‘zbekiston respublikasi L,1y va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Xandon pista (Фисташка настоящая,) - Pistacia vera L



Download 7,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/144
Sana16.12.2022
Hajmi7,98 Mb.
#888201
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   144
Bog'liq
O\'rmon dorivor o\'cnvlirlari. Berdiqulov E.T

18-rasm.
Xandon pista (Фисташка настоящая,) -
Pistacia vera L.
Xandon pista qadimdan xalq orasida turli kasalliklarni davolash­
da ishlatib kelinadi. Xandon pista mevasi bilan Abu Ali ibn Sino 
me’da, jigar va boshqa kasalliklarni davolagan. Bargidan tayyorlan-


gan qaynatmasi xalq tabobatida ich ketishni hamda turli kasalliklar- 
ni to ‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Mevasidan tayyorlangan damlamasi 
bilan m e’da va ichakning yuqumli kasalliklari, urug‘i damlamasi 
bilan o ‘pka sili va quvvatsizlik davolanadi. Xandon pista mevasi 
kuchli antioksidantlik xususiyatlariga ega.
Yuksak aylanf (Айлант высочайший) -
AHanthus aitissima (Mill.) Swing.
Aylant (sassiq daraxt) simarubadoshlar -
Simarubaceae
oila- 
siga mansub balandligi 30 metrga yetadigan daraxt. 0 ‘zbekistonga 
introduksiya qilingan. Barglari murakkab, toq patsimon, 15-20 ta 
barglaridan iborat, tuxumsimon, nashtarsimon shaklda. Mevalari
- o'rtasida bitta urug‘i bor qizg‘ish-sariq rangdagi qanotchali 
meva. May-iyulda gullaydi va avgustda-oktabrda mevalari yetiladi. 
Aylantning po‘stlog‘i tarkibida aylantin moddasi, lakton, simarubin, 
oksikumarin glikozidlari, saponinlar va kam miqdordagi alkaloidlar 
hamda 12% gacha oshlovchi moddalar uchraydi. Tabobatda daraxt 
barglari, po‘stlog‘i jarohatlam i tuzatishda, ichburug‘da, mevalari 
bavosil, anginada foydalaniladi. Aylant tanasi p o ‘stlog‘i kuchli bak- 
teritsidlik xususiyatiga ega.
Coxta kashtan (Конский каштан обыкновенный)-
Aesculus hippocastanum L.
Soxta kashtan Soxtakashtandoshlar — 
Hippocastanaceae
oilasi- 
ga mansub balandligi 30 m gacha yetadigan manzarali daraxt. Soxta 
kashtan turi 0 ‘zbekistonga introduksiya qilingan va shahar sharoit- 
larida gazga va issiqqa chidamli daraxt ekanligini k o ‘rsatdi. Bargi 
panjasimon yirik 5-7 tadan, o ‘rtadagisi katta, ikkita chetidagisi 
kichikroq, murakkab b o ‘lib, poyasi bilan shoxlarida uzun bandi yor- 
damida qarama-qarshi joylashadi. Bargchalari teskari tuxumsimon, 
o ‘tkir uchli, qo‘sharrasimon qirrali. Besh bo'lakli, oldin sarg‘ish, 
keyinroq qizg‘ish dog'li oq gullari tik o ‘suvchi ro‘vakka to ‘plangan. 
Mevasi - pishganda 3 ta chanog‘i bilan ochiladigan, bitta (ba’zan 
uchtagacha) urug‘li, dumaloq shaklli, yashil rangli tikanlar bilan qo- 
plangan ko‘sak hisoblanadi.


Nnxta kashtan may-iyun oylarida gullaydi, scntubr-oklabr oy- 
liln mevasi yetiladi. Vatani Bolqon yarim oroli, MDIIning Yevropa 
»|inmi o'rta va jariubiy hududlari hisoblanadi, Qrim, Kavkaz va 
M urka/iy Osiyoda manzarali daraxt sifatida k o ‘chalarda, isliroxat 
hog'larida keng o ‘stiriladi.

Download 7,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish