maʼlum hudud,
kasb-hunar
(Turkiston pedagogik toʻgaragi;
fotografiya
“Kavkazskaya”
suratxonasi),
taniqli shaxs ismi va muassasaning faoliyat yoʻnalishi
(Pushkin
jamiyati yoki Maʼrifiy oʻqishlarni tashkil etuvchi va xalq taʼlimiga xizmat
qiluvchi Pushkin nomidagi jamiyat),
tashkilot egasining ismi, baʼzan esa ismi va
tartib raqami
(Berson bosmaxonasi; Birinchi xususiy bosmaxona yoki Ilin
bosmaxonasi),
davlatga yoki biror tashkilotga mansubligi
(General-gubernator
mahkamasi qoshidagi bosmaxona; “Yordam” musulmon xayriya jamiyati) bilan
bogʻliq boʻlgan toponimlarga guruhlanadi.
Diniy idoralarning nomlari.
Toshkentning Yangi shahar qismida
yevropalik aholining oʻsishi bilan bogʻliq holda, diniy idoralar ham tashkil topgan.
1867-yili diniy inshootlarning soni faqat 1 ta, 1890-yili – 2 ta, 1910-yili esa,
ularning soni 12 taga yetgan (1910-yili pravoslav aholi 47306 kishini tashkil
etgan). Shuningdek boshqa dindagilarga tegishli yana 6 ta ibodatxona,
musulmonlarning 12 ta masjidi (1912-y.) ham boʻlgan. Xristian cherkovlari
Turkiston yeparxiyasiga boʻysunib, unga oʻz faoliyati haqida hisobot berib turardi.
Yeparxiya dastlab Verniy, keyinchalik Toshkent shahrida joylashgan edi.
Yangi shaharda XX asr boshlarida jami 32 ta diniy idoralar boʻlib, ularning
nomlari maʼnosiga koʻra maʼlum bir avliyo ismi,
qaysi tashkilotga tegishliligi
(Harbiy gospital qoshidagi Avliyo Panteleymon cherkovi),
qaysi din va oqimga
mansubligi
(Rim-Katolik cherkovi),
ibodatxonani qurdirgan yoki unga egalik
qilgan shaxs ismi
(Yusuf Davidovning xususiy sinagogi),
joylashgan yeri
(Yangi
Shahrisabz koʻchasidagi masjid) bilan bogʻliq toponimlarga tasniflanadi
XULOSA
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent shahri tarixiy toponimiyasining
yoritilishi shaharning maʼmuriy holati, aholisi, tabiiy sharoiti, xoʻjaligi, madaniy
taraqqiyoti, iqtisodiy aloqalari va tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki toponimlarning yuzaga kelishi tarixiy jarayonlar bilan chambarchas
bogʻliq va ular shahar topografiyasida oʻz aksini topgan. Toponimlarni yigʻib,
ularni roʻyxat qilish, tasniflash, tahlil etish, tarkibi va xususiyatlarini aniqlash
maʼlum ilmiy xulosalar chiqarishga, shahar toponimiyasi va topografiyasiga oid
maʼlumotlarga ega boʻlishga imkon yaratadi.
Har qanday davlat yoki biror bir hududning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy tarixini oʻrganishda avvalo joy nomlari haqidagi maʼlumotlarni tahlil
qilish talab etiladi. Bunday
maʼlumotlar joyning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning, aholisining etnik tarkibi, joylashuvi, kasb-kori va boshqa
jihatlarini oʻrganishda oʻzining oʻrniga ega hisoblanadi.
Yuqoridagi mustaqil tadqiqot ishida XIX asrning ikkinchi yarmidan – XX
asrning boshlaridagi Toshkent shahrining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
rivojlanishi, maʼmuriy birliklarining shakllanishi, ijtimoiy va xoʻjalik yurituvchi
subʼektlarning shakllanishi va ular nomlarining maʼnosini chuqur yoritib berishga
harakat qilindi. Asarni yozishda bir qator birlamchi va ikkilamchi manbalar va
tarixiy adabiyotlardan foydalanildi. Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkent
shahri bosib olingach shahar hayotida chuqur siyosiy-ijtimoiy oʻzgarishlar sodir
boʻladi. Yangi ijtimoiy muassasalar, harbiy tashkilotlar va savdo-sotiq
muassasalari paydo boʻlib, shaharning toponimiyasida oʻziga xos oʻzgarishlarni
yasadi.
Mustaqil tadqiqot ishi tahliliy tahlil metodi asosida, ilmiy holislik
tamoyillari asosida va maʼlumotlarni bir-biriga solishtirib koʻrishning interaktiv
usullaridan foydalangan holda ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |