9-MAVZU
:
:
AUDITORLIK DALILLAR
REJA:
1.
Auditorlik dalillar tushunchasi va ularning turlari
2.
Auditorlik dalillarni olish manbalari
3. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash
4. Auditorlik dalillarni olish usullari
5. Audit dalillarni olish uchun auditrolik amallar ketma ketligi
Tayanch so’z va iboralar:
Auditorlik dalillar, ularni oldiga qo‘yilgan talablar, auditorlik
dalil turlari, dalillarni olish manbalari, dalillarni to‘plash
ketma-ketligi, auditorlik amallari va
dalillari o‘rtasidagi bog‘liqlik, dalillarni olish usullari, auditorlik dalillaridan auditning tekshiruv
ishi natijalaridan foydalanish.
1.Auditorlik dalillar tushunchasi va ularning turlari
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga, shuningdek ularni olish maqsadida
bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda
belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini
o’tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir.
Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun
quyidagi amallarni bajarish
natijasida etarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim:
schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks
ettirilishini batafsil tekshirish:
tahliliy amallar:
ichki nazorat vositalarini tekshirish;
Auditorlik dalillarni to’plash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit
dasturida ko’rsatiladi.
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida
to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona
va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo’lib, moliyaviy
hisobotning ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki
mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan,
ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.
Axborot – xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir.
Mijoz korxona – auditorlik xizmati ko’rsatilayotgan xo’jalik yurituvchi subekt.
Uchinchi shaxslar – auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda aloqador bo’lgan va
bu aloqadorlik auditor fikriga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
Tahlil qilish – bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning
auditor tomonidan
mushohada qilinishi va o’z fikrini shakllantirishi.
Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi xo’jalik yurituvchi subektlar buxgalteriya
hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida auditorning mustaqil bildirilgan fikridan iborat. Buning
uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki uning ishonchliligini rad etish to’g’risidagi asosli fikr
bildirishga imkon beradigan dalillarni to’plashi zarur.
Ishonchlilik – moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ulardan malakali foydalanuvchilarga
xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari to’g’risida to’g’ri xulosalar qilishga va ushbu
xulosalarga asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha
qilib
aytganda, bu auditorlik dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini
tavsiflaydi. Audit jarayonida olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik va manba kompetentligi,
ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi omillarga bog’liq. Auditorning o’zi
mustaqil
manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik darajasi xo’jalik yurituvchi subektdan olingan dalillarga
qaraganda yuqoriroq. Barcha dalillar yig’indisini faqat so’ngilari etarli bo’lganidagina ishonchli deb
hisoblash mumkin.
Dalillarning etarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U tanlash ko’lami va
to’plamdagi muayyan elementlarning tavsifi bilan bog’liq. Axborotlarning samaradorligi esa tanlash
elementlarining reprezentativligi (bosh to’plamning o’rganilayotgan belgilar bo’yicha xususiyatlari
tanlama to’plamda namoyon bo’lishi)ga bog’liq, ya’ni reprezentativlik qancha yuqori bo’lsa,
auditorlik riski shuncha past bo’ladi. Auditorlik risklarini pasaytiruvchi dalillarning etarliligi
to’g’risida auditor ichki nazorat tizimini baholash va auditorlik riskining hajmiga asoslanib xulosa
qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi qanchalik ishonchli va auditorlik riski qanchalik past bo’lsa,
auditordan shunchalik kam dalil-isbotlar to’plash talab etiladi.
Dalillarning etarliligini aniqlashda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: mustaqil
manbalar (uchinchi shaxslar)dan olingan dalillarning mijoz-korxona xodimlaridan olingan dalillarga
nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki tahlili natijasida
olingan ma’lumotlarning uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlarga qaraganda ishonchliroq
ekanligi; hujjatlar va yozma ko’rsatmalar shaklidagi auditorlik dalillarining og’zaki ko’rsatmalarga
qaraganda ishonchliroq ekanligi. Nihoyat, turli manbalardan olingan dalillardan foydalanish
natijasida qilingan xulosalarni taqqoslash imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma’lumotlar miqdori qat’iy
chegaralab qo’yilmagan. Shu boisdan auditor o’zining professional fikriga tayangan holda xo’jalik
yurituvchi subekt moliyaviy hisoboti-ning ishonchliligi to’g’risida
xulosa tuzish uchun zarur
bo’ladigan ma’lumotlarning miqdori haqida mustaqil qaror qabul qilishi lozim. Auditorlik
dalillarining o’z vaqtida to’planishiga alohida e’tibor berish zarur. Aks holda ular oshiqcha va
keraksiz bo’lib qoladi. O’z vaqtidalik har bir auditorlik dalilining tekshirilayotgan davrga bevosita
taalluqliligi yoki mijoz-korxona faoliyatining hisobot tuzilganidan so’ng, ammo auditorlik xulosasi
tuzilishidan oldin sodir bo’lgan ma’lum bir jiddiy hodisalariga taalluqli ekanligidan ham iboratdir.
To’plangan dalillar tekshirilayotgan hisobot tuzilgan sanaga qanchalik yaqin bo’lsa, ular shunchalik
ishonarli bo’ladi.
Agar xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi dalillar mijoz korxona ma’muriyatiga auditorlik
xulosasi soliq organiga topshirilmasdan oldin taqdim etilgan bo’lsa, u holda buxgalteriyada
hisobotlarga zarur tuzatishlarni kiritish imkoni bo’ladi. Agar hisobot soliq organiga topshirilganidan
so’ng audit o’tkazilsa, tuzatish kiritish imkoni yo’q, lekin joriy davrda aniqlangan xato
kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish mumkin.
Auditorlik tekshiruvlarining asosi auditorlik dalillarini topishdan iborat. U ma’lumotlarni
to’plash, moliyaviy hisobotning ishonchliligi (yoki ishonchsizligi)ni, moliya-xo’jalik
muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritishga oid belgilangan
qoidalar va nizomlarga
muvofiqligi-ni va shu bilan birga auditorlik xulosasi tuzish uchun auditorning shaxsiy fikrini
shakllantirish maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, ular turi,
manbasi va olinish usullariga ko’ra turkumlanadi.
Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki shakldagi
dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin.
Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash dalillarga bo’linishi
mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda
olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Tashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda (odatda auditorlik
tashkilotining yozma so’rovi bo’yicha) olingan ma’lumotlardan iborat.
Aralash auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda
olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: a) faktlarni tasdiqlash
yo’li
bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’li bilan olingan dalillar; v)
maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar.
Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining mavjudligini aniqlashdan
iborat. Bu xo’jalik faoliyatidagi faktlar bo’lib, ularni fakt-vaziyatlar deb hisoblash mumkin; ular
zamonaviy auditning ajralmas qismi hisoblangan inventarizatsiya yo’li bilan aniqlanadi.
Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob registrlarini to’ldirish
uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bularga tannarxni
asossiz ravishda oshirib yuborish yoki tovarsiz operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq
operatsiyalar misol bo’lishi mumkin. Shuningdek, bitta hujjatning turli nusxalaridagi yozuvlarining
bir-birlariga mos kelmaslik holatlari.
Maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarni
mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday
argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit jarayonida salmoqli o’rin tutadi. Masalan: 1) 2910-
«Omborlardagi tovarlar» schetida korxona mulki hisoblangan tovarlar hisobga olinishi lozim; 2)
auditor ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur; 3)
taqdim
etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko’chirmalari) va mulkiy huquqning
korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor tovarlarning egasi haqida xulosa qiladi.
Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Haqiqatda 2910-«Omborlardagi
tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko’rsatilgan tovarlar yo’q bo’lsa, hech qanday fikr-mulohazaga
o’rin qolmaydi. So’ngra uchinchi va to’rtinchi argumentlarni ahamiyatliligi bo’yicha ko’rsatish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: