Beton qorishmasini tayyorlash va tashish
Beton qorishmasini tayyorlash zavoddan beton yotqizilayotgan joyga tashish
vaqtini hisobga olgan holda, talab qilingan hajmdagi havoni o‘zlashtirishni
ta’minlash lozim. Mayda zarrali beton qorishmalarini faqat majburiy
harakatlanadigan doimiy yoki to‘xtab-to‘xtab ishlaydigan beton qorishtirgichlarda
tayyorlanadi. To‘xtab-to‘xtab ishlaydigan beton qorishtirgichlar qo‘llanilganda
beton qorishmasini aralashtirish vaqti 60 soniyadan kam bo‘lmasligi va sinov yo‘li
bilan aniqlik kiritish lozim.. Beton qorishmasi materiallar ko‘rinishi va zarralariga
qarab boshqa-boshqa me’yorlanib o‘lchanishi kerak. Havo harorati 20
0
S dan 30
0
S
gacha bo‘lganda beton qorishmasini tashishi vaqti 30 minutdan, harorat 20
0
Sdan
past bo‘lganda esa 60 minutdan oshmasligi kerak. Tashish jarayonida qorishmani
yog‘adigan qor va yomg‘irda (yog‘ingarchiliqdan) va va namlikda bug‘lanishdan
himoyalash lozim.
To‘kiilgandan so‘ng tezda beton tashuvchilar va
avtosamosvallar kuzovlari tozalab suv bilan yuvilishi lozim.
Monolit qoplamalar va asoslar qurish.
Qoplamalarni qurishda sirg‘aluvchi qoliplarda yuruvchi mashinalar komplekti
qo‘llanilganda va eni 3,75m bo‘lgan qo‘shiluvchi tasma qurishda yotqizish kengligi
7,5 m bo‘lgan beton yotqizuvchi mashinalardan foydalanishga ruhsat etiladi, bunda
yotqizuvchi uskunaning yarmi ishlatilib ikkinchi yarmi ishlatilmaydi. Qishloq
xo‘jalik korxonalarining ichki xo‘jalik yo‘llarini va sanoat korxonalarining ichki
yo‘llarining asos va qatlamlarini kichik mexanizatsiya yordamida qurish mumkin.
Asoslar yuzining shunday kenglikda toza tekislash kerakki, bunda beton yotqizuvchi
mashina yurish qismining harakatini ta’minlash lozim.
Qoplamalarni qurish rels qolipda yuruvchilarda bajarilsa, asos yoki
tekislovchi qatlamni tekislash qoplama kengligida relsqolip o‘rnatilgandan so‘ng
bajariladi. Mashinalarning avtomatik ravishda vertikal belgilarni tayinlangan
holatda ishlatishini ta’minlovchi ishchi organlari odatda ikki tortilgan sim asosida
ishlashi kerak. Tortilgan simlarning vertikal belgilardan o‘zgaruvchan farqi 3 mm
dan oshmasligi kerak. Birinchi
darajali
sement
bilan
mustahkamlangan
asoslardan foydalanilsa bitta tortilgan simdan foydalanishga ruhsat etiladi.
Agar betonlash yon tomondagi qatorda bajarilsa, beton yotqizuvchi mashina
ishchi qismining bir tomoni ilgari yotqizilgan qator ustida yurgan holatda,
yotqizilgan qator tomondan sim tortilmaydi. Tortilgan simlarni bir birining orasidagi
masofa to‘g‘ri qismda 15 m dan, uzun bo‘lmagan egrilar va viraj qismlarda 4-6 m
masofoda tayanchlarga o‘rnatilgan kronshteynlarga ilib mahkamlanadi. Rels
qoliplarni, betonlanadigan qatorning har ikki tomonidan eni 0,5 m dan kam
bo‘lmagan va tekislangan asos ustiga (chaqqiq toshdan, shag‘aldan, yoki
bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan gruntlardan) yoki shuning uchun
kengaytirilgan qoplamaning asosiga o‘rnatiladi; beton yotqizuvchi ma-shina beton
yotqizayotgan paytida asos cho‘kishi mumkin emas. Buning uchun o‘rnatilgan rels
qolip usti komplekti og‘ir mashinani yurgizib tekshiriladi.
Relsqoliplarning ichki tomoniga beton yotqizishdan oldin ishlatilgan moy
surish lozim. Relsqoliplarni betonlash tugashidan so‘ng ajratishga ruhsat etiladi.
Relsqoliplarni betondan ajratishda, betonning qirralari va yonboshlariga zarar
keltirmaydigan uskunalar qo‘llash lozim. Armatura, qistirmalar va deformatsiya
choklarini qoziqlarini o‘rnatishni, relsqoliplar o‘rnatilib, asoslarni yakuniy zichlash
va tekislangandan so‘ng bajarish lozim.
Beton qorishmasini tarqatuvchi yordamida zichlashishidagi cho‘kishni hisobga olib
taqsimlash lozim, uning kattaligini qoplama qalinligiga va qorishmaning yaxshi
joylashshishi nazarda tutgan holda sinov betonlash bilan aniqlanadi. Agar beton
qorishma asos ustiga tushirilgan bo‘lsa, uni taqsimlashni beton yotqizuvchi mashina
bilan ham bajarish mumkin. Sirg‘aluvchi qolip sifatida, universal sirg‘aluvchi
qoliplar qo‘llash mumkin. Beton yotqizuvchi mashina o‘tgandan so‘ng qoplama
yuzasida hosil bo‘lgan mayda kamchiliqlar va nazarga ilinmaydigan notekisliklarni
quvurlik yakunlovchi yordamida tuzatiladi. YAkunlovchining quvurini qug‘irish
usuli orqali mayda zarralik suv sepish yordamida engil ho‘llaniladi.
Qoplamaga yotqizilgan betonni zichlash va pardozlashni shunday bajarish
kerakki, unda beton pardozlovchi mashinaning titrovchisi ishlayotgan vaqtda
to‘xtashining oldini olish lozim. Beton qoplamasi yuzasini g‘adir-budurligini yangi
yotqizilgan beton ustiga qop materiallar yopish, cho‘tkalar va gardish yurgizish
orqali bajariladi.
“Qum dog‘i” usuli bilan aniqlanadigan g‘adir-budirlikning o‘rtacha o‘yilish
chuqurligi, g‘ildirakning qoplama bilan ilashishi talab qilingan o‘lcham
koffitsientiga qarab 0,5-1,5 mm bo‘lishi shart. Ishlov berilgan qop-lama yuza
ko‘rinishi bir tekisda bo‘lishi lozim. Harakat oqimini kengaytirish yo‘laklarida
(burilishlarda, tutashmalarda va hokazo) maydonchalarda, asosiy yo‘lga
qo‘shilishlardagi qopla-malarni maxsus uskunalar yordamida quriladi. Beton
qorishmalarni kichik mexanizmlar yordamida to‘g‘ri uzuluksiz tasmasimon etib, 5-
10 cm bir-birini yopib zichlanadi. Ikki qatlam beton qoplamalarnini rels qoliplarda
yuruvchi mashinalar komplekti bilan, odatda ikki beton tarqatuvchilar yordamida
quriladi. Ikki qatlamli qoplama qurish ishlarini shunday tashqil etish kerakki, unda
qorishmani bir maromda yotqizish va betonnning monolitligini ta’minlash lozim
bo‘lsin. Quyi qatlam va ustki qatlamni yotqizish orasidagi tanaffus vaqti havo
harorati 5-20
0
S 1 soatdan ko‘p bo‘lmaydi; harorat 20-25
0
S da 45 minutdan ko‘p
bqlmaydi; va harorat 25-30
0
S 30 minutdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Betonga qarov
ishlarida parda yaratuvchi materiallar qo‘llaniladi, ularni beton yuzasiga bir m
2
ga
kamida 400g, havo harorati 25
0
S gacha, havo harorati 25
0
va yuqori bo‘lsa, bir
m
2
ga600g ikki qavatlikni odatda 25-30 minut farqi bilan sepiladi. Parda yaratuvchi
materiallarni changsimon qilib ko‘p naychalik tarqatuvchilar bilan bir tekisda beton
taxtaning hamma ochiq yuzasiga (yon tomonlarini qo‘shib) qoplamaga ishlov berish
tugashi bilan sepiladi. Parda yaratuvchi materiallarni sepish ba’zi sabablarga ko‘ra
kechiqqanda, yangi yotqizilgan beton yuzasini qurishdan saqlash uchun, odatda
turg‘unlovchi moddalar sepib namlikni bug‘alanishdan saqlanadi. Buning uchun
turg‘unlovchi markasi DSSH 1m
2
ga 5-10 gr sepiladi. Nam, qop tiqiladigan
matolardan foydalansa ham bo‘ladi. Mabodo yog‘ingarchiliq bo‘lgan taqdirda suv
bug‘lanish o‘tkazmaydigan materiallardan foydalaniladi.
Agar parda yaratuvchi va parda materiallar bo‘lmagan taqdirda, qalinligi 4-6
cm bo‘lgan ho‘l qum qatlam uni har doim namlab turib betonga parvarish qilinadi.
YAngi yotqizilgan betonni parvarishlash, uning loyiha-dagi mustahkamligini
olguncha, lekin 28 sutkadan kam bo‘lmasligi kerak. Sutka davomida o‘rtacha
harorat 25
0
S va undan yuqori bo‘lsa, odmi parda yaratuvchi materiallar sepilgandan
so‘ng qotishi zamon uning yuzini alyumin pudrasi yoki ohak eritmasi bilan ochiq
rangga kiritiladi. Odmi parda yuzani ochiq rang qilmasa 4-6 cm qalinlikda qum
(supes) sepish mumkin.
Deformatsiya choklarning o‘yiqlarini olmos chambaraklari bilan, siqilishga
qarshiligi 8,0-10,0 MPa atrofida qotgan betonda cho‘ziluvchi chok o‘yiqlarini
kombinatsiya usuli bilan, siqilishga o‘yiqlarini yasashga ruhsat etiladi: yangi
yotqizilgan beton ichiga elastik qistirma o‘rnatib, uning ustini o‘yishni qotgan
betonda bajarish bilan. Yig‘ilgan holatda cho‘ziluvchi chok elementlarini (korki,
taxta qistirgich, shtorlar) betonlashdan oldin mustahkam qilib qoziqlar bilan asosga
loyihada ko‘rsatilgan holatda o‘rnatiladi.
Taxta qistirmani 60
0
burchakda, yuqori qismi qoplamaning yuzasiga 10-12
mm etmasdan o‘rnatiladi: plat shtorlarni taxta qistirmada qurilayotgan qoplama-ning
yuzasiga va betonlashtirilayotgan tasma o‘qiga parallel etib o‘rnatiladi. Taxta
qistirmalarni loyihada ko‘rsatgandek o‘rnatishdan oldin uni 24 soat suvda ivitish
yoki hamma tomonidan suyuqlantirilgan bitum, bitum emulsiya, mineral moylar va
boshqa materiallar bilan ishlov beriladi. Qoziqlarning bir tomoniga boshidan
o‘rtasiga isitilgan bitum suriladi. Qoplamalarni sirg‘aluvchi qoliplarda beton
qorishmani tarqatuvchini qo‘llab qurilganda, taxta qisqartirmalarni har ikki
tomondan taxminan 15 cm uzunlikda beton tarqatuv-chini o‘tishini tashqil qilish
uchun qirqiladi, so‘ng beton yotqizuvchi o‘tgandan so‘ng qo‘lda tiklanadi. Beton
tarqatuvchidan foydalanilmagan taqdirda qistirmani ikki tomonidan taxminan 2-3
cm dan qirqiladi.
Qoplamalarni betonlashni rels qoliplarda bajarilsa, rels qolip bilan taxta
qistirma uchi orasidagi bo‘shliq 5 mm dan oshmasligi lozim.
Betonlash uslublaridan qat’iy nazar qoplama o‘qidagi qistirmalarning uchi
orasida bo‘shliq bo‘lmasligi lozim.
O‘ymalarning kengligini o‘rnatilgan taxta qalinligidan 3-5 mm kengroq etib
kesiladi. CHo‘ziluvchi chokda o‘yma yangi yotqizilgan betonda asosan zavodda
tayyorlangan rezina andozalar yordamida bajariladi. Ko‘ndalang siqilish
choklaridagi shtorlarni loyihadagidek beton yotqizishdan oldin moslamalar
yordamida ushlash yoki yangi yotqizilgan betonda titrovchi yordamida cho‘ktirib
o‘rnatiladi. CHoklarda o‘ymalarni kesish vaqtini, betonning mustahkamligi haqida
ma’lumotlar, 12.28 va 12.33. banda talablariga asosan va sinov kesish yordamida
aniqlanadi. Bunda choklarning chekkalari edirilishi 2-3 mm oshmasligi lozim.
Qisilish choklarining bir tekisda ishlashini ta’minlash uchun, ularni
qoldirishdan navbatma-navbat (navbat bilan betonlash tasmasiga) kesish lozim.
Sutka davomida havoning harorati farqi 12
0
S dan past bo‘lganda qopla-madagi
ko‘ndalang siqilish choklarining o‘ymalari odatdagidek bir kun davomida
bajariladi. Agar betonning mustahkamligi talab etilgan ko‘rsatgichga etmagan
taqdirda, unda choklardagi o‘ymalar ertasi kuni kesiladi, lekin odatda erta soat 9 dan
so‘ng va 24 soatdan kechiktirmasdan.
CHok qirralarining talab darajasidan ko‘p maydalanish sababli choklarini har
uch-to‘rt plitadan so‘ng ikki marta kesish uslubi bilan bajarish tavsiya etiladi:
betonning mustahkamligi 5,0-7,0 MPa atrofida bo‘lganda bitta olmos chambarak
bilan ensiz chok kesish va betonning siqilishdagi 10 MPa mustahkam bo‘lgandan
so‘ng chokning yuqori qismini loyiha o‘lchovlariga teng etib kesish. Ikki martalik
uslub bilan sinov chokni bajarish iloji bo‘lmaganda va qoplamada darz ketishlar
kuzatilganda, sinov choklarni kombinatsiya uslubi bilan bajariladi.
Sutkadagi havo-haroratining farqi 12
0
S va katta bo‘lmagan taqdirda,
qoplamadan ko‘ndalang siqiluvchan choklardagi o‘ymalarni soat 13-14 gacha
yotqizilgan betonda shu sutka ichida bajarish lozim. Kunning ikkinchi yarmida
yotqizilgan qoplamada darz ketishlarni oldini olish maqsadida har ikki-uch plitaadan
so‘ng ko‘ndalang sinov choklari kombinatsiya uslubi bilan (12.28 band) kesiladi,
bo‘lajak oraliqdagi choklarni kesishni qotgan betonda bajariladi. Sinov choklarni
ikki martali usul bilan bajarish mumkin.
Kombinatsiya uslubi bilan ko‘ndalang choklarni yasagan betonga elastik tasma
(qistirma) 0,2-3,0 mm qalinlikda o‘rnatiladi, so‘ngra uning ustidan qotgan betonda
chok o‘ymasi kesiladi. Elastik qistirma sifatida polietilen parda va shunga o‘xshash
boshqa materiallardan foydalanish mumkin, ular beton qoplamasi yuzasiga pardoz
berilgandan so‘ng joylash-tiriladi. Tasma o‘rnatishga ruhsat etilmaydi. Tasma
qoplamaning kamida ¼ qalinligida joylashtiriladi va qoplama yuzasidan 0,5-1,0 cm
chiqib turishi lozim.
Ish smenasi tugaganda va ishda majburiy to‘xtashlar bo‘lsa, ko‘ndalang ish
choklari o‘rnatiladi, ular qoidadagidek oddiy qalam yordamida ko‘chiruvchi chok
singari. Qoplamani yotqizishni ish chokidan boshlashda qoplip olingandan so‘ng va
taxtaning uch tomonini suyuqlashtirilgan bitum yoki parda yaratuvchi materiallar
bilan ishlov berilgandan so‘ng boshlanadi. Mabodo shu erda (loyiha bo‘yicha)
cho‘ziluvchan chok o‘rnatish to‘g‘ri kelib qolsa, bunda uni ish chokidan oldin bitta
taxta oralig‘ida yoki undan so‘ng qurish boshlanganda bajariladi. Qirralari
maydalanuvchi choklarda shtirlarni joylashtirishni va mahkamlashni asosan
betonlashdan oldin asosga o‘rnatiladi. SHtirlarni zichlangan betonga titrovchilar
yoki boshqa usullar bilan bostirishga ruhsat etiladi, bunda shtirlarni loyihadagi joyi
va qoplamadagi betonning sifatini saqlash yo‘li bilan bajariladi. Bo‘ylama siqilish
choklarga shtirlarni joylashtirishni beton qorishmasiga cho‘ktirish yo‘li bilan
bajariladi. Bo‘ylama siqilish choklardagi o‘ymalarni, odatda 12.28. band talabiga
asosan qotgan betonda kesish ma’qulroqdir.
Ruhsat etilgan deformatsiya choklarini to‘lg‘i-zuvchi germetizatsiyalashti-
ruvchi materiallar va bitum asosida tayyorlanganlarni qo‘llashdan oldin 150-180
o
S
haroratgacha
qizdiriladi.
Deformatsiya
chok-larini
to‘lg‘azishdan oldin
quyidagilarni bajarish zarur: o‘ymalarni kesilgandan so‘ng shlamlarni suv bilan
to‘la chiqarib tashalanadi va quritiladi;
- choklaning o‘ymalarini tozalanadi va siqiq havo bilan tozalanadi (changsiz-
lantiradi);
- yuzadan chok atrofida qum va toshlardan tozalanadi.
Defarmatsiya chok-larni bitum asosida tayyorlangan mastika bilan to‘lg‘azish
ishlarini quyidagi navbatlik bilan bajariladi:
- chokning o‘ymasi tagida paxtadan tayyorlangan yo‘g‘on sim yotqiziladi;
- chok o‘ymasining yonbosh-lari eritilgan bitum bilan ishlanadi;
- chok o‘ymasi ustida ortiqcha mastika moslama bilan olinadi;
- olingan ortiqcha masti-kani qaytadan ishlatish uchun choklarni to‘lg‘azish
uchun isitilayotgan mastika qo‘shiladi.
CHoklarni germeti-zatsiya qiluvchi materiallar bilan to‘lg‘izishni, ularni
tayyorlangan zahoti bajariladi. Qurilishdagi transport harakatini faqat choklar
to‘lg‘azilgandan so‘ng ruhsat etiladi. Armaturalangan mo-nolit beton qoplamalari
qu-rishda, betonni qorishma-sini tarqatish va zichlashni, hamda qoplama yuzini
pardozlashni monolit beton qoplamalar qurigandek, 12.14-12.23. bandda
ko‘rsatilgan uslubda bajariladi. Armaturalashtiril-gan beton qoplamalarini qurishda
armatura to‘rlarini o‘rnatish uslubi, betonlashtirish jarayonida uning loyiha
ko‘rsatkichlaridan turishini ta’minlashi zarur.
Armaturalashtirilgan beton qoplamalarini sirg‘aluvchi qoliplarda qurilsa,
diametri 8 cm gacha bo‘lgan turdagi ish armaturani loyihada ko‘rsatigan joyiga,
ko‘pincha betonlash jarayonida titragichlar yordamida joylashtiriladi. Diametri 8 m
dan katta bo‘lgan armatua setkalarni loyihada ko‘rsatilgan joyda beton yotqizishdan
oldin, asosga mahkamlab o‘rnatiladi.. Rels qoliplarda armaturalik to‘rni avval
tarqatilgan betonning qorishmasining pastki qatlam yuzasiga yotqiziladi. Bu
sharoitda beton qorishmasini tarqatishni qoidadagidek ikkita beton tarqatuvchilar
bilan bajariladi. Hajmi katta bo‘lmaganda, bitta tarqatuvchi qo‘llasa ham bo‘ladi.
Armaturalashtirilgan qoplamalarni sirg‘aluvchi qoliplarda qurilganda,
chuqurlik titragichining pastki qismi bilan armatura tepasining orasidagi masofa 5
cm dan kam bo‘lmasligi lozim. Asoslarni katoklar bilan zichlash usullik qattiq
beton qorishmalaridan qurilganda, beton qorishmalarini tarqatish va zichlashni
loyihada qabul qilingan asos qalinligi 20 cm va undan kam bo‘lsa 2 qatlam etib
bajariladi. Qorishmani tarqa-tishni asosni tekislovchi yoki beton qorishma
tarqatuvchi bilan ham tarqatish relsqolipsiz tarqatilsa, bunda beton qorishmani
loyihada ko‘rsatilgan kenglikdan kegroq qilib har ikki tomonda 25 cm oshirib
tarqatiladi. Qattiq beton qorishmasini zichligi hisob-langan 0,98 dan kam
bo‘lmagan zichlik koeffitsientiga yotqizishni titrovchi katok-lar yordamida
bajariladi.
Boshlang‘ich engil zichlash va yakunlovchi zichlash uchun havo bosimli,
shinalik katoklar bilan bir komp-lektda jo‘vasimon g‘ildi-rakli massasi 6-8 tn.li
ruhsat etiladi, shu qatorda titrovchi to‘siqlar bilan jihozlangan mashinalar ham
foydalanish, massasini 6-8 tn.li katoklar bilan yakuniy zichlash mumkin. Bu
sharoitda qarshiligi 20 cm va undan katta bo‘lgan asoslarni ikki qatlam qilib zichlash
va bu shuni bir smenada bajaishni tavsiya qilingan. Qattiq beton qorishmalaridan
qurilgan asoslarni parvarishlashni faqat, ishlab chiqarishda asos va qoplama qurish
asosida uzilish bo‘lgan taqdirdagina bajariladi. Betonni parvarishlashda parda
yaratuvchi odmi rangli (bitum emul-siyasi va boshqa) materiallardan foydalanilsa,
uni ochiq rangli qilish yoki ustiga qum sepish bajarilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |