PAKANA «ODAM» KIM?
Yarim tun. Ahmad xonasida kimdir yurganini sezib
uyg‘onib ketdi. Ko‘zini ochganida uning kompyuteri yoqil-
gan, begona bir odam undan nimalarnidir qidirayotgan edi.
– Ey, siz kimsiz?! – qo‘rquvdan Ahmadning ovozi bazo‘r
chiqdi.
– Iya, uyg‘otib yubordimmi, bolakay?
Bo‘lishi mumkin emas. Axir bu o‘sha, tanlovdagi pakana
odam-ku! Qiziq, u bu yerda nima qilib yurgan ekan?! Ah-
madning kompyuteri unga nimaga kerak bo‘lib qoldi?! O‘zi,
umuman, u bu yerni qanday topib keldi?! Qahramonimiz-
ning xayollari alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketgandi.
Pakana odam kompyuterdagi qidiruv ishlarini to‘xtatib,
Ahmad tomonga butun tanasi bilan o‘girildi. U aybdorlik
hissi bilan boshini quyiroq egib dedi:
– Qo‘rqma, bolakay. Men senga yomonlik qilmayman.
– Unda bu yerda nima qilib yuribsiz?!
– Men Quyosh tizimi sayyoralariga judayam jiddiy top-
shiriq bilan yuborilganman. Lekin endi shu topshiriqni ba-
jarishim uchun sening yordaming kerak-ka o‘xshaydi.
– Qayerdan?! – Ahmadning ovozi deyarli bo‘g‘ilib qoldi.
– Men sizlar Sirius deb ataydigan yulduz tizimidagi say-
yoralarning biridan uchib keldim.
Ahmad bir muddat nima qilarini bilmay pakana odamga
termilib qoldi. U turib qochmoqchi ham bo‘ldi, lekin qattiq
qo‘rqib ketganidan tanasi unga bo‘ysunmayotganday edi.
– O‘zga sayyoraliklarga o‘xshamaysiz-ku! – hayron
bo‘ldi Ahmad.
13
– Ha-ya, bu maxsus niqobni yerliklar e’tiborini tortmaslik
uchun kiyib olganman. Istasang, mana, niqobimni yecha-
man.
Pakana odam shunday deb qo‘llaridan boshlab maxsus
kiyimni yechishga tushdi. Haqiqatan ham, bu qo‘llar odam-
nikiga sira o‘xshamasdi. Moviy rangdagi ozg‘in, uzun-uzun
barmoqlar dengizdagi sakkizoyoqning «oyoq»larini eslatib
yuborardi.
– Bo‘ldi, to‘xtating! – Ahmad qolganini ko‘rishni istama-
di. Chunki pakana «odam» tobora qo‘rqinchli maxluqqa
aylanib qolayotgan edi. Bolani qo‘rqitib yuborganini sez-
gan o‘zga sayyoralik darhol maxsus kiyimini qayta kiyib
oldi va:
– Sen qo‘rqma. Men hatto seni uyg‘otib yuborish niya-
tida ham emasdim. Lekin xonangdan chizmalarni hech to-
polmayapman, – dedi.
– Chizmalar?!.
– Ha, ertalab sen tanlovda ko‘rsatgan uchar qurilma-
ning chizmalari-da.
– Siz ularni nima qilasiz?!
– Kel, hammasini bir boshidan so‘zlab beraman, – pa-
kana odam kursini biroz surib Ahmadga yaqinroq o‘tirdi.
– Men kelgan sayyora Salmir deb ataladi. Biz muhim vazi-
fa bilan Quyosh tizimiga uchayotganimizda 10 kishi edik.
Ammo Quyosh tizimiga yaqinlashib qolganimizda koinot
qaroqchilari – gikslarning ta’qibiga uchradik. Bizning kema
judayam tezkor bo‘lgani uchun bu ta’qibdan osongina qu-
tuldik. Ammo boshqa bir gikslar to‘dasi Neptun sayyora-
si yaqinida ulkan qopqon bilan bizni poylab turgan ekan.
Ularning hiylasi ish berdi – kemamizni qamal qilib, ekipaj
a’zolarini garovga olishdi. Birgina men kemadagi zaxira
kapsulasida qochib qutuldim, xolos. Endi esa sening ixti-
roying asosida yangi kema yasab, topshiriqni yakunlashim
shart. Aks holda, sayyoramiz halokatga uchraydi!
14
– Mening ixtiroyim?!. – Ahmad quloqlariga ishongisi kel-
masdi.
– Ha! Sening chizmalaring asosida kema yasay olsam,
Quyosh tizimidagi sayyoralarni o‘rganib chiqishim va vata-
nim Salmirga qaytishim mumkin bo‘ladi.
– Axir, o‘zingiz buning imkoni yo‘q demaganmidingiz?!
– Bolakay, sening chizmalaringda xatoliklar ko‘p.
Ammo, tan olish kerak, sen judayam noyob kemaning lo-
yihasini yarata olgansan. To‘g‘risi, hali bunga o‘xshash qu-
rilma galaktikada yaratilmagan bo‘lsa kerak. Endi mening
bilimlarim va sening zehningni birlashtirsak bas. Kema
uchun zarur ehtiyot qismlarni esa men uchib kelgan zaxira
kapsulasidan olishimiz mumkin.
Ahmad endi bu voqealarni tush bo‘lsa kerak deb o‘y-
lay boshladi. U pakana odamga bildirmay yopinchig‘i os-
tidan qornini chimchilab ko‘rdi: «Og‘riq bor! Demak, bu
tush emas», – xayolidan o‘tkazdi u. Xo‘sh, unda eshitib
turganlari rost ekan-da?! Endi nima qilsin, axir u hali yosh
bola-ku!
– Agar sizga chizmalarimni bermasam-chi? – nihoyat,
Ahmad ham dadillashdi.
Pakana «odam» esa undan bunday savolni kutmagan-
di. U judayam xomush holda javob berdi:
– Agar chizmalaringni bermasang, salmirliklarning oxirgi
umidi ham so‘nadi. Bilsang, hozir Salmir sayyorasining 50
milliardlik aholisi taqdiri shu chizmalarga bog‘liq bo‘lib turibdi.
– Nega, tushuntiribroq gapiring! – Ahmad yotgan joyi-
dan turib, pakana «odam»ning yoniga kelib o‘tirib oldi.
– Mana, yuz yildirki, Salmir sayyorasining yadrosi so‘na
boshlagan. Shu tufayli sayyoramiz tabiati ham o‘zgarib
ketdi. O‘simliklar qovjirab, dengiz va daryolar quriy bosh-
ladi. Atmosferada kislorod yetishmay qolgan. Hatto toza
havoni ham sun’iy ravishda hosil qilyapmiz. Salmirliklar
turli kasalliklarga chalinib halok bo‘lishmoqda. Ahvol shu
15
zaylda davom etib, yadro butunlay so‘nib qolsa, sayyora-
mizdagi hayot ham yo‘q bo‘lib ketadi!
Ahmad geologiya va astrofizika fanlaridan ham chuqur
bilimga ega edi. Shuning uchun u sayyora yadrosining
so‘nishi qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi bilardi. U
yadro haqidagi bilganlarini xayolidan o‘tkaza boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |