2-Ma'ruza Mavzu. Beton qorishma tayyorlashning texnologik jarayonlari, beton qorish uskunalari va qorish sexlari Reja
1.Beton qorishmasining tuzilishi. 2. Beton qorishmasining qattiq zarralari o‘rtasidagi ta’sir qiluvchi kuchlar Betonni tayyorlash va qotirish jarayonida ikkita bosqichni ajratish mumkin:
Sementning tishlashishi va quyuqlashib beton qorishmaga aylanishi;
Qotish davri va ishlatilishi davomida hamma hossalarini o‘zida shakllantirgan qattiq material, ya’ni betonga aylanishi.
Beton qorishmasi murakkab qo‘llash komponentli va yarimdispersli sistemani o‘zida mujaassamlashtirgan bo‘lib, sement va to‘ldiruvchilar aralashmasini suv bilan qorishtirish natijasida hosil qilinadi (quyuq bo‘tqasimon aralashma). Qorishmaning sifatini yaxshilash va hossalarini boshqarish maqsadida uning tarkibiga maxsus qo‘shilmalar ham qo‘shiladi. Unga sementning mayda dispersli zarralari, nisbatan yirikroq bo‘lgan mayda va yirik donali to‘ldiruvchi, zarur hollarda kiritiladigan maxsus qo‘shilmalar, suv va qorishmani tayyorlash jarayonida qo‘shilib ketadigan havo kiradi.
Ma’lumki, qattiq zarralar bilan suvning o‘zaro ichki kuchlari ta’siri natijasida beton qorishmasi qovushqoq tuzilishli suyuqliklar uchun tavsifli bo‘lgan aniq xossalarga va bog‘lanuvchanlikka ega bo‘ladi. Beton qorishmasi o‘zining hosslariga ko‘ra qovushqoq suyuqliklar va qattiq fazalar orasidagi o‘rinni egallaydi. Haqiqiy qovushqoq suyuqliklardan beton qorishmasi tuzilishining nisbatan mustahkamligi yoki tuzilishi qovushqoqligi bilan farq qiladi. Qattiq jismlardan esa shaklini saqlash, ya’ni qovushqoqlik xususiyatining yo‘qligi va hatto juda kichik miqdordagi kuch ta’sirida ham qaytmas deformatsiyalanish hususiyati bilan ajralib turadi.
Beton qorishmasining xususiyatlari uning tuzilishi, tarkibidagi tashkil etuvchilarning xossalariga bog‘liq va quyidagi muhim xususiyatlarga ega: mexanik ta’sir ostida soxta suyulishi yoki harakatchanligining oshishi; sement bilan suvning o‘zaro fizik-kimyoviy jarayonlari ta’sirida sistemaning qovushishi va qattiq fazaga aylangunga qadar doimiy o‘z hususiyatlarini o‘zgartirib borishi (xarakatchanligining yo‘qolishi).
Beton qorishmasini tayyorlash, shuningdek, uni joylashtrish va zichlash jarayonidagi xossalari qattiq va suyuq fazalar orasida ta’sir qiluvchi kuchlar miqdori va tavsifi bilan aniqlanadi.
Beton qorishmadagi qattiq fazalarning (zarralarning) o‘zaro ta’siri suyuq muhit miqdori bilan tavsiflanadi. Qattiq zarralar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari turli xil fizik tabiatga ega bo‘ladi va zarralarning o‘ichamiga (3.1-jadval), shuningdek, suyuq faza hajmiga, boshqa moddalar ionlarining mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shag‘al va qum donalari orasidagi g‘ovaklik kerakligicha yuqori, solishtirma yuzasi esa kichik, shu sababli yuza qismlarida kuch ta’siri sezilarsiz bo‘ladi. Natijada qorishma bog‘lanuvchanlikka ega bo‘lmaydi, suv esa gravitasion kuchlar ta’sirida to‘ldiruvchi donalari orasidagi g‘ovaklardan chiqib