chekkalariga maxkamlanadigan plitalarning cheti, diametri 12 mm davriy profildagi
ikkita sterjen bilan armaturlanadi.
Maxkamlovchi polosalardagi kengayish va siqilish
choklari armaturalanmasdan
koplama choklarining davomi sifatida o‘rnatiladi. Koplama plitasi qalinligi va
barcha konstruktiv elementlar qalinligi loyihalash vaqtida xisoblanadi. Yo‘l toifasi
va xisoblangan xarakat intensivligiga bog‘liq ravishda koplama qalinligi 18— 24 sm
ga teng bo‘ladi.
Sementbeton qoplamalarning asoslari qoplamalarni stabil ishlashiga,
betonyotkizuvchi mashinalar komplektini o‘tqazishga, materiallar yuklangan yuk
mashinalarning yurishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Asoslar
xarakatlanuvchi yuk va
koplama plitasi korableniyasi natijasida yo‘l poyi Gruntga beradigan bosimni
kamaytiradi.
Tayyorlangan asoslarga yo‘l plitalarini yotqizish - yigma qoplamalarni
qurishdagi montaj ishlarida muxim bosqich xisoblanadi. Tayyor koplamaning
transport sifati ko‘p xollarda yotqizish sifatiga bog‘liq bo‘ladi,
birinchi navbatda
uning tekisligiga.
Plitalarni yotqizish ishlari texnologiyasiga quyidagi asosiy talablar quyiladi:
yotqizish natijasida koplama yuzasi talab kilingan qiyalikda va tekislikda bo‘lishi
kerak; xar bitta plita o‘zining pastki yuzasi bilan asosga tayanishi kerak; yotqizish
jarayonida ko‘shni plitalar va loyihadagi choklar eni ulash qurilmasiga to‘g‘ri
joylashishi ta’minlangan bo‘lishi kerak. Plitalar qumning sement bilan quruq
aralashmasiga 1:10 nisbatda yoki sementqumli suvli aralashmadan kilingan
tekislovchi qatlamga joylashtirilishi mumkin. Plitalarni qumli asoslarga bevosita
yotqizishda uning zichligi standart bo‘yicha 0,98 - 1, namligi optimal qiymatdan
oshmasligi kerak.
Ko‘p xollarda plitalarni yotqizish o‘zi yurar
strelkali kranlar yordamida
amalga oshiriladi. Kranlarni tanlash ishlab chiqarish quvvati va strelani chiqishi
bo‘yicha amalga oshiriladi. Kranning yuk ko‘tarish kobiliyati bitta plitaning
massasiga ozgina zaxirasi bilan (20-40%) mos kelishi kerak.
Plitalarni montaj qilish jarayonida avtomobil kranlari odatda koplamaning
yotkizilgan qismida joylashtiriladi(99 rasm).
Avtomobil kranlari va pnevmoxodli kranlardan foydalanib
plitalarni yotkdzish
texnologiyasining ikki turi mavjud:, “ g‘ildirakdan” yoki yo‘l chekkasida joylashgan
shtabeldan .
Ko‘ndalang choklar sonini kamaytirish uchun plitalarni yo‘l o‘qi buylab katta
tomoni bilan yotkiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: