67
bo‘ling”
deb aytiladi. Suhbatdoshingiz oldida aslo esnamang va xo‘rsinmang, chunki
bular zerikish alomatidir.
Og‘izni katta ochib kulish yaramaydi. Qahqaha urib kulish ham yaxshi emas,
chunki har qanday shovqin atrofdagilarni o‘ziga jalb qiladi. Eng
yaxshisi samimiyat
bilan kulishdir.
Ko‘rkam yurish, qaddi-qomat, nazokatli ishoralar ham ayolni, ham erkakni
yanada ko‘rkam ko‘rsatadi. Juda ham kam holatlardagina biz nazokat bilan qaddi-
qomatni tutish hamda yurishni tabiat ehsoni sifatida qaraymiz. Ko‘proq
bu sifatlar
qiyinchilik bilan kasb qilinadi. Ularni o‘zida tarbiyalash uchun sport, ritmika bilan
shug‘ullanish lozim. Bu qiz bolalar uchun juda foydalidir, buni ota-onalar yodda
tutsinlar.
Chiroyli yurish, qaddi-qomatni tutish, yengil va go‘zal ravishda
zinapoyalarda chiqish yoki tushish hamda nafosat bilan o‘tirishni o‘rganish lozimdir.
Ayniqsa ayol oynada qanday qilib divan, stul yoki o‘rindiqda o‘tirganini kuzatishi
kerak.
Ba’zi holatlarda juda bunga pastlik qiladigan o‘rindiqlarda o‘tirgan
ayollar
oyoqlarini chalishtirib oladilar. Bunday vaziyatda ularni chalishtirmasdan,
birlashtirib, tizzalarini bir tomonga sal og‘dirib o‘tirgan ma’qul.
Mashinaga
o‘tirayotgan ayol unga to‘g‘ri kirib ketmaydi, balki o‘rindiqni uchiga omonat o‘tirib,
keyin oyoqlarini yig‘ib oladi, chiqayotganda esa aksincha, avval oyoqlarini yerga
qo‘yib, so‘ng ko‘tariladi. Boshni haddan tashqari baland ko‘tarmaslik, yoki aksincha
egib o‘tirmaslik lozim
– hamma joylarga zimdan alanglash-ku undan ham yomon.
Yoshlar qo‘lini qaerga qo‘yishni bilmaydi.
Qizlar sumkalariga tayanishadi, o‘g‘il bolalar
esa bu masalada bir muncha
qiynalishadi. Yang yaxshisi – qo‘lni cho‘ntakda saqlash, lekin bu odobga to‘g‘ri
kelarmikan? Juda bo‘lmaganda, bir qo‘lni ustki kiyim cho‘ntagiga solib, ba’zi-
ba’zida uni chiqarib turmoq mumkin. Shimning cho‘ntaklariga esa qo‘lni faqat, zarur
bo‘lgan narsani olish uchun kirgiziladi.
Ikkala qo‘lni ham shimning cho‘ntagida
saqlash umuman mumkin emas.
Buni hatto tengdoshlari o‘rtasida ham bajarish nojoiz
– bu ko‘nikadigan yaxshi odat emas!
Qiz bolani ham qo‘llarini shim cho‘ntaklariga solib yurish, ayniqsa, suhbat
chog‘ida odobsizlikdir. Yo‘lda qo‘lni har yoqqa tashlab yurish yoki suhbat vaqtida
qo‘lni paxsa qilib so‘zlashish xunuk ko‘rinadi. Stolga musht urib gapirish so‘zlaringiz
nafaqat asos bo‘lib xizmat qila olmaydi, balki qo‘pol ko‘rinish kasb etadi ham.
Barcha imo-ishoralar bosiq hamda maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘rindiqning qo‘l qo‘yadigan ushlagichiga faqat eng yaqin do‘stlar uyida bir oz
o‘tirish mumkin. Ammo bu o‘rindiqda sizga yaxshi tanish bo‘lmagan ayol yoki kishi
o‘tirgan bo‘lsa nojoizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: