Elektroakustika


teng balandlik egri chiziqlari



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/124
Sana11.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#883511
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124
Bog'liq
61a1e12d478215.06492958

teng balandlik egri chiziqlari
deb ataladi 1.7 - 
rasm.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, tovush balandligi oshgan sari teng 
balandlik egri chiziqlari birozgina tekislanadi.
Masalan, nolinchi sathli tovush balandligi uchun (eshitish 
bo‘sag‘asida) 100 Gs chastotali ton jadalligi 38 dB teng, 500 Gs 
chastotali ton esa 7 dB teng. 80 fonga teng bo‘lgan tovush balandligini 
olish uchun (1.7 - rasm 80 dB egri chiziq), shu tonlar-ning jadallik 
sathiga mos holda 83 va 80 dB teng bo‘lishi kerak, ya’ni ikkala ton 
amalda bir xil jadallik sathiga ega bo‘lsa, tovush balandligi ham teng 
bo‘ladi. Demak, yuqori chastotalarda tovush balandligining chastota 
tavsifi bir muncha tekis bo‘lib, fizik va sub’ektiv tavsiflar bir biriga 
yaqin. Bu holat ikkita amaliy tavsiyaga olib keldi. 
Faraz qilaylik, tovush 80 fonga teng bo‘lgan sathda tinglanayapti, 
biz tembr boshqargichini o‘zimizga optimal bo‘lgan eshitish holatiga 
o‘rnatganmiz. Endi kuchaytirgichni 30 dB pasaytiramiz, tovush 


28 
yangrashi jadalligi ham 30 dB ga pasayadi. Buning natijasida 1000 Gs 
chastota yaqinida joylashgan chastota tarkiblari 50 fonga teng balandlik 
sathiga ega bo‘ladi, 100 Gs chastota yaqinida joylashgan chastota 
tarkiblari balandligi sathi esa, 22 fongacha pasayib ketadi, ya’ni ular 
o‘rta chastota tovushlaridan pastroq yangraydi. 
1.7- rasm. Tovushning teng balandlik egri chiziqlari 
Past chastotalarning yangrash balandligi o‘rta chastotalarnikidek 
qolishi uchun tovush uzatish traktining past chastotalardagi sezgirligi 
chastota tavsifini korreksiyalash kerak (100 Gs da 17÷20 dB ga ko‘tarish 
kerak). Radio qabulqilgichlarda kuchaytirish koeffitsienti kamaysa past 
chastotalarda ularning kuchayishi avtomatik ravishda korreksiyalanadi. 
Yuqori sathli shovqin balandligini o‘lchaganda shovqin o‘lchovchi 
asbob (shumomer)ning sezgirligi chastotaga bog‘liq bo‘lmasligi kerak, 
bu tovush balandligini sub’ektiv eshitishga mos keladi. Past chastota 
tovush 
balandligini 
o‘lchaganda esa, shovqin o‘lchagichning 
ko‘rsatkichi eshitish a’zoimizning past chastotalardagi sezgirligi o‘rta 
chastotalardagi sezgirligiga nisbatan pastroqligi inobatga olingandagina 
sub’ektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun shovqin o‘lchagichlarda 
tovush balandligini past chastotalarda o‘lchaganda kuchaytirish 
koeffitsienti pasaytirilib korreksiya kiritiladi. Masalan, 30 fonlik tovush 


29 
balandligi o‘lchanayapti, bunda 100 Gs chastotada 1000 Gs 
chastotadagiga nisbatan tovush balandligi sathining pasayishi taxminan 
30 dB bo‘lishi kerak (1.7 - rasm 30 dB egri chiziq). Shovqin 
o‘lchagichda past chastotalarni o‘lchashni uchta A, V va S rejimda 
uzibulovchi korreksiyalash qurilmasi yordamida amalga oshirish 
mumkin. Shovqin o‘lchagichning struktura sxemasi 1.8 - rasmda 
keltirilgan. 
1.8 - rasm. Shovqin o‘lchagichning struktura sxemasi 
Bunda: M- o‘lchagich mikrofoni, MK- mikrofon kuchaytirgichi, 
KQ- korreksiyalovchi qurilma, D-detektor, KA-ko‘rsatuvchi asbob. 
Shuni ta’kidlash lozimki shovqin o‘lchagichning oddiy o‘lchov 
asboblardan farqi shundaki, uning tarkibida past chastotalarni 
korreksiyalovchi blok bo‘lib, uning chastota tavsifi odam eshitish a’zosi 
tavsifiga 
(1.7- 
rasm) 
mosroq. 
Boshqacha 
qilib 
aytganda, 
korreksiyalovchi blok “sun’iy quloq” vazifasini bajaradi. Unda tovush 
sathlarini A = 40 dB gacha, V = 70 dB gacha va S = 80 dB undan yuqori 
sathlarni o‘lchash uchun belgilangan. Bunday o‘lchangan tovush 
balandligi sathlari sub’ektiv aniqlangandagi tovush balandligi sathlariga 
mosroq keladi. 
Tovush balandligi sathi tovushni sub’ektiv eshitishni xarakterlasa 
ham haqiqiy sub’ektiv eshitish masshtabiga mos emas. Masalan, tovush 
balandligini 40 fondan yuqori diapazonda 10 fonga oshirish, tovush 
balandligi sub’ektiv sezgirligini ikki barobar oshishiga teng. Fon, tovush 
balandligining o‘lchov birligi sifatida noqulayligi shundaki masalan, 
ikkita har xil chastotali sinusoidal signallarning tovush balandligini 
bilgan holda ularni oddiygina qo‘shib ikki tonalli signalning tovush 
balandligini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun tovush balandligi S 
o‘lchov birligi sifatida - 
son 
kiritilgan. S=1 son 1000 Gs chastotada 
qiymati 40 dB bo‘lgan sinusoidal tovush bosimiga mos keladi. 
1.9. rasmda tovush balandligining fon va son o‘lchov birligidagi sof 
tonlarning solishtirma egri chizig‘i keltirilgan. Fon va dB larda 
o‘lchangan tovush balandligini bog‘laydigan empirik formula 
quyidagicha: 


30 
S=2
(L(fon)-40/10
, son yoki 
дБ
,
33
40
L
S
lg


(1.13) 
Bu formula faqat L = 40÷120 dB diapazonlarida yaxshi natija 
beradi. 
1.9 - rasm. Fon va son o‘lchov birlikdagi tovush balandligining 
solishtirma egri chizig‘i 
1.2 - jadvalda ko‘proq uchraydigan tovush va shovqinlarning fon va 
son o‘lchovlardagi sathlari keltirilgan 
1.2 – jadval 
T/R 
№ 
Tovush yoki shovqin manbai va o‘lchash joyi 
Balandlik sathi, 
fon 
Balandlik 
sathi, son 
1. 
5 m masofadagi aviatsiya motori 
116÷120 
346÷556 
2. 
Metro poezdining harakatdagi shovqini 
85÷90 
25÷38 
3. 
Harakatdagi avtobus, 5 m masofada 
85÷88 
25÷32,2 
4. 
10÷20 m masofadagi tramvay 
80÷85 
17,1÷25 
5. 
20 m masofadagi xushtak ovozi 
70 
7,95 
6. 
Shovqin ko‘cha 
60÷75 
4,35÷11,4 
7. 
Ko‘chadagi o‘rtacha shovqin 
55÷60 
3,08÷4,35 
8. 
Tinch ko‘cha, kunduzi 
40 
1,0 
9. 
Tinch bog‘ 
20 
0,097 
10. Qozonxona sexi 
100÷103 
88÷116 
11. Tikuv sexidagi umumiy shovqin 
96÷100 
62÷88 
12. Daraxtni qayta ishlovchi fabrika 
96÷98 
62÷74 


31 
13. Simfonik orkestr 
80÷100 
17,1÷88 
14. Qarsaklar 
60÷75 
4,4÷11,4 
15. Radio orqali baland musiqa 
80 
17,1 
16. Radiomarkaz (studiya - ijro vaqtida) 
40÷50 
1÷2,2 
17. Kutubxona 
25÷30 
0,2÷0,36 
18. Kasalxona 
20÷30 
0,1÷0,36 
19. Notiq, 1 m masofada 
70÷80 
10÷22 
20. 1 m masofadagi oddiy suhbat 
55÷60 
3,08÷4,35 
21. 1 m masofada shivirlab so‘zlash 
20 
0.1 
22. Shovqin majlis 
65÷70 
5,87÷7,95 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish