O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

Suvda tirik baliq tashish
Tirik baliqni asosan suvda tashish ma’qul, lekin suvsiz tashish usul- 
lari ham ntavjud. Eng ko'p tarqalgan usul bu tirik baliqlarni suvda ta- 
shishdir. Bu usulning muvaffaqiyati asosan aniq sharoitlarga bog‘liq va 
o‘ziga xos talablari bo‘ladi. Baliqlarning o'zlariga xos bo'lgan tashish 
qoidalari mavjud. Bular asosan sanitariya-gigiyena qoidalariga amal 
qilish, suv tarkibi, tiniqligi, harorati va suvdagi kislorod ko‘rsatkichi 
bilan chambarchas bog'liq.
63-rasm. 
Tovar baliq yoki nasldor ota-ona, segoletkalarni yig‘ish uchun 
maxsus moslamalar, baliqtutgichlar (Doroxov, 1958).
Tashiladigan baliqlarni asosan 3—4 soat oqar suvda saqlash nihoyatda 
zarur. Shu narsani esdan chiqarmaslik kerak, och baliqni tashish yax- 
shi natija beradi. Madomiki, shunday ekan baliqlarni tashishdan oldin 
ikki sutka oziqlantirmaslik kerak. Baliq tashish masofasi uzoq bo‘lsa, 
baliqlardan tez-tez xabardor bohish kerak. 0 ‘lgan baliqlar darhol ajratib 
olinishi lozim. Baliq tashiladigan taralar toza, jarohat yetkazmaydigan
254


bo‘lishi kerak. Tarada har xil hidlar, padanuvchi moddalar bo'lmasligi 
kerak. Tara toza suv bilan to'ldiriladi. Suv haroratiga e’tibor beriladi. 
Agarda zaruriyat tug'ilsa suv haroratini pasaytirish uchun albatta muz 
bo'lishi kerak. Tovar baliq yoki segoletkalarni ovlash usuli 63-rasmda 
ko'rsatilgan.
Suvda chavoq, ntalki, molod, segoletkalar (baliqchalar) tashiladi. 
Katta yoshdagi baliqlar ham albatta suvda tashiladi. Barcha turdagi 
baliqchalarni rivojlanishning ilk davrida tashish ma’qul. Ular erkin 
suza boshlashi va taogen ovqatlanishga o'tishi bilan ancha chidamliroq 
bo‘ladi, shunga qaramasdan yo‘lda kuchli chayqalish, kuchli tebranish- 
larga yo'l qo'ymaslik kerak. Chunki baliq chavoqlari nihoyatda nozik 
bo'ladi, ular tezda jarohatlanadi va nobud bo'ladi.
Tirik baliqlarning muvaffaqiyatli tashilishi ko'pgina faktorlarga 
bog‘liq: suv sifatiga, baliq o'tkazish zichligiga, ya’ni solinadigan baliqlar 
soniga, masofadagi vaqt davomiyligi va baliqlarning fiziologik holatiga. 
Asosiy faktorlardan yana biri bu suv harorati. Birinchidan, suv harorati 
baliqning intensiv ravishda kislorodni iste’mol qilishini amalga oshirsa, 
ikkinchidan, suvda erigan kislorod miqdorini belgilaydi. Harorati past 
bo‘lgan suvda kislorod miqdori harorati yuqori bo'lgan suvga nisbatan 
ancha yuqori bo‘ladi. Baliq sovuq suvda bo‘lsa kislorodga nisbatan ta- 
labi ancha kamroq bo'ladi. Demak, suvda baliq tashishda suv harorati 
past bo'lgan paytda baliq tashishni tashkil qilish ntaqsadga muvofiq. 
Suvda erigan kislorod miqdorining suv haroratiga bog'liqligi to'g'risida 
ma’lumot tegishli jadvalda aks ettirilgan. Tarada ham suv harorati kes- 
kin isib ketmasligi kerak. Bahor, yoz yoki kuz faslida rnayda tirik ba­
liq transportirovkasida taradagi suv harorati 10—12°C dan oshmasligi 
kerak. Agarda transport tarasidagi suv harorati 15—16°C bo'lsa, albatta 
uni sovitib 10—12°C gacha keltirish zarur. Qishda suv harorati 1—2°C 
bo'lganda tashilishi ma’qul. Tirik baliqni yilning qaysi faslida tashilishi 
baliqlashtiradigan suvlikning gidrokimyoviy va gidrobiologik rejimiga 
bog'iiq. Qishlash hovuzlaridan segoletkalarni ovlashda havo harorati 
bilan suv harorati bir xil bo'lishi lozim. Agarda havo harorati — 5—6 
gradus bo'lsa unda baliqlarning jabrasi shamollaydi va barchasi nobud 
bo'ladi. Baliqlashtirish uchun har bir ko'lning biologik xususiyati chuqur 
o'rganilishi kerak. Shu munosabat bilan ko'llarni baliqlashtirishni faqat 
kuzda rejalashtirmaslik kerak. Ba'zi bir ko'llarni kuzda baliqlashtirishga 
to'g'ri kelsa (Devxona, Og'itma, Dengizko'l) boshqalari uchun (Qora- 
qir, Tuzkon, Zikri) erta bahorda baliqlashtirishni rejalashtirish zarur. 
Masalan, Qoraqir ko'li sayoz ko'llardan hisoblanadi. O'rtacha cluiqurli-
255


gi 1,5—2,0 m, maksimal chuqurlik 3—4 m evtroflashgan ko‘l boiib qish- 
da dimiqish (zamor) hodisasi yuz beradi. Shuning uchun ham bunday 
ko'lda baliqlashtirish ishlarini kuzda emas, balki erta bahorda bajarish 
maqsadga muvofiq. Agarda suvlikning maksimal chuqurligi 8—12 metr, 
mezotrof tipiga tegishli bo'lsa, baliqlashtirish ishlari kuzda bajarilsa 
ham bo'ladi (Devxona, Og'itma, Dengizko‘l).
Tirik baliq tashish muvaffaqiyatliligi transport tarasidagi suvning 
kislorod rejimi ham sharoit bo‘lib hisoblanadi. Suvda erigan kislorod 
ko‘rsatkichi fiziologik normada 7—8 mg/1, yoki 100—114 % to'yinish 
darajasiga teng bo'lishi kerak. Suvdagi kislorod miqdorining o‘zgarishi 
undagi baliq soniga bogiiq.
Transport tarasida qancha baliq ko‘p bolsa kislorodga bo‘lgan talab 
shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham baliq tashish paytida 
ko'proq baliq olishga emas, balki baliq tashish normasiga rioya qilish 
zarur. Baliq tashishda yana baliq turi, baliq yoshi ham hisobga olinishi 
kerak. Baliq qanchalik yosh boMsa, u shunchalik kislorodga nisbatan ta- 
labchan bo'ladi. 63-rasmda tovar yoki ota-ona baliq tutish texnologiyasi 
ko'rsatilgan. Masalan, o'rtacha og'irligi 500—700 g keladigan karp, suv 
harorati 10°C bo'lganda har bir kg og'irligiga nisbatan bir soat ichida 45 
mg kislorod talab qiladi. Karp segoletkasining og'irligi - 35 g / bo‘lsa, 
har bir donasi, bir soat ichida 120 mg kislorodni yutadi. Oq amur, 
oq va chipor do'ngpeshananing kislorodga bo'lgan talabi bir xil. Bu 
baliqlarning kislorodga nisbatan miqdor ko'rsatkichi quyidagicha. Is- 
siqsevar baliqlar uchun suvda erigan kislorod ko'rsatkichining minimal 
miqdori 4,5—6,8 mg/1, sovuqsevar baliqlar (forel, peled) uchun 11—12 
mg/1 gacha bo'ladi.
Tirik baliq tashishning muvaffaqiyati yana suv sifatiga hamda tara- 
dagi suv hajmi va baliq massasiga ham bog'liq. Suv hajmi va baliq turi, 
massasi, yoshi optimal munosabatlari, xususiyatlari, tashish masofasi 
hamda suv aeratsiyasi imkoniyatlari hisobga olinadi. Har bir litr suvda, 
aeratsiya imkoniyati bo'lgan taqdirda baliq chavoqlari va malkilar uc­
hun tashish paytida, havo orqali kislorod berib turganda tavsiya etiladi- 
gan normasi 67-jadvalda keltirilgan.
Agarda transport vositasida aeratsiya imkoniyati mavjud bo'lsa, 
tashiladigan chavoqlar va malki soni oshiriladi. Karp chavoqlarini 
kislorodli polietilen paketlarga solish normasi quyidagicha: agarda ta­
shish masofasi 5 soatdan ortiq bo'lsa, unda har bir paketga 2000 dona 
chavoq solinadi, agarda 5 soatdan kamroq bo'lsa, 3500—4000 dona har 
bir paketga chavoq joylashtirish mumkin.
2 5 6


67-jadvaI

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish