1-mavzu. Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish. Reja



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana14.12.2022
Hajmi0,95 Mb.
#885589
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
12.doc

Yo‘l jihozlarini o‘rnatish 
Yo‘l belgilarini o‘rnatish, qatnov qismi chiziqlarini chizish, to‘siqlar, 
yo‘naltiruvchi qurilmalar, svetofor va yo‘l xarakatini avtomatik ravishda boshqarish 
uskunalarni o‘rnatish ishlari yo‘l poyida, yo‘l yoqasida, qiyaliklarda tekislash va 
mustahkamlash, hamda to‘kma bermalar qurish ishlarini bajarib bo‘lgandan so‘ng 


amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘l-larini jihozlash ishlari: yoritishni ta’minlash,
ko‘kalamzorlashtirish, yo‘llardan foydalanish hizmati binolari va inshootlarini 
(avtobus bekatlari va pavilionlar, avtostansiya va avtovokzallar), avtoservis 
xizmati kompleks (motellar, kempinglar, istirohat may-donchalari, yuvish 
shoxobchalari, ta’mirlashda kuzatuv chuqurlari va estakadalar, avtoyonilg‘i quyish
shoxobchalari, texnik xizmat stansiyalari, avariya xizmati aloqa qurilmalari)lari, 
ovqatlanish va savdo shoxobchalari, yo‘l qurilish montaj ishlari jarayonida SHNQ 
2.05.02 talablariga binoan ishlarning kalendar jadvaliga binoan bajariladi.
Yo‘l belgilari, to‘siqlar, yo‘naltiruvchi ustunchalar, svetoforlarni o‘rnatish, 
qatnov qismi chiziqlarini chizish ishlarini joyiga bog‘lash rejalash ishlari 
bajarilgandan so‘ng boshlash lozim. Yo‘l belgilari o‘rna-tiladigan ustunlar, 
temirbeton to‘siq ustunlar va ogohlantiruvchi ustunchalar uchun qaziladigan 
chuqurlarning chuqurligi loyihada ko‘rsatilganidan 3.0 cm dan kam bo‘lishi kerak. 
Po‘lat shvellerlar №10 va №12 o‘rnatilgan to‘siqlar ustunlari yoki po‘latdan yoki 
po‘latdan egma profillik to‘siq ustunlari uchun loyihadagidan 20 cm kichik bo‘lishi 
kerak. GOST 25458 talablariga javob beruvchi ustundagi yo‘l belgilarini o‘rnatishni 
ustun bilan birga GOST 23437 talablaridek o‘rnatiladi. Qurilishdagi xavfsizlikni 
taminlash maqsadida zarbdan himoyalovchi temir beton ustunlar qo‘lanilganda, 
asbestsement quvo‘rning(pastdan) muftadan yuqori qismi o‘rnatilgan ustun 
turadigan joy yo‘l yuzasidan 85 cm dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Bunda tayanch 
ustunning yo‘l yuzasidan ba-landligi 2,5 m dan ko‘p bo‘lmasligi shart. 
Mabodo qurilishdagi havfsizlikni taminlash maqsadida yog‘och tayanch 
qo‘llanilsa, undagi ustunlar o‘qidagi teshiklar belgi tunukasidagiga parallel bo‘lishi 
shart va pastki teshikning markazi, tayanch o‘rnatilgan joy yo‘l yuzasi sathidan 135 
cm dan ko‘p bo‘lmasligi shart. To‘siqlarni №10 va №12 po‘lat shvellerlar yoki 
teng mustahkamlikdagi po‘lat profillar qo‘llanilgan holda qurilganda, ularni 
oldindan ustun va konsollari bilan seksiya holatda tayyorlab olish tavsiya qilinadi. 
YOnma-yon to‘siqlarning seksiyalarini GOST 7802 ga asosan birini ikkinchisi 
ustiga chiqarib sakkizta 16x45 bolt bilan maxkamlanadi. Yo‘l chiziqlarining o‘lchov 
va materiallari GOST 13508 talabiga javob berishni lozim, qoplama yuziga 
tushirishni esa GOST 23457 ga muvofiq bajariladi. Gorizontal chiziq-larni faqat 
yuvilgan, supirilgan va quruq qoplama yuzasiga harorati 15
o
Sdan past bo‘lmaganda
nitrobo‘yoqlardan va 10
o
S past bo‘lmaganda esa termoplatsik materiallardan 
foydalanib chiziladi, bunda havoning nisbiy namligi 85% dan oshmasligi lozim. 
Qoplama yuzasining haro-rati 10
o
S dan past bo‘lganda, termoplastik 
materiallarda chiziqlarni tushirish uchun, qoplama yuzasi infraqizil nurli gorelkalar 
bilan kamida 15
o
S gacha qizdirib olinadi. YUmshagan qoplamali yuzalarga, moy, 
bitum yoki yoriq va choklarni to‘lg‘izish uchun quyilgan mastikali dog‘lar bo‘lgan 
joylarda yo‘l chiziqlarini tushirishga ruhsat etiladi. Termoplastik materiallardan 
tushirilgan chiziqlar rangi sifatining yomonlashuvining oldini olish maqsadida
quyidagilar ruxat etilmaydi: 
- tayyorlangan termoplastik materiallar to‘la tugagunicha yo‘l chizig‘i 
chizuvchi maxsus avtomashinaning to‘xtashi; 
- sarflovchi idish bo‘shagandan so‘ng isitgichlarni yoqib qo‘yilishi. 


Nitrobo‘yoq bilan gorizontal chiziqlar tushirilgan qatnov qismida 
harakatlanishga kamida 15 min o‘tgandan so‘ng, termoplastik materiallar bilan 
chiziqlar tushirilgan qismlarda esa kamida 30 minut o‘tgandan so‘nggina ruhsat 
etiladi. Yo‘l to‘siqlarining va yo‘naltiruvchi qurilmalarning elementlari va 
tuzilishlari GOST 26804, ularni o‘rnatish esa GOST 23457 talablariga javob berish 
lozim. Yo‘l svetoforlarining turi va guruhlarining yasalishi, ularning ko‘rinishi va 
signallari GOST 25695 talabiga to‘g‘ri kelishi kerak. O‘rnatish joylarni GOST 
23457 bo‘yicha aniqlanadi. YOritgichlar, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yo‘llardan 
foydalanish xizmati kompleks bino va inshootlarini, avtotransport xizmati bino va 
inshootlarini, avtoservis kompleks qurilmalari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, 
yo‘l harakatini nazorat etuvchi yo‘ldagi qurilmalarni qurish ishlari SHNQ 2.05.02 
talablariga muvofiq bajariladi. Yo‘lni jihozlash-dagi elementlar o‘rnatishda asosiy 
o‘lchov ko‘rsatkichlari loyihadagidan quyidagicha farq qilishi mumkin: 
- chuqo‘rning markazi ko‘rsatilganidan ±1 cm ;
-chuqo‘rning balandligi ±2 cm ga; 
- belgi shitining pastki chetining balandligi har bir metr qadam kengligida ±1 
sm; 
- to‘siqning chiqib turgan qismining seksiya uzunligiga qarab to‘siq balandligi 
4320mm................ ± 1,0 cm
6320mm................ ± 1,5 cm
8320mm................ ± 2,0 cm
9320mm................ ± 2,35 cm
- to‘siqni ko‘rinish yuzasi (to‘siqning to‘lqin-simon yuzaligida) 10 m 
uzunlikdan ko‘p bo‘lmasa ±3 cm. 
Yo‘l chiziqlari-ning rejadagi ruhsat etilgan o‘zgarishi ± 3 cm ni tashqil etadi. 
Yo‘l chiziqlarining chetlari tekis bo‘lishi kerak. Ularning ruhsat etilgan 
o‘zgarishlari har 0,5 m da ± 5mm ga teng. 
Ishlarning sifat nazorati 
Yo‘lni jihozlashda quyidagilar nazorat qilinadi: 
- ko‘z chama bilan ishning navbatma-navbat bajarilish tartib, talablari; 
- to‘siqlar, belgilar ustunlarining tik (vertikal) o‘rnatilganligi; 
- tirkagichlar va ustunlarning, hamda yo‘l chiziqlarining rejada har 10 m da 
o‘lchov tasma yoki ip bilan o‘lchash orqali to‘g‘ri o‘rnatilganligi; 
- to‘siqlarning rejadagi tekisligi, ip va andoza chizg‘ich yordamida; 
-yo‘l chiziqlari chetlarining tekisligi va kengligi, tanlab olingan kamida 
uzunligi jami uzunlikning 10% dan kam bo‘lmagan qismida chizg‘ich yordamida 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish