QAROQCHINING TUTQUNLARI
General Obmaning qaroqchiligi faqatgina boylik
yig‘ishdan iborat emasdi. U koinotdagi olim va muhan-
dislarning g‘oyalarini, ixtiro-yu kashfiyotlarini ham o‘g‘ir-
lar, bulardan o‘zining yovuz maqsadlari yo‘lida foydala-
nar edi. Chunki Obma qanday bo‘lmasin qo‘shinini ju-
dayam kuchli qurollar bilan ta’minlashni hamda butun
Somon yo‘li galaktikasini qo‘lga olishni orzu qilardi.
Mash hur Salmir sayyorasining fazogirlari qo‘lga olin-
ganida Obmaning xursandchiligi ichiga sig‘may ketgani
sababi ham shundan.
48
Mana, bir necha kundirki, general Obmaning askarla-
ri salmirlik fazogirlarni so‘roq qilishmoqda. Ammo qattiq
qiynoqqa solinsalar ham, ular Quyosh tizimi ekspeditsiya-
sining maqsadini oshkor qilishmadi. Sabr kosasi to‘lgan
general shu kunlari juda darg‘azab yurardi. Chunki u sal-
mirliklarning judayam muhim topshiriq bilan yo‘lga chiqqa-
nini fahmlar, ammo bu qanday topshiriq ekanini bilmay
jig‘ibiyron bo‘lardi. «Juda muhim ish bilan kelishgan... Aks
holda, Sirius yulduzidan Quyoshgacha 8 yorug‘lik yilidan
ortiq masofani bosib kelishmasdi, – deya o‘ylay boshladi
u. – Balki, ular Yashil sayyoraga kelmoqchi bo‘lishgandir?
Lekin Yerda ularga nima kerak bo‘lib qoldi ekan?» Obma
ana shunday xayollar bilan hashamatli xonasi markazidagi
taxtida o‘tirarkan, Rago ismli eng ishongan sarkardasi kirib
keldi.
– Qo‘mondon, gapirishga ruxsat ber, – dedi yaqin kelib
qolgan Rago.
– Gapir!
– Odamlarimiz yulduzlararo kemadagi zaxira kapsula-
larning biri kema qo‘lga olinguniga qadar uchib ketganini
aniqlashdi.
– Xo‘sh-xo‘sh! – general Obma bu yangilikni eshitib o‘r-
nidan turib ketdi.
– Kemada hech qanday hujjatlar va abadiy energiya
generatorining yo‘qligini hisobga olsak, demak, biz izlayot-
gan asosiy narsalar shu kapsula bilan g‘oyib bo‘lgan.
– Bu gapingda jon borga o‘xshaydi, Rago! Unda kapsu-
lani darhol izlab topish kerak.
– Men josuslarimizni Quyosh tizimiga yubordim. Kema-
ni Neptun yaqinida qo‘lga olganmiz, kapsula ham uzoqqa
uchib ketolmaydi. Mars yoki Yupiter yo‘ldoshlariga qo‘ngan
bo‘lsa kerak.
– Yoki uni Yerga uchirishgan, to‘g‘rimi?
– Ha, balki, shundaydir, – tasdiqladi Rago.
49
Obma bir muddat o‘ylanib qoldi, so‘ng Ragoga yuzlanib:
– Josuslarni Yerga ham jo‘nat. Bu ish bilan shaxsan
o‘zing shug‘ullan, – dedi.
– Xo‘p, aytganingday qilaman, – Rago boshini egib xo-
nani tark etdi.
Tez orada Obma huzuriga salmirliklar kapitani Ge-
dar Vuni olib kirishdi. Obma bu jasur kapitanni shaxsan
o‘zi so‘roqqa tutib, ularning maqsadini bilib olishga qa-
ror qilgandi. Gedar Vu bir necha kunga cho‘zilgan qiy-
noqlardan so‘ng tinkasi qurigan, oyoqda bazo‘r turardi.
Ammo uning ko‘zlaridagi jasur nigohlar hamon saqlanib
qolgan edi. Uning bu o‘trik nigohlarini ko‘rgan Obma ka-
pitan bilan bo‘ladigan hozirgi suhbat besamar bo‘lishini
oldindan sezdi. Lekin buni Gedar Vuga sezdirgisi kel-
madi.
– Xo‘sh, koinotga mashhur Salmir sayyorasining fa-
zogirlari biz taraflarda nima qilib yuribdi? – mahbusni men-
simay savol berdi Obma.
– Bu joylar qachondan boshlab qaroqchilarning hudu-
di bo‘lib qoldi? Axir, sizlar Protsion yulduz tizimidagi Giks
sayyorasidan emasmisiz?!
Bunday hozirjavoblikni kutmagan Obma Gedar Vuga
nafrat bilan tikildi. Kapitan esa xotirjam gapida davom etdi:
– E, ha, Giks sayyorasi allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan
edi-ku. Demak, sizlar shunchaki bevatan bekorchilar to‘da-
si ekansiz-da!
– Bas qil! – suhbatning bunaqa tus olishini kutmagan
Obma chidab turolmadi: u mushti bilan Gedar Vuning yuzi-
ga qattiq zarba berdi.
Gikslar tabiatan juda baquvvat bo‘ladilar. Ustiga-ustak,
ularning tanasi salmirliklarga qaraganda 5 marta kattaroq.
Hozir ham Obmaning zarbasidan so‘ng Gedar Vu sal qol-
sa nobud bo‘layozdi. Shunday bo‘lsa-da, u ingragan ovoz
bilan dedi:
50
– Mayli, istaganingni qil. Bizlarni qiynoqqa sol. Ammo
bilib qo‘y, baribir, maqsadingga yetolmaysan! – Gedar Vu
shunday deb hushini yo‘qotdi.
Obma bu jasur salmirliklarni so‘roq qilish befoyda ekani-
ni endi tushunib yetdi. U salmirliklarni zindonband etishga
buyruq berarkan: «Hozircha menga qo‘lga kiritgan yulduz-
lararo uchar kema ham kifoya qilib turadi. Qolgan gaplarni
Quyosh tizimiga uchgan kapsuladagi fazogir orqali aniqlab
olaman», – deb o‘yladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |