Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

Nazorat uchun savollar 
1.
Shaharlarni vujudga kelishiga qanday omillar ta‘sir qiladi? 
2.
Shaharlarni kelib chiqishiga qarab qanday guruxlarga ajratiladi? 
3.
Shaharlarning ixtisolashuvi va bajaradigan funktsiyasi qanday aniqlanadi? 
4.
Shaharlar qanday funktsional tiplarga bo‘linadi? 
 
6-Mavzu: Shaharlarning funksional tiplari 
1.Shaharlarning funksiyalari va uni aniqlash mezonlari. 
2.O„zbekiston shaharlarining funksional tiplari. 
3. Poytaxt shaharlar. 
4. Global shaharlar. 
Tayanch iboralar: 
shaharlar funksiyasi, funksional tipologiya, bir 
funksiyali va ko‗p funksiyali shahar, ma muriy markaz, poytaxt shahar, global 
shahar.
 
Shaharlarning geografik mehnat taqsimotidagi o‗rni, bajaradigan 
funksiyalarini aniqlash doimo muhim hisoblangan. Bunday turdagi dastlabki 
tipologiyalar 1891 y. F Ratsel, 1910 y. Semenov-Tyanshanskiy, keyinchalik 
C.Garris, V.Konstantinov, B.Xorev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. 
Ilk tipologiyalar ko‗proq sodda bo‗lgan va shaharlar mexanik tarzda aholi 
soniga ko‗ra ajratib yuborilgan, masalan, Yaponiyada 600 ming kishilik 
shaharlar milliy ahamiyatga ega, 250-600 minggacha bo‗lsa tarixiy shaharlar, 
25-250 ming – qishloq tipidagi shaharlar deb ajratilgan. 1960 –yillarda 


31 
matematik modellashtirish, ayniqsa kompyuterlarning paydo bo‗lishi bilan 
ko‗plab belgilarni (60 ga yaqin) qamrab oluvchi guruhlashtirish keng 
rivojlandi.
N.N.Baranskiy genetik tipologiyaning ahamiyatini yuqori baholaydi, ―... 
ammo, u shaharlarning kelib chiqish davrini bildiradi, kelgusi rivojlanish 
yo‗nalishini ko‗rsatmaydi‖ deydi. Hanuzgacha shaharlarni hozirgi holatini, har 
tomonlama rivojlanishini ko‗rsatuvchi tipologiya yaratilmagan. Biroq shunga 
yaqinlardan biri bu- funksional tipologiyadir. Unga ko‗ra shaharlar 
monofunksional (bir funksiyali) va polifunksional (ko‗p funksiyali) 
shaharlarga bo‗linadi. Funksiyalar ortib borishi bilan shaharlar yiriklashib 
ko‗p funksiyaliga aylanib boradi. Katta va yirik shaharlarning barchasi 5 -6 va 
undan ko`p funksiyalarni bajaradi. 
Shaharlarni funksiyalariga ko‗ra turlarga ajratishda shaharda faoliyat 
ko‗rsatuvchi tarmoqlar asosiy o‗rin tutadi. Ular ikki turli bo‗ladi: shahar hosil 
qiluvchi tarmoqlar va shaharga xizmat qiluvchi tarmoqlar. Ularning orasidagi 
chegara shartli hisoblanadi, asosan, sanoat, transport, rekreatsiya, ilm-fan yoki 
boshqa sohalarga ixtisoslashgan, ya‘ni o‗z ishlab chiqargan mahsulot yok i 
ko‗rsatayotgan xizmatlari shahar chegarasidan chiqib, boshqa hududlarga 
yoyilsa va shaharning kengayib rivojlanishiga asos (shaharning iqtisodiy asosi) 
bo‗lsa, bunday tarmoqlar shahar hosil qiluvchi, agar, faqat shahar uchun yoki 
shahar aholisini ta‘minlash uchungina xizmat qilsa, u holda, shaharga xizmat 
qiluvchi tarmoq hisoblanadi. Ba‘zan shaharga xizmat ko‗rsatuvchi tarmoqlar 
rivojlanib borib, shahar hosil qiluvchi tarmoqlarga aylanadi.
Funksional tipologiya shaharlarning hududiy mehnat taqsimotida tutgan 
o‗rni, ―yuzini‖ ko‗rsatib turadi.
Shaharlarning qaysi sohaga ixtisoslashuvi, ularning bajaradigan 
vazifasini aniqlash funksional tipologiya doirasida amalga oshiriladi. Bunda
mezon qilib shahar aholisining bandlik tarkibi olinadi, ya‘ni qaysi sohada 
mehnat resurslari ko‗proq (mamlakat shahar joylari bo‗yicha o‗rtacha 
ko‗rsatkichdan yuqori) bo‗lsa, o‗sha yo‗nalish mazkur shaharning 
funksional tipini ifodalab beradi. 
Odatda shaharlar quyidagi funksional turlarga bo‗linadi. 
1.Ko‗p funksiyali siyosiy — ma‘muriy markazlar, poytaxt shaharlar. 
2.Ko‗p funksiyali shaharlar — viloyat markazlari.
3.Ko‗p tarmoqli yirik sanoat markazlari. 
4. Kam tarmoqli (1-2) sanoat shaharlari. 
5. Transport markazlari. 
6.Agroindustrial shaharlar. 
7. Tuman markazlari. 
8.Rekreatsiya shaharlari. 
9.Ilm-fan markazlari.
Yuqoridagi funksional guruhlar shaharlarning katta-kichikligiga qarab
ham turlanadi. Bu holda shaharlarning funksional klassifikatsiyasi vujudga 
keladi. 


32 
O‗zbekistonda birinchi va ikkinchi gurux shaharlarga Toshkent, Nukus 
hamda barcha viloyat markazlari kiradi. Ular ayni paytda ko‗p tarmoqli 
sanoat markazlari, transport tuguni, ilm-fan markazlari ham hisoblanadi. 
Uchinchi tipga asosan Chirchiq, Olmaliq, Angren, Qo‗qon kabi sha harlar 
mansub, to‗rtinchi guruhga Marg‗ilon, Ohangaron, Muborak, Gazli, Zarafshon, 
Taxiatosh, Asaka, Uchqo‗rg‗on, Quvasoyga o‗xshashlarni kiritish mumkin. 
Kogon, Xovos, Qo‗ng‗irot -transport shaharlari, Chortoq - rekreatsiya, 
Ulug‗bek — fan markazlaridir. 
Respublikamizda juda ko‗p shaharlar agroindustrial yo‗nalishga ega, ya'ni 
ularda qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari 
mavjud. Ulardan ham ko‗proq shaharlar qishloq tumanlar markazi vazifasini 
bajaradi. Biroq, bunday shaharlar - «kichik poytaxtlar» ayni paytda 
agroindustrial xarakterga ham ega bo‗lishlari mumkin. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish