O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Jinoyatda ishtirok etgan shaxslarning javobgarlik doirasi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
11.4. Jinoyatda ishtirok etgan shaxslarning javobgarlik doirasi
Jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksining 30-mod-dasida) jinoyatda ishtirok etganlik uchun 
javobgarlik doirasi belgilandi. Jinoyat kodeksining 30-moddasi, 1-qismiga ko'ra: «Tashkilotchi, dalolatchi va 
yordamchilar ham ushbu kodeks «Maxsus» qismining bajaravchini javobgarlikka tortish uchun belgilangan moddasi 
bo'yicha javobgarlikka tortiladilar». Bu umumiy qoida hisoblanadi. 
Qonunda jinoyat ishtirokchilari (tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi) bir tomondan va bajaravchi, ikkinchi 
tomondan bir-biri bilan bog'liqdir. Jinoiy natija umumiy va yagonadirki, jinoyat sodir qilishda har bir ishtirokchining 
o'ziga yarasha o'rni bor, ya'ni tashkilotchi — tashkillashtiradi, dalolatchi — qiziqtiradi, yordamchi — jinoyatning 
amalga oshirilishiga yordam beradi. 
Ishtirokchilarning sodir etilgan jinoyat uchun javobgarligi jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilariga asosan 
belgilanadi. Bunda obyektiv tomon ishtirokchilardan har birining javobgarligi «Umumiy» qism qoidalari (28-modda) va 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi normasiga asosan belgilanadi. 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat har doim qasddan sodir etilib, subyektiv tomondan ishtirokchilarning 
ijtimoiy xavfli xususiyatdagi oldindan ogohlantirilganligi, ularning birgalikdagi faoliyati, ruhiy tomoni esa, kuchlarni 
birlashtirish asosida jinoiy natijaga erishish yoki unga ongli ravishda yo'l qo'yilishida ifodalanadi. 
Ishtirokchilarning javobgarligi doirasini belgilash uchun jinoyat tarkibi elementlaridan tashqari, umumiy va 
maxsus shartlar ham bo'lishi kerak. Umumiy shartlar o'z ichiga ishtirokchilikning turini, shaklini to'g'ri belgilashni, 
ishtirokchilik shakli jinoyat tarkibining zaruriy belgisi ekanligini yoki uning jazoni og'irlashtiruvchi holat ekanligi 
kabilarni oladi. Jinoyat kodeksining 242-moddasi, 2-qis-mida ishtirokchilik asosiy belgi sifatida ko'riladi va qurolli 
jinoiy guruh tashkil etganlik, unga rahbarlik qilganlik va unda ishtirok etganlik uchun javobgarik belgilangan. 
Maxsus shartlar ishtirokchilarning javobgarligiga ta'sir qiluchi obyektiv va subyektiv belgilarga, shuningdek, 
ekssess bajaruv-chilik, bajaruvchining va boshqa ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishini o'zida 
ifodalaydi. 
Har bir jinoyat ishtirokchisi sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Unga nisbatan jazo 
tayinlashda sud jinoiy javobgarlikni jinoyatning og'irligi, ayb darajasi va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy 
xavfliligiga mos kelishini hisobga olishi lozim bo'ladi. Bu sud jazo tayinlashda sodir etilgan qilmishning ijtimoiy' 
xavfliligini, ish holatlari va aybdor shaxsini, jazoni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni hisobga olish 
kerakligini anglatadi. 
Agar sodir etilgan jinoyatning xavflilik darajasi barcha ishti-rokchilar uchun bir xil xususiyatga ega bo'lishi 
(ularning harakati «Maxsus» qismning ayni bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinganda), lekin ishtirokchilarning har 
birini ijtimoiy xavfliligi turlicha bo'lishi mumkin. Ular bir qator obyektiv va subyektiv holatlarga bog'liq bo'lib, 
shaxsning jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasi va xususiyatida namoyon bo'ladi. Ishtirokchi xususiyati ishtirok-
chilikda sodir etilgan jinoyatda aybdorlik vazifasini belgilaydi. 


72 
Tashkilotchi, yordamchi, dalolatchining harakatlari bajaruvchining harakati qaysi norma bilan kvalifikatsiya 
qilingan bo'lsa, o'sha norma bilan kvalifikatsiya qilinadi, aniqrog'i bajaruvchi tomonidan jinoyatning obyektiv tomoni 
qay darajada bajarilgani muhim rol o'ynaydi. Agar biron-bir sababga ko'ra bajaruvchi jinoyatni oxirigacha yetkaza 
olmagan bo'lsa, ishtirokchilarning harakatlari ham tugallanmagan jinoyat, deb kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Jinoyat ishtirokchisi qonunda belgilangan tartibda aybi isbot-langan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina 
javobgar bo'ladi (Jinoyat kodeksining 9-moddasi). 
Jinoyat sodir qilgan shaxsga jazo tayinlashda sud jazo tayin-lashning umumiy asoslariga rioya qiladi (Jinoyat 
kodeksining 54-moddasi). Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, 
qilmishning sababini, yetkazilgan zararninig xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni 
yengfflashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi (Jinoyat kodeksining 54-moddasi, 1-qismi). 
Ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasi ham-da jinoiy harakatlarning ijtimoiy xavflilik 
darajasi jazo tayinlashda hisobga olinadi. Sud jazo tayinlashda shaxsning sudlangan-sudlan-maganligini, giyohvandlik 
vositalari yoki alkogolli ichimliklarni iste'mol qilgan yoki qilmaganligini va boshqa holatlarni hisobga olishi zarur. 
Sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligini belgilashda aniq bir jinoyat sodir etilgan holatlardan kelib chiqish 
lozim (ayb shakli, jinoyat motivi, sodir etish bosqichi va boshqalar). Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining 
harakatlari bajaruvchining jinoyatni qaysi bosqichda to'xtatilganligiga qarab, ya'ni bajaruvchi jinoyatni oxiriga 
yetkazgan, suiqasd qilgan yoki tayyorgarlik ko'rishda to'xtatilganligiga qarab kvalifikatsiya qilinadi. 
Sud-tergov amahyotida jinoyatni faqat maxsus subyekt amalga oshirib, boshqa shaxslar jinoyat ishtirokchisi 
sifatida sodir etilganligi ham uchrab turadi. Bunda jinoyat ishtirokchi (tashkilotchi, dalo-latchi, yordamchi)larning 
jinoyatda ishtiroki darajasi aniqlanishi kerak. Jinoyatning subyekti faqat maxsus subyekt jinoyatlarda ishtirokchilar 
(tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi) maxsus subyekt sodir etgan jinoyatda faqat ishtirokchi sifatida kvalifikatsiya 
qilinadi. Masalan, onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirishida (99-mod-da) subyekt faqat ona bo'ladi, tashkilotchi, 
dalolatchi, yordamchi esa uning onasi, eri bo'lishi mumkin yoki 114-moddadagi jinoiy abortda subyekt akusher-
ginekolog bo'lib, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi har qanday shunga bog'liq shaxs bo'lishi mumkin. 
Jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan qilmish kvalifikatsiya qilinayotganida ishtirokchilikdagi 
bajaruvchilardan biri guruh tomonidan kelishilmagan boshqa jinoyatni sodir qilsa, unga baho berishda ayrim 
qiyinchiliklar vujudga keladi. Buni jinoyat huquqida 
ekssess bajaruvchi, 
deyiladi. Ekssess deganda, bajaruvchi 
tomonidan boshqa ishtirokchilarning jinoyatidan tashqari yana bir jinoyatning sodir qilinishi tushuniladi. «Boshqa 
ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo'ladi» (30-
moddaning 4-qismi). 
Agar bajaruvchi jinoyatni oxirigacha yetkazishdan bosh tortsa yoki o'ziga bogliq bo'lmagan holda bajara olmasa 
va harakatni sodir etsa, ishtirokchilarning harakatini kvalifikatsiya qilish qiyinlashadi. Bunday holda tashkilotchi, 
dalolatchi, yordamchi tashkilotchilik, dalolatchilik, yordamchilikka suiqasd qilganlik uchun javobgar bo'ladilar. Chunki 
barcha ishtirokchilar birgalikda kelishilgan jinoyat amalga oshmagan. Bajaruvchi ishtirokchilarning jinoiy niyatidan 
tashqari sodir etgan jinoyat uchun javobgar bo'ladi va bajaruv-chinivg qilmishi ekssess jinoyatidir. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish