REJA:
Tafakkur haqida tushuncha
Tafakkurning mantiqiy shakllari
Tafakkur jarayonlari va turlari
Kogazmali va obrazli - harakat tafakkurlari
Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bogliq, muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish uni bevosita va umumlashtirib aks ettirishdan iborat jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishdan paydo boladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boglanadi va keyin tafakkurga otib ketishi mumkin. Biroq tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan, yani sezgilar, idrok va tasavvurlar bilan boglangan boladi. Tafakkur faoliyati ozining butun «materialani» faqat bitta manbadan, yani hissiy bilishdan oladi. Tafakkur faqat sezgilar va idrok orqaligina tashqi muhit bilan boglanadi va shu tariqa tashqi olamni aks ettiradi. Ammo sezgilar va idrok kabi hissiy bilish jarayonlari olamning turli xildagi aloqalarini, ular orasidagi boglanishlarni, paydo boladigan turli muammolarni hal qilish imkonini bermaydi.
Tafakkur qilish davomida tashqi olamni bilish chuqurroq amalga oshiriladi. Buning natijasida narsalar, hodisalar va boshqa shuning kabilar ortasidagi murakkab ozaro boglanishlarni ajratish, yechish mumkin boladi. Zarur hollarda turli vositalar qollaniladi. Quyidagi uch xil hodisalarni organish davomida vositalar qollaniladi:
Hozirgi paytda bevosita idrok qilishning imkoni bolmagan hodisalarni organish uchun. Bunga tarixiy voqealar, kelajak rejalar, gipotezalar, umuman yoki otmishda roy bergan yoki kelajakda roy berishi mumkin bolgan hodisalarni organish davomida;
Sezgi organlarimizning moslashmaganligi sababli bevosita idrok qilishning imkoni bolmagan hodisalarni organishadi. Bunga misol tariqasida juda kichik zarrachalar, elementlar, inson sezgi organlari «sezmaydigan» turli tolqin uzunliklari yoki juda uzoq masofada joylashgan obektlar (planetalar, yulduzlar va h.k);
Bevosita idrok qilishning imkoni mavjud, ammo vosita qollash samarali bolgan hollar. Masalan, osib turgan daraxtning balandligini trigonometrik funktsiyalar yordamida olchash, havo haroratini termometr yordamida olchash kabilar.
Yuqoridagilardan korinib turibdiki, hissiy bilish samarali bolmay qolgan hollarda tafakkur bosh tafakkur boshlanadi. Tafakkur hissiy bilish idrok qilish imkonini bermaydigan voqea, hodisalarni ham organish imkonini beradi. Masalan, yoruglik tezligini olchash, organish, uning xossalaridan foydalanish faqat tafakkur orqaligina amalga oshirilishi mumkin.
Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi? Biz doimo fikrlaymiz. Agar vaziyat bizga tushunarli bolsa, yetarli hamma malumot va vositalarga ega bolsak, biz «oylamaymiz». Tafakkur jarayoni muammo paydo bolsa, muammoli vaziyatda paydo boladi. Muammoli vaziyat biror masalani yechish uchun zarur bilimlar, vosita yoki malumot, malakalarning yetishmasligi bilan bogliq boladi. Muammoli vaziyatda bizning avvalgi vosita va usullarimiz yetishmay qoladi. Shu sababli oddiy, tushunarli, ozida yangilikni aks ettirmaydigan malumotni eshitayotgan talaba va oquvchi fikrlamaydi. Ularni fikrlashga undash uchun muammoli vaziyat yaratish kerak.
Kelib chiqish va rivojlanish boyicha tafakkur ijtimoiy tabiatga ega. Chunki bilishning barcha vositalari, usullari va manbalari inson tomonidan yaratilgan moddiy va manaviy boyliklar bilan bogliqdir. Odamning aqliy taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida toplangan bilimlarni ozlashtrish jarayonida amalga oshadi. Bu yerda shaxsning faolligini inkor qilmaymiz. Mavjud, tayyor bilimlarni ozlashtirish boladan fikriy zor berish, ijodiy ishlash, yangilik ochishni taqozo qiladi. Aks holda ozlashtirilgan bilim yuzaki, mexanistik bolib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |