Bibliografiya lat p65



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

Mavzuning maqsadi — zamonaviy axborot texnologiyalari
yordamida kutubxona ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun
zarur bilimlarni egallashda yordam berish, xalqaro bibliografik
formatlar, ularning tarixi, shakllanish jarayonlari, turlari, ahamiyati
haqida bilim berish.
Asosiy tushunchalar — MARC, format, UKMARC, USMARC,
milliy formatlar, kodlar.
MARC formatlarining tarixi, shakllanishi, ahamiyati
Mustaqillik yo‘lidan sobitqadamlik bilan ilgari borayotgan
mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy va iqtisodiy
sohalarda ham jahon talablari darajasida rivojlanishda ko‘zga
tashlanmoqda. Ayniqsa, kelajagimizni belgilab beruvchi, mam-
lakatimiz istiqbolini yaratuvchi yoshlarning ta’lim va tarbiyaviy
tizimidagi islohotlar muhim ahamiyatga ega. „Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi“ va „Òa’lim to‘g‘risida“gi Qonunda, madaniyat va
ma’naviyat sohasidagi qator hujjatlarda belgilab berilganidek,
ta’lim tizimida sifat bosqichi amalga oshirilmoqda. Òurli
yo‘nalishlarda o‘quv adabiyotlari yaratish yo‘lga qo‘yildi. Zamon
talablaridan kelib chiqqan holda kutubxonachi-bibliograflarni
tayyorlash sohasida ham zarur adabiyotlar yaratilmoqda. Kutub-
xonalarda kutubxona-axborot tizimini yaratish va bunda jahon
tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa kutub-
xonalar ish jarayonining kengayishiga, globallashuviga, ish
sifatining oshishiga, olib keldi. Mamlakatimizda 25 dan oshiq
yirik kutubxonalar xalqaro formatlar asosida ish olib bormoqda,
elektron katalog yaratish jarayoni amalga oshirilyapti. Kitob
berilishi, kutubxona fondini butlash, kitobxonlar hisobi avto-
matlashtirilgan shaklga o‘tdi.
Zamonaviy axborotlar texnologiyasi tizimida MARC format-
larning o‘rni katta. MARC formatlar bibliografik ma’lumotlarni


195
mashinada o‘qishga asoslangan standartlardir. Kutubxonalar ax-
borot tizimida MARC formatlar kutubxonada mavjud an’anaviy
kataloglardagi bibliografik yozuvlarni, ayniqsa, ana shu kataloglar
kartochkasiga sig‘may qolgan kengroq ma’lumotlarni mashinada
o‘qiy olish imkonini beradi. Yana bir xususiyati shundaki, bunday
formatlar vositasida ko‘plab mamlakatlar orasida bibliografik
ma’lumotlarni almashish, bir mamlakat ichida va xalqaro miqyosda
axborot almashuv tizimini va yig‘ma kataloglarni yaratish imkonini
beradi. Eng asosiysi, xalqaro MARC formatlar kommunikativ
aloqa vositasi hamdir. Uni qo‘llashning maqsadi va vazifalari ana
shu xususiyatlaridan kelib chiqadi. Demak, u mashinada o‘qiladigan
katalog bo‘lib, Machine-Readable Catalogue yoki Cataloging-
MARC deb yuritiladi. Uning asosiy maqsadi kutubxona fondida
mavjud adabiyotlar haqidagi bibliografik ma’lumotlarni kompyu-
terdagi maxsus dastur asosida mashinada o‘qishga asoslangan
shaklini yaratishdan iborat. 1960- yildan boshlab mashinada
o‘qiladigan yozuvlarni yaratish imkonini beruvchi kompyuterlarga
ega bo‘lgan AQSHning Kongress kutubxonasi bibliografik ma’lu-
motlarning mashinada o‘qiladigan shaklini yaratish g‘oyasini ilgari
suradi. Bevosita kataloglardagi kartochka yozuvlarini kompyuterga
ko‘chirish iloji yo‘q edi. Buning uchun kompyuterda shu ma’-
lumotlarni kiritishning maxsus tizimi yaritilish zarur bo‘lib
qoldi. Bunday murakkab vazifani hal etish uchun Kongress
kutubxonasi 1965 — 66- yillarda loyiha ishlab chiqadi va uni
MARC 1 deb ataydi. Uning maqsadi bibliografik tavsifni mashinada
o‘qiladigan shaklga keltirish. Loyihaning ishtirokchilari AQSH,
Kanadaning 16 ta yirik kutubxonalari va Britaniya muzeyi
kutubxonasi edi. Tadqiqot va tajriba ishlari Buyuk Britaniyada
amalga oshirildi. Bu ish bilan parallel holda Britaniya milliy
bibliografiyasi Kengashi BNB MARC nomi bilan loyiha yaratdilar.
Uning vazifasi mashinada o‘qiladigan ma’lumotlarni Britaniya
milliy bibliografiyasi nashrlarini tayyorlash va nashr etish
jarayonida qo‘llashdan iborat edi. Bir vaqtning o‘zida yaratilgan
bu ikki loyiha bundan keyin MARC II formatini yaratishda
Amerika va Angliya hamkorligining poydevori bo‘lib qoldi. Bu
format  MARC formatidan kommunikativ aloqa vositasi sifatida
foydalanishga qaratildi.  MARC II formatiga yuklatilgan mas’uliyat
ko‘p yillar davomida o‘zida qoldirildi va u hujjatlarning hamma
turlari haqidagi bibliografik ma’lumotlarni berishga, turli xil
kutubxona-axborot vazifalarini bajarishga, kataloglashtirishga va


196
undan turli avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanish imkonini
yaratishga qaratilgan. Mashinada o‘qiladigan kataloglarni yaratish
bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikka qaramay, MARC
formatlarning ko‘plab variantlari paydo bo‘ldi. Buyuk Britaniyada
UKMARC, AQSHda USMARC, fransuz tilida so‘zlashuvchilar —
Fransiya, Belgiya va Shvetsiyaning fransuz tilida gaplashuvchi
qismi uchun INTERMARC yaratildi. 1970- yillarga kelib, MARC
formatlarning soni 70 dan oshdi. Ular orasida Kanadada
CANMARC, Finlandiyada FINMARC,  OCLC — Onlayn kom-
pyuter kutubxonachilik markazi va boshqalar yaratildi. Ular
uchun USMARC asosiy negiz — baza bo‘lib xizmat qiladi. Milliy
formatlarning ko‘plab yaratilganiga sabab milliy qoidalar va
tafovutlardir. Natijada turli xil formatlarda va turli xil tizimda
axborot almashayotgan ish murakkablashdi. Formatlar o‘rtasidagi
nomuvofiqlikni yo‘qotish uchun IFLA darajasida xalqaro vositachi
format yaratishga qaror qilindi, bu format UNIMARC nomi
bilan 1977- yilda maxsus ishchi guruhi tomonidan yaratildi va u
„ universal MARC“ deb ham yuritiladi. Ishchi guruhi tarkibiga
AQSH Kongressi Kutubxonasi vakillari va boshqa davlatlardan
mutaxassislar kiritildi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish