O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Jinoyat ishtirokchilarining turlari



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
11.2. Jinoyat ishtirokchilarining turlari
Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko'ra, jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va 
yordamchilari ham jinoyat ishtirokchilari, deb topiladi. 
Ishtirokchilarning quyidagi turlari mavjud: 
1) bajaruvchi; 
2) tashkilotchi
3) dalolatchi; 
4) yordamchidan iborat. 
Jinoyatni bevosita, to'la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi 
mumkin bo'lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi, deb topiladi 
(Jinoyat kodeksining 28-mod-dasi, 2-qismi). 
Qonunda bajaruvchining qator o'ziga xos belgilar ko'rsatilgan: 

birinchidan, 
jinoiy qilmishning to'liq yoki qisman amalga oshirilishi. Bundagi jinoiy qilmishni to'liq amalga 
oshirilishi deganda, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko'rsatilgan qilmishning obyektiv tomonini to'liq sodir etish 
tushuniladi, ya'ni obyektiv tomon to'liq bajariladi. Jinoyatni qisman sodir etish, jinoyat obyektiv tomonini sodir etish 
bo'lib, bajaruvchiga bog'liq bo'lmagan holda tamom bo'lmaydi yoki modda dispozitsiyasida ko'rsatilgan oqibatning yuz 
bermasligida ifodalanadi; 
• 
ikkinchidan, 
jinoyatning bevosita bajaruvchi tomonidan sodir etilishi, bevositalik bajaruvchi shaxs tomonidan Jinoyat 
kodeksining «Maxsus» qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etilganligi yoki sodir etilishini anglatadi. 


67 
Bajaruvchi quyidagi turlarga bo'linadi: 
1) bevosita jinoyatni sodir etgan, ya'ni obyektiv tomonini bajargan shaxs; 
2) boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan shaxs (birgalikda bajaruvchi); 
3) kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, 
jinoyat sodir etgan shaxs. 
Dastlabki ikki holatda jinoyat ishtirokchisi hisoblangan bajaruvchi ko'rsatib o'tilgan. Uchinchi holat esa, 
jinoyatda ishtirokchilikni ifodalamaydi, balki jinoyat vositasi orqali individual tartibda sodir etish hisoblanadi. Ba'zi 
hollarda jinoyatning obyektiv tomonini bir nechta jinoyatchilar birgalikda bajaradi, ulaming barchasi bajaruvchi 
hisoblanadi. 
Jinoyat bajaruvchisi aqli raso va qonunda belgilangan yoshga to'lgan bo'lishi kerak. Ayrim holda shaxsning o'zi 
jinoyatni bevosita sodir qilmasdan jinoyatning subyekti bo'la olmaydigan shaxsdan foydalanadi (masalan, o'g'rilik 
jinoyatini sodir qilishda shaxs 14 yoshga to'lmagan yoki aqli noraso shaxsdan foydalanadi). Bunda jinoyatchi ham 
subyekt yoshiga yetmaganning qilmishi uchun hamda voyaga yetmaganni jinoyatga jalb qilganligi uchun javobgarlikka 
tortiladi. Ba'zi hollarda jinoyatchi maxsus o'rgatilgan hayvonlardan foydalanadi va hayvon yetkazgan zarar uchun 
jinoyatchi javobgar bo'ladi. 
Alohida hollarda bajaruvchining harakatini aniqlash uchun Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasi 
dispozitsiyasida ko'rsatilgan belgilarning bir qismi bo'lishi o'zi yetarli hisoblanadi. Masalan, nomusga tegish jinoyati bir 
guruh shaxslar tomonidan sodir etilsa, ulardan biri zo'rlik ishlatgan, lekin shaxsan o'zi nomusga tekkan yoki nomusga 
tegmaganligidan qat'iy nazar, bajaruvchi bo'lib hisoblanadi. 
Bajaruvchi tomonidan sodir etilgan qilmish subyektiv tomon-dan to'g'ri yoki egri qasddan sodir etilishi mumkin. 
Qonunga ko'ra, ishtirokchilikda sodir etilgan qilmish qasddan amalga oshirilib, ehtiyotsizlikni istisno etadi. 
Ishtirokchilarning qasdi o'z qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash va bajaruvchining harakatini o'z ichiga olishi 
kerak. 
Jinoyatning tashkilotchisi jinoyat ishtirokchilaridan biridir. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rilishiga yoki jinoyat sodir 
etilishiga rahbarlik kilgan shaxs tashkilotchi, deb topiladi (28-moddaning 3-qismi), ya'ni tashkilotchi: 
1) jinoyatga tayyorgarlik ko'rilishiga yoki 
2) jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qiladi. 
Har ikki holatda ham u «tashkilotchi» so'zi ma'nosidan kelib chiquvchi jinoyatga tayyorgarlikni amalga 
oshiradi. Jinoyat sodir etish «g'oya»si va undan so'nggi harakatlarni rejalashtirish, tashkil qilish unga tegishlidir. 
Shu o'rinda jinoyat sodir etish haqidagi fikrning yuzaga kelishi faqatgina tashkilotchining o'zigagina tegishli 
emasligini takidlab o'tish lozim. Ba'zi hollarda birgalikdagi bajaruvchilardan birida ham bunday fikr paydo bo'lishi 
mumkin. Sud amaliyotida birgalikda bajaruvchilardan birida bunday fikrning paydo bo'lishi uchrab turadi. Masalan, 
gurah bo'lib bezorilik qilish, nomusga tegish jinoyatlarini sodir etishda. Tashkilotchi ko'pincha jinoyat sodir qilishda 
bevosita qatnashmaganligi sababli uni ushlash, isbotlash va javobgarlikka tortish qiyinlashadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish