Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti Tarix



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana15.12.2022
Hajmi0,53 Mb.
#887817
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Oʻzbekiston tarixi mustaqil ishim 5-semestr PDF

maʼlum hudud, 
kasb-hunar 
(Turkiston pedagogik toʻgaragi; 
fotografiya
“Kavkazskaya” 
suratxonasi), 
taniqli shaxs ismi va muassasaning faoliyat yoʻnalishi
(Pushkin 
jamiyati yoki Maʼrifiy oʻqishlarni tashkil etuvchi va xalq taʼlimiga xizmat 
qiluvchi Pushkin nomidagi jamiyat), 
tashkilot egasining ismi, baʼzan esa ismi va 
tartib raqami 
(Berson bosmaxonasi; Birinchi xususiy bosmaxona yoki Ilin 
bosmaxonasi), 
davlatga yoki biror tashkilotga mansubligi 
(General-gubernator 
mahkamasi qoshidagi bosmaxona; “Yordam” musulmon xayriya jamiyati) bilan 
bogʻliq boʻlgan toponimlarga guruhlanadi. 
Diniy idoralarning nomlari.
Toshkentning Yangi shahar qismida 
yevropalik aholining oʻsishi bilan bogʻliq holda, diniy idoralar ham tashkil topgan. 
1867-yili diniy inshootlarning soni faqat 1 ta, 1890-yili – 2 ta, 1910-yili esa, 
ularning soni 12 taga yetgan (1910-yili pravoslav aholi 47306 kishini tashkil 
etgan). Shuningdek boshqa dindagilarga tegishli yana 6 ta ibodatxona, 
musulmonlarning 12 ta masjidi (1912-y.) ham boʻlgan. Xristian cherkovlari 


Turkiston yeparxiyasiga boʻysunib, unga oʻz faoliyati haqida hisobot berib turardi. 
Yeparxiya dastlab Verniy, keyinchalik Toshkent shahrida joylashgan edi. 
Yangi shaharda XX asr boshlarida jami 32 ta diniy idoralar boʻlib, ularning 
nomlari maʼnosiga koʻra maʼlum bir avliyo ismi, 
qaysi tashkilotga tegishliligi
(Harbiy gospital qoshidagi Avliyo Panteleymon cherkovi), 
qaysi din va oqimga 
mansubligi
(Rim-Katolik cherkovi), 
ibodatxonani qurdirgan yoki unga egalik 
qilgan shaxs ismi 
(Yusuf Davidovning xususiy sinagogi), 
joylashgan yeri 
(Yangi 
Shahrisabz koʻchasidagi masjid) bilan bogʻliq toponimlarga tasniflanadi 
XULOSA
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent shahri tarixiy toponimiyasining 
yoritilishi shaharning maʼmuriy holati, aholisi, tabiiy sharoiti, xoʻjaligi, madaniy 
taraqqiyoti, iqtisodiy aloqalari va tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki toponimlarning yuzaga kelishi tarixiy jarayonlar bilan chambarchas 
bogʻliq va ular shahar topografiyasida oʻz aksini topgan. Toponimlarni yigʻib, 
ularni roʻyxat qilish, tasniflash, tahlil etish, tarkibi va xususiyatlarini aniqlash 
maʼlum ilmiy xulosalar chiqarishga, shahar toponimiyasi va topografiyasiga oid 
maʼlumotlarga ega boʻlishga imkon yaratadi. 
Har qanday davlat yoki biror bir hududning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy tarixini oʻrganishda avvalo joy nomlari haqidagi maʼlumotlarni tahlil 
qilish talab etiladi. Bunday 
maʼlumotlar joyning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning, aholisining etnik tarkibi, joylashuvi, kasb-kori va boshqa 
jihatlarini oʻrganishda oʻzining oʻrniga ega hisoblanadi. 
Yuqoridagi mustaqil tadqiqot ishida XIX asrning ikkinchi yarmidan – XX 
asrning boshlaridagi Toshkent shahrining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
rivojlanishi, maʼmuriy birliklarining shakllanishi, ijtimoiy va xoʻjalik yurituvchi 
subʼektlarning shakllanishi va ular nomlarining maʼnosini chuqur yoritib berishga 
harakat qilindi. Asarni yozishda bir qator birlamchi va ikkilamchi manbalar va 
tarixiy adabiyotlardan foydalanildi. Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkent 


shahri bosib olingach shahar hayotida chuqur siyosiy-ijtimoiy oʻzgarishlar sodir 
boʻladi. Yangi ijtimoiy muassasalar, harbiy tashkilotlar va savdo-sotiq 
muassasalari paydo boʻlib, shaharning toponimiyasida oʻziga xos oʻzgarishlarni 
yasadi. 
Mustaqil tadqiqot ishi tahliliy tahlil metodi asosida, ilmiy holislik 
tamoyillari asosida va maʼlumotlarni bir-biriga solishtirib koʻrishning interaktiv 
usullaridan foydalangan holda ishlab chiqildi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish