Elektroakustika



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/124
Sana11.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#883511
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124
Bog'liq
61a1e12d478215.06492958

 
3.2. Dinamik diapazon 
 
Har qanday eshittirish jarayonida akustik signalning sathi uzluksiz 
o‘zgaradi, shu bilan barobar uning o‘zgarish diapazoni keng. Tovush 
signallarini tahlil qilish uchun signallarning kvazimaksimal L
maks
va 
kvaziminimal L
min
sathlar tushunchasi kiritilgan. Ularni berilgan signal 
sathidan nisbiy vaqt bo‘yicha oshishi bilan aniqlanadi. Kvazimaksimal 
sathlar uchun bu vaqtni musiqa signalining 2%, nutq signalining 1% 
teng, kvaziminimal sathlar uchun mos holda 98 va 99% olishga 
kelishilgan. Aynan shunday qiymatlarni L
maks
va L
min
uchun tanlash, 
signallarning o‘tkir cho‘qqi va cho‘kmalari amalda eshitilmasligiga 
asoslangan. 
Signalning maksimal va minimal sathlari ayirmasi 
dinamik 
diapazon 
deb ataladi.
D=L
maks
-L
min
(3.1) 
Ayrim tovush signallari uchun dinamik diapazon 3.1 jadvalda 
keltirilgan.


76 
3.1 jadval 
Signal turi 
Dinamik diapazon, dB 
Diktor nutqi 
25÷35 
Badiiy o‘qish 
35÷45 
Telefon orqali so‘zlashuv 
35÷45 
Katta bo‘lmagan ansambllar 
45÷65 
Simfonik otkestr, 40-45 ijrochi 
75÷55 
Rok-musiqa 
118 gacha 
Reaktiv samolyot motori, 3m masofada 
120 
Signalning dinamik diapazonini tovush uzatish kanali dinamik 
diapazoni D
k
bilan solishtirish kerak: 
)
N
N
(
U
U
lg
20
D
2
1
ш
ном
к





, dB
(3.2) 
bunda, U
sh

kanaldagi shovqin sathi, mkV; U
nom
- nominal 
kuchlanish, V; 
ΔN
1
- shovqin va halaqitlarni bosuvchi signal sathi, dB (odatda 10 
dB dan kam emas); ΔN
2
- ortiqcha yuklama qiymat (3÷6) dB. 
3.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tabiiy signallarni uzatish uchun 
yuqori sifatli apparaturalar talab etiladi. Ko‘pchilik hollarda birlamchi 
akustik signal dinamik diapazoni analogli aloqa va eshittirish 
vositalarining 
imkoniyatlaridan 
yuqori. 
Shuning 
uchun 
ularni 
ishlatishdan oldin dinamik diapazonini siqish lozim yoki uzatish 
traktlarida paydo bo‘ladigan sezilarli buzilishlarga ko‘nikish kerak.
Amalda zallarda bevosita ijro etiladigan dasturlarning dinamik 
diapazoni (eshittirishlarning tabiiy dinamik diapazoni) taxminan 
quyidagi qiymatlarga ega: 
- katta simfonik orkestrlar uchun 80 dB; 
- katta bo‘lmagan guruh ijrochilari uchun 60 dB; 
- nutq eshittirishlarda 50 dB.
Tabiiyki, eshittirishlar elektroakustik qurilmalar orqali tovush 
bosimi yoki tebranish tezligiga mos bo‘lgan kuchlanish uzatiladi. 
Tovush bosimining eng katta qiymatiga maksimal U
mak 
kuchlanish 
to‘g‘ri keladi. Bu kuchlanishni uzatish qurilmalari buzmasligi kerak. 
Tovushlarning tabiiy va elektroakustik qurilmalardan uzatiladigan 
dinamik diapazoni 3.1-rasmda keltirilgan. Kuchlanishning maksimal 
qiymati 
qurilmaning 
nochiziqli 
buzilishlari 
bilan 
cheklanadi. 
Elektroakustik apparatning chiqishidagi minimal kuchlanish shu 


77 
qurilmaning xususiy shovqini bilan belgilanadi. Elektroakustik 
qurilmaning maksimal foydali kuchlanish qiymati uning xususiy 
shovqin sathidan taxminan 30÷60 dB yuqori.
Eshittirish dasturining tabiiy dinamik diapazoni (50-80 dB) ni, 
foydali signalni xususiy shovqindan (30-60 dB) oshishini oddiy 
taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, elektroakustik uzatish qurilmasi 
eshittirishning barcha tabiiy dinamik diapazonini tiklay olmaydi. 
Shunday qilib, elektroakustik qurilmalar orqali eshittiriladigan 
dasturlarning dinamik diapazoni uzatiladigan dasturlarning tabiiy 
dinamik diapazonidan farqlanadi. 
3.1 – rasm. Tovushlarning tabiiy va elektroakustik qurilmalardan 
uzatiladigan dinamik diapazoni 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish