69
Maxsus adabiyotlarda va darsliklarda jinoyatda ishtirokchilik turlicha klassifikatsiyalangan bo'lib, jinoyatda
ishtirokchilik shakl va turlarga bo'linadi.
Jinoyat sodir etishda ishtirokchilik shakli deganda, jinoyat sodir etishdagi o'zaro aloqadorlik, ishtirokchilar
harakatini oldindan til biriktirgan holda amalga oshirilish darajasi, subyektiv aloqadorligi va xususiyatiga ko'ra, farq
qiluvchi bir necha shaxslarning birga-likdagi harakati tushuniladi. Yuqorida keltirilgan har bir belgi ishtirokchilar
o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, til biriktirganlik va umumiy maqsadga erishishi uchun muvofiqlashtirilganligiga ko'ra farq
qiladi.
Ishtirokchilar harakatining yuqori darajada tashkil qilinganligi va til biriktirganligi ko'zlangan maqsadga erishishni
osonlashtiradi.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyani tahlil qilishda sud va tergov organlari qonunda to'g'ridan to'g'ri
ko'rsatilmagan, lekin jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish imkonini beradigan belgilarga e'tibor berishlari lozim.
Ishtirokchilik obyektiv (ishtirokchilar o'rtasidagi obyektiv alo-qadorlik) va subyektiv (ular o'rtasidagi
subyektiv
bog'liqlik) me-zonlarga ko'ra turlarga bo'linadi.
Obyektiv mezon ishtirokchilarning obyektiv tomondan aloqa-dorligida ifodalanadi, bu asosga ko'ra
ishtirokchilik, ikki turga bo'linadi:
1) oddiy ishtirokchilik;
2) murakkab ishtirokchilik.
Obyektiv mezon ishtirokchilar o'rtasidagi jinoyat sodir etish-dagi aloqadorlikni ifodalaydi, ya'ni rollarning
taqsimlanishi, kim qaysi vazifani bajarishini belgilab qo'yilishi va boshqalar. Oddiy ishtirokchilikda birgalikda
bajaruvchi shaxslar Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida ko'rsatilgan jinoyatning obyektiv tomonini
bevosita til biriktirmagan holda sodir etadilar.
Murakkab ishtirokchilikda (bajaruvchi
bilan bir qatorda dalo-latchi, tashkilotchi, yordamchi jinoyat sodir
etishda ishtirok etadi) jinoyat sodir etishda birgalikda ishtirok etishnirig o'ziga xosligi shunda ko'rinadiki, faqat
ishtirokchigina Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida ko'rsatilgan jinoyatning obyektiv tomonini bevosita
bajaradi, boshqa ishtirokchilar esa jinoyatni bilvosita bajaradilar.
Ishtirokchilik to'satdan vujudga kelishi mumkin, bu ishtirokchilarning jinoiy harakatini amalga oshirish uchun
birlashishida ifodalanadi. Bezorilik, nomusga tegish jinoyatlari ko'pincha birgalikda sodir etiladi.
Ishtirokchilikning subyektiv mezoni ishtirokchilarning jinoiy harakatni amalga oshirishda o'zaro kelishganligi
bilan belgilanadi. Bu mezon asosida ishtirokchilik:
1) oldindan til biriktirilgan;
2) oldindan til biriktirilmagan ishtirokchiliklarga bo'linadi.
Oldindan til
biriktirilmagan ishtirokchilik, bevosita jinoyat sodir etish jarayonida yoki muayyan vaqt oralig'ida
(masalan, A. ismli shaxs odam o'lirish maqsadida B.ni ura boshlaydi, buni kuzatib lurgan V. ismli shaxs ham unga
qo'shilib B.ni uradi va odam o'ldirish jinoyati sodir etiladi), lekin jinoyat sodir etilgunga qadar til biriktirilmadi. Bunday
ishtirokchilikda til biriktirganlik darajasi minimal bo'lib, jinoyat obyektiv tomonini tashkil qiluvchi hara-katlar to'liq
yoki qisman amalga oshiriladi, ishtirokchilar o'z harakati orqali boshqasining harakatini to'ldiradi.
Oldindan kelishilgan ishtirokchilikda birgalikda jinoyat sodir etish haqida oldindan
til biriktirib, shuningdek,
jinoyat sodir etili-shidan oldinroq til biriktirgan holda jinoyat sodir etiladi. Ishti-rokchilikni kvalifikatsiya qilish uchun
bu kelishuvga erishilgandan so'ng qancha vaqt o'tganligi ahamiyatga ega emas.
1994-yilgi Jinoyat kodeksining 29-moddasida esa, jinoyatda ishtirokchilikning quyidagi shakllari belgilangan bo'lib,
bularga:
1) oddiy ishtirokchilik;
2) murakkab iishtirokchilik;
3) uyushgan guruh;
4) jinoiy uyushmalar kiradi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi
oddiy ishtirokchilik,
deb topiladi (Jinoyat kodeksining 29-moddasi, 2-qismi).
Ishtirokchilikning birinchi shaklida jinoyatning oldindan til biriktirmay sodir etilganligi uchun
ishtirokchilikning boshqa shaxslarga nisbatan ijtimoiy xavfliligi kamroq. Chunki ular birgalikda harakat qilsa-da,
uyushganlik belgisi yo'q, ammo jinoyat birgalikda sodir qilinganligi uchun ishtirokchilikning eng sodda shakliga
kiritilgan. Oddiy ishtirokchilikning ijtimoiy xavfliligi shundaki, bunda jinoiy harakat bir nechta shaxs tomonidan sodir
etilganligi uchun undan yetadigan zarar,
shubhasiz, bir kishi yetkazgan zararga nisbatan bo'ladi.
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi bir qancha moddalarida bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir qilishi
o'sha jinoyat uchun jazoni og'irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. Masalan, bir guruh shaxslar tomonidan
qasddan odam o'ldirish (97-moddaning 2-qismi, «p» bandi); bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og'ir shikast
yetkazish (104-moddaning 2-qismi, «k» bandi); qasddan badanga o'rtacha ogir shikast yetkazish (105-moddaning 2-
qismi, «p» bandi); nomusga tegish (118-moddaning 2-qismi, «v» bandi); jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy
usulda qondirish (119-moddaning 2-qismi, «v» bandi).
70
cheklangan bo'lsa, kvalifikatsiya qilinadigan holatlarni belgilashda, uni jinoiy guruh yoki jinoiy uyushma
sifatida talqin
qilinmaydi.
Qonunda jinoyat tarkibida kvalifikatsiya qilinuvchi holat sifatida bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir
etilishi ko'rsatilgan bo'lsa (Jinoyat kodeksining 97-moddaci, 2-qismi, «p» bandi; 104-moddaning 2-qismi, «k» bandi;
118-moddaning 2-qismi, «v» bandi) jinoiy javobgarlik uchun oldindan til biriktirganlik ahamiyatga ega bo'lmaydi. Bu
holatda jinoyat sodir etgan shaxs-larning harakti ushbu jinoyatni sodir etishga qaratilganligini aniqlash lozim. Agar bu
jinoyat ularning umumiy qasdidan tashqarida sodir etilgan bo'lsa, ushbu band bilan kvalifikatsiya qilinmasdan,
moddaning boshqa tegishli qismlari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi
uyushgan guruh, deb topiladi. Uyushgan guruh ishtirokchilikning oddiy va murakkab ishtirokchilikka nisbatan xavfliroq
bo'lgan shaklidir. Uyushgan guruhni xususiyatlovchi belgilardan biri - bu uning barqaror ekanligi. Bunda tashkilotchi
jinoiy rejani tuzadi, ishtirokchilar o'rtasida
vazifalarni taqsimlaydi, ular faoliyatini yo'naltiradi va guruhdagi tartibni
mustahkamlaydi. Uyushgan guruhda ikki yoki undan ortiq shaxs odatda bir nechta jinoyat qilish uchun birlashadi.
Uyushgan guruhning asosiy belgisi oldindan til biriktirish yoki oldindan jinoiy harakat bilan shug'ullanish uchun
uyushishi va guruh a'zolari orasida vazifalarning aniq taqsimlanishi, rejaning puxtaligi, texnik ta'minot va
barqarorlikdan iboratdir. Aynan barqarorlik ushbu guruhni boshqa guruhlardan ajratib turadi. Ular orasidagi barqarorlik
guruh rahbari guruh a'zolari bilan aloqa qiUb, ularning harakatini nazorat qilib, boshqarib turishida namoyon bo'ladi.
Sud-tergov amaliyotini o'rganish shuni ko'rsatmoqdaki, uyushgan guruh a'zolari orasida vazifalar aniq
tartibda
taqsimlanadi. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi qator moddalarida uyushgan guruhning jinoiy harakati o'sha
jinoyatni og'irlashtiruvchi holati sifatida ko'rsatilgan bo'lsa (masalan, 164-moddaning 4-qismi, «v», 166-moddaning 4-
qismi, «v» bandi, 176-moddaning 3-qismi, «b» bandi, 177-moddaning 3-qismi, «b» bandi va boshqalar), Jinoyat
kodeksining 56-moddasiga havola qilingan holda jazo tayinlanmaydi.
Uyushgan guruh faqat jinoiy faoliyat bilan shug'ullanish uchun tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: