MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR MAVZULARI 195
Baholash Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy foyda 9 Tadbirkorlik sub’ekti bosh tashkilotning oddiy aktsiya egalariga tegishli foyda yoki zarar bo’yicha bir aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy foyda miqdorlarini va, agar taqdim etilsa, ushbu aktsiya egalariga tegishli davom ettiriladigan faoliyatlardan foyda yoki zararni hisoblashi lozim. 10 Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy foyda bosh tashkilotning oddiy aktsiya egalariga tegishli foyda yoki zararni (surat) davr mobaynida muomaladagi oddiy aktsiyalarning tortilgan o’rtacha miqdoriga (maxraj) nisbati orqali hisoblanishi lozim. 11 Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy foyda to’g’risidagi ma’lumotning maqsadi hisobot davri mobaynida bosh tashkilotning har bir oddiy aktsiyasining uning faoliyati natijasidagi ulushlarining hisobini ta’minlashdan iboratdir. Foyda 12 Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy foydani hisoblash maqsadida: (a) bosh tashkilotga tegishli davom ettiriladigan faoliyatdan foyda yoki zararga; va (b) bosh tashkilotga tegishli foyda yoki zararga nisbatan bosh tashkilotning oddiy aktsiya egalariga tegishli summalar (a) va (b) dagi summalarni imtiyozli dividendlarning soliqdan so’nggi summalariga, imtiyozli aktsiyalar hisob-kitobida yuzaga keladigan farqlarga va kapital sifatida tasniflangan imtiyozli aktsiyalarning boshqa shu kabi ta’sirlariga to’g’rilangan summalaridir. 13 Tegishli davrda tan olingan bosh tashkilotning oddiy aktsiya egalariga tegishli daromad va xarajatlarning barcha moddalari, jumladan, soliq xarajatlari va majburiyatlar sifatida tasniflangan imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar, bosh tashkilotning oddiy aktsiya egalariga tegishli davr uchun foyda va zararni aniqlashda e’tiborga olinadi (BHXS 1 ga qarang). 14 Foyda yoki zarardan chegiriladigan imtiyozli dividendlarning soliqdan so’nggi summasi quyidagilardir: (a) davr uchun e’lon qilingan nokumulyativ imtiyozli aktsiyalar bo’yicha har qanday imtiyozli dividendlarning soliqdan so’nggi miqdori; va (b) dividendlar e’lon qilingan yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar, davr uchun talab etilgan kumulyativ imtiyozli aktsiyalar bo’yicha imtiyozli dividendlarning soliqdan so’nggi summasi. Davr uchun imtiyozli dividendlar summasi o’tgan davrlar uchun joriy davrda to’langan yoki e’lon qilingan kumulyativ imtiyozli aktsiyalar bo’yicha har qanday imtiyozli dividendlar summasini o’z ichiga olmaydi. 15 Tadbirkorlik sub’ektining imtiyozli aktsiyalarni diskont bilan sotish xarajatlarini qoplashda dastlab past dividendni ta’minlaydigan imtiyozli aktsiyalar, yoki keyingi davrlarda investorlarning imtiyozli aktsiyalarni mukofot bilan sotib olish xarajatlarini qoplashda bozordan yuqori dividendni ta’minlaydigan imtiyozli aktsiyalar, ba’zida o’suvchi sur’atga ega imtiyozli aktsiyalar deb yuritiladi. O’suvchi sur’atga ega imtiyozli aktsiyalar bo’yicha har qanday dastlabki diskont yoki mukofot effektiv foiz usuli orqali taqsimlanmagan foydaga amortizatsiya qilinadi va bir aktsiyaga foydani hisoblash maqsadida imtiyozli dividend sifatida inobatga olinadi. 16 Imtiyozli aktsiyalar aktsiya egalariga tadbirkorlik sub’ektining tender taklifi asosida qayta sotib olinishi mumkin. Imtiyozli aktsiya egalariga to’langan qiymatni qoplashning haqqoniy qiymatini imtiyozli aktsiyalarning balans qiymatidan oshgan qismi imtiyozli