18-rasm.
Xandon pista (Фисташка настоящая,) -
Pistacia vera L.
Xandon pista qadimdan xalq orasida turli kasalliklarni davolash
da ishlatib kelinadi. Xandon pista mevasi bilan Abu Ali ibn Sino
me’da, jigar va boshqa kasalliklarni davolagan. Bargidan tayyorlan-
gan qaynatmasi xalq tabobatida ich ketishni hamda turli kasalliklar-
ni to ‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Mevasidan tayyorlangan damlamasi
bilan m e’da va ichakning yuqumli kasalliklari, urug‘i damlamasi
bilan o ‘pka sili va quvvatsizlik davolanadi. Xandon pista mevasi
kuchli antioksidantlik xususiyatlariga ega.
Yuksak aylanf (Айлант высочайший) -
AHanthus aitissima (Mill.) Swing.
Aylant (sassiq daraxt) simarubadoshlar -
Simarubaceae
oila-
siga mansub balandligi 30 metrga yetadigan daraxt. 0 ‘zbekistonga
introduksiya qilingan. Barglari murakkab, toq patsimon, 15-20 ta
barglaridan iborat, tuxumsimon, nashtarsimon shaklda. Mevalari
- o'rtasida bitta urug‘i bor qizg‘ish-sariq rangdagi qanotchali
meva. May-iyulda gullaydi va avgustda-oktabrda mevalari yetiladi.
Aylantning po‘stlog‘i tarkibida aylantin moddasi, lakton, simarubin,
oksikumarin glikozidlari, saponinlar va kam miqdordagi alkaloidlar
hamda 12% gacha oshlovchi moddalar uchraydi. Tabobatda daraxt
barglari, po‘stlog‘i jarohatlam i tuzatishda, ichburug‘da, mevalari
bavosil, anginada foydalaniladi. Aylant tanasi p o ‘stlog‘i kuchli bak-
teritsidlik xususiyatiga ega.
Coxta kashtan (Конский каштан обыкновенный)-
Aesculus hippocastanum L.
Soxta kashtan Soxtakashtandoshlar —
Hippocastanaceae
oilasi-
ga mansub balandligi 30 m gacha yetadigan manzarali daraxt. Soxta
kashtan turi 0 ‘zbekistonga introduksiya qilingan va shahar sharoit-
larida gazga va issiqqa chidamli daraxt ekanligini k o ‘rsatdi. Bargi
panjasimon yirik 5-7 tadan, o ‘rtadagisi katta, ikkita chetidagisi
kichikroq, murakkab b o ‘lib, poyasi bilan shoxlarida uzun bandi yor-
damida qarama-qarshi joylashadi. Bargchalari teskari tuxumsimon,
o ‘tkir uchli, qo‘sharrasimon qirrali. Besh bo'lakli, oldin sarg‘ish,
keyinroq qizg‘ish dog'li oq gullari tik o ‘suvchi ro‘vakka to ‘plangan.
Mevasi - pishganda 3 ta chanog‘i bilan ochiladigan, bitta (ba’zan
uchtagacha) urug‘li, dumaloq shaklli, yashil rangli tikanlar bilan qo-
plangan ko‘sak hisoblanadi.
Nnxta kashtan may-iyun oylarida gullaydi, scntubr-oklabr oy-
liln mevasi yetiladi. Vatani Bolqon yarim oroli, MDIIning Yevropa
»|inmi o'rta va jariubiy hududlari hisoblanadi, Qrim, Kavkaz va
M urka/iy Osiyoda manzarali daraxt sifatida k o ‘chalarda, isliroxat
hog'larida keng o ‘stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |