46
fandriga yaxshilab razm soldi. – Margol, skafandrning yana
boshqa xususiyatlari bo‘lsa, menga hozir aytib qo‘ying...
Fazogirlarni skafandrsiz tasavvur qilib bo‘lmay-
di. Chunki hali hech kim skafandrsiz fazoga uch-
magan.
Yerdan 10 km balandlikka ko‘tarilib, ochiq fazoga
chiqqan odam skafandrsiz bir daqiqa ham yashay olmay-
di. Chunki bunday balandlikda kislorod bo‘lmaydi-da! Us-
tiga-ustak, fazodagi 150 darajali sovuq odamni bir zumda
muzlatib qo‘yishi mumkin. Mana shuning uchun fazogirlar
skafandr kiyishadi. Skafandrning ichida odam o‘zini xuddi
yerdagiday his qiladi.
Ilk skafandrni 1775-yilda fransuz olimi Jan Batist ixtiro
qilgan. Dastlabki skafandrdan g‘avvos harbiylar daryoni
kechib o‘tishda foydalanishgan. XX asrga kelib olimlar
fazoga uchish borasida jiddiy bosh qotira boshladilar.
Ular fazoda havo yo‘qligini va fazogirlar uchun maxsus
kiyim kerak bo‘lishini yaxshi bilishardi. 1940-yilda fa-
zogirlarning ilk skafandrlari sinovdan o‘tkazila boshlan-
di. Qizig‘i shuki, bu skafandrlarni birinchi bo‘lib odamlar
emas, balki sichqon, kuchuk va maymun kabi jonivorlar
kiygan ekan. 1961-yilda fazoga uchgan birinchi odam –
Yuriy Gagarin skafandrni chinakamiga sinovdan o‘tkazib
beradi.
Skafandr 17 qavatli germetik qoplama va matolardan ti-
kiladi. Bu qoplamalar fazogirni sovuqdan, infraqizil nurlar-
dan, koinotga tarqalib ketgan mayda-mayda zarralardan
himoyalaydi. Asosiysi, skafandr ichida havo bosimi bir
me’yorda saqlanadi. Skafandrda bir necha soatga yeta-
digan kislorod baloni, hatto konditsioner ham bor. Bunday
skafandrlarni jajji fazoviy kemaga o‘xshatish mumkin.
Bitta skafandr qo‘lqopi uchun sarflangan pulga 6 ta
«Spark» rusumli avtomobil sotib olish mumkin. Butun
47
boshli skafandr uchun esa 20 million AQSh dollarigacha
mablag‘ sarflanadi.
Qahramonlarimiz Veneraning qaynoq sharoitiga mos-
lashib olishganidan so‘ng Margol kemadan kristalni qidi-
rishga mo‘ljallangan qurilmalarni olib chiqdi. Bu qurilmalar
ichida uchar likopcha ham bor edi. U ertaklardagi uchar gi-
lamga juda o‘xshar, unga minib Veneradagi istalgan man-
zilga bir zumda yetib borish mumkin edi. Xullas, yaxshilab
qurollanib olgan qahramonlarimiz vaqtni boy bermay N
2
G
ni izlashga kirishib ketdilar.
Margol burg‘ilovchi qurilma bilan Venera sathining har-
har joyidan ming metrgacha chuqur qazib, chuqur tubidagi
tuproq namunalarini laboratoriyada tekshirib olardi. Uning
aytishicha, bu yo‘l bilan kristall bor joyni taxminan aniq-
lash mumkin. Afsuski, tuproq tahlillarining birortasi ijobiy
chiqmadi. Nihoyat, Veneradagi 12 soatlik qidiruv ishlaridan
so‘ng Margol yakuniy xulosaga keldi:
– Yo‘q, kristalni Veneradan topa olmaymiz. Menimcha,
vaqtni boy bermay Marsga uchishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: