bera olishi zarur:
— Men nima qilishim kerak?
— Axborotni topish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?
— Axborotni qanday yo‘l bilan olishim kerak? (Axborotni
qidirish uchun aniq resurslarni tanlash)
— Qaysi resurslardan foydalanishim zarur?
— Resurslardan qanday foydalanishim kerak? (Tanqidiy tahlil
qila bilish)
— Undan nimani yozib olishim kerak? (Axborotni saralash
va tanlash)
— Zarur axborotni ola bildimmi? (Tahlil, sintez, baho berish)
— Uni qanday va qay yo‘l bilan taqdim etish kerak? (Natijaga
baho berish)
Axborot madaniyatini tarbiyalash
maktab va bolalar kutub-
xonasi xodimlarining asosiy vazifasi. Chunki kitobxon kitobxonlik
umrining asosiy vaqtini shu kutubxonalarda o‘tkazadi. Shuning
uchun kutubxonachi-pedagog kasbini tayyorlash vazifasi muhim
vazifalardan biri. Masalan, Rossiya maktablarida kutubxonachilar
kichik sinf o‘qituvchilariga kitobxonlik va axborot madaniyatini
shakllantirishda yordam berish bo‘yicha maxsus dasturlar yaratilgan.
Axborot bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida o‘rta
sinflarda kutubxonachilik-bibliografik bilimlar targ‘ib
qilinadi,
o‘rgatiladi. Yuqori sinflarda esa axborot madaniyati asoslaridan
darslar o‘tiladi. Bizning xalqimiz avvaldan kitobxon xalq. Ammo
kitobxonlik madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish lozim. O‘zbekcha
maktab o‘quvchilariga o‘zbek adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyoti
haqida ko‘proq tasavvur va tushuncha hosil qildirishimiz kerak.
Shuningdek, adabiyotni davrlar bo‘yicha, mamlakatlar bo‘yicha,
janrlar bo‘yicha ham ajrata olishlari zarur. Bunday tushunchani,
bilimni shakllantirish, avvalo, adabiyot fani o‘qituvchilarining
ishi bo‘lsa, ikkinchidan, kutubxonachining ham vazifasidir.
202
Kutubxonachilar axborot madaniyatini
tarbiyalashda quyidagi-
larga e’tiborni qaratishlari kerak:
— tarixiy va huquqiy madaniyatni rivojlantirish — davlat
qonunlarini, rasmiy hujjatlarni bilishga yo‘llash;
— estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati
ko‘nikmalarini tarbiyalash;
— bibliografik madaniyat;
— zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nik-
masini
va madaniyatini tarbiyalash;
— muloqot madaniyatini shakllantirish.
Bu xususiyatlar hamma uchun zarur. Iste’molchilar bilan
ish olib borishda quyidagi prinsiðlarga amal qilinadi: rejalilik;
ketma-ketlik; bosqichma-bosqich olib borish; alohida-alohida
ish olib borish (kitobxonning yoki iste’molchining bilim saviyasi,
darajasini hisobga olgan holda yondashish).
Buning uchun axborot ko‘rgazmalari, stendlar,
turli biblio-
grafik, uslubiy plakatlar, kompyuter dasturlari bo‘yicha bilim
berishga oid turli xil qo‘llanmalar, varaqalar, bukletlar, mustaqil
ma’lumot yig‘ish va qidirishga oid maslahatlar,
savol-javob
o‘yinlari, turli videonamoyishlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: