65
Eng go‘zal chehra, kelishgan qaddi-qomat yoki chiroyli, nafis kiyim ham, agar
yurish-turishga mos tushmasa, kishida hech qanday taassurot qoldirmaydi.
Inson hamma vaqt go‘zallikka va tartibga intilgan, shuning uchun ham
avloddan-avlodga o‘tib kelgan va odatga aylanib qolgan
udumlar hamda har bir
xalqning an’analarida ajoyib tarzda o‘z ifodasini topgan. Yaxshilikka, go‘zallikka
intilish insonga xos xislatdir, insonning xushmuomala va odobli bo‘lishga intilganligi
bu oddiy holdir.
Insonda hamma narsa go‘zal bo‘lishi kerak. Uning tashqi ko‘rinishi, ichki
qiyofasi, yurish-turishi ham go‘zal bo‘lishi lozim. Kishining samimiy va sof bo‘lishi
bilan birga chiroyli yurishi, qaddi-qomatini adl tutishi,
chiroyli gapira olishi, erkin
hatti-harakat qilishi yaxshi odat natijasidir. Atrofingizga qarang, siz odamlarning
qanday yurishini ko‘rasiz: biri bukchayib, boshqasining qo‘llari
osilib yuribdi,
narigisini oyog‘i qiyshayib qadab bosadi, yana biri maneken ayollarga o‘xshab
yoniga tashlab yuribdi. Ba’zilar, cho‘ntaklarga qo‘lini solib, olomonni yorib o‘tishga
harakat qiladi. Har biri – «o‘zicha olam». Agar har bir kishi oynaga qarab o‘zini
boshqalar oldida qanday yurishini ko‘rganda edi!
Har bir odamning yurishi uning xususiyatini keltirib chiqaradi: ba’zida esa bu
kostyumga ham bog‘liqdir. Bo‘yi past to‘liq odamning yurishi boshqa, ozg‘in va
uzun bo‘ylik – boshqa. Agar qiz bolaning oyog‘ida baland poshnali tufli-yu,
kalta
yubka bo‘lsa unda bir yurish uslubi, krossovka va djinsida esa – boshqacha ko‘rinadi.
Yurish o‘ta tabiiy bo‘lishi lozim. Ko‘chada boshni ko‘tarib yurish mumkin.
Ammo bunda qo‘llarni harakati tashlanayotgan qadamning ritmiga mos bo‘lishi
kerak: qo‘li osilib turishi va ularni u yoqdan buyoqqa marsh harakatiga o‘xshab
tashlab yurish kerak emas. Yurayotganda oyoqni shunday qo‘yish kerakki, unda
oyoqning uchi va tovoni bir tekis harakatga mos ravishda yo‘naltirilgan: oyoqni
uchini sal ichkariga qiyshaytiribroq qo‘yish lozim. Oyoqlari qiyshiq odam qadamni
to‘g‘ri qo‘yishga doimo e’tibor berishi kerak.
Agar siz sherigingiz bilan ayniqsa, qo‘l ushlashib ketayotgan bo‘lsangiz,
yoningizdagi odamning qadam tashlashiga moslashib yurishga intiling. Agar ayol
kishining yubkasi torroq bo‘lsa, unda qadamni maydalashtirib yuradi, erkak kishi esa,
katta qadam tashlashiga qaramasdan, u bilan baravar yurishga harakat qilishi lozim.
Har bir odamning qo‘llari bor, ammo ba’zida ularni qayerga berkitishni bilmay
qolamiz! Axir har doimo qo‘limizda sigaret yoki
boshqa narsalarni ushlab
turolmaymiz, qo‘lni kissaga solib turish esa odobsizlik sanaladi. Qo‘llarni har
zamonda faqat paltoning cho‘ntagiga solish mumkin. Suhbatda esa fikringizni
tasdiqlash uchun qo‘llanadigan harakatlardan tashqari, umuman, qo‘l ishlatilmaydi.
Turib gaplashish ko‘pchilik uchun azobni o‘zginasi. Ayniqsa, agar qo‘llarida hech
narsa bo‘lmasa. Ba’zilar qo‘llarini bellariga qo‘yadilar yoki chalishtiradilar, axir
ularni bir nima qilish kerak-ku! Turgan bo‘lsangiz imkon qadar o‘zingizni to‘g‘ri
66
tuting, bukchayib olmang. Bunda stul yoki o‘rindiqqa tayangan yohud o‘ziga tayanch
uchun biron narsa topgan ma’qul.
Lapanglab, bo‘shashib, chayqalib va bedana yurishdan saqlaning. Zarurat
bo‘lmasa, zinapoyalarni tashlab – tashlab sakrab chiqmang. Qo‘llarni haddan tashqari
siltab, yelkalarni tebratib yuradigan ayollar ham, erkaklar ham juda xunuk ko‘rinadi.
Yurganda va bir joyda turganda boshni ichga olish yaxshi emas.
Gavdani to‘g‘ri tutib, yengil va ravon qadam tashlab yurish chiroyli ko‘rinadi.
Qo‘llar oyoqlar bilan bir maromda harakatlanishi lozim. Ularni bo‘shgina
osiltirib
qo‘yish ham, haddan tashqari siltash ham yaramaydi. Yurganda oyoqlarning kafti bir-
biriga paralel, panjalar esa salgina tashqariga kerilgan bo‘lishi lozim.
Sport poyafzali va sport kiyimidagi ayollarga qaraganda baland poshnali
poyafzal va yubka kiygan ayollar yengilroq va rovonroq yuradi. Ba’zi qizlar, shim
kiyib olib har qanday yurish va turish mumkin, deb o‘ylashadi. Ammo shalpayib
yurish hech qachon va hech kimga go‘zallik bag‘ishlagan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: