Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

«KO‘KKEZAR»NING ILK PARVOZI
2036-yil 10-iyul, soat 20:55. Margol va Ahmad kemaga 
chiqib o‘rindiqlarga o‘tirishdi.
– Himoya kamarlarini taqib, chuqur-chuqur nafas ol. At-
mosferadan chiqib ketgunimizcha kema kuchli chayqalib 


42
turadi,  –  dedi  Margol  turli-tuman  tugmalarni  bosib  kema 
dvigatelini ishga tushirarkan.
– «Start»ga 10 soniya qoldi...
– Ahmad, xaritada Venerani belgilab qo‘y, – dedi Margol 
kompyuterni ko‘rsatib.
Ahmad maxsus xaritadan Venera sayyorasini belgilab 
qo‘ydi.  Endi  kema  to‘g‘ri  shu  sayyoraga  qarab  uchadi. 
Shundan so‘ng Ahmad kompyuterdan ko‘zini uzmay dedi:
– Teskari sanashni boshlayman: 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1... 
«Start!»...
Dvigatel  o‘t  olganida  butun  atrof  yorishib  ketdi.  Yax-
shiyamki, kema dvigateli baland ovoz chiqarmay ishlaydi. 
Yo‘qsa, butun qishloq aholisi oyoqqa turishi mumkin edi. 
Zum o‘tmay kema yashin tezligida osmonga uchib ketdi.
Yer sathidan 118 km balandlikda fazo boshlanadi. Ya’ni 
bunday balandlikda Yerning tortish kuchi deyarli yo‘qola-
di. Ammo Ahmadning rejasiga ko‘ra «Ko‘kkezar» dastlab 
bu  balandlikka  ko‘tarilmaydi.  Kema  80  km  balandlikka 
chiqqanidan so‘ng ochiq fazoga qarab uchishni to‘xtatib, 
yo‘nalishini o‘zgartiradi. Endi kema Yer atrofida katta tezlik 
bilan aylanishni boshlaydi. Bu sun’iy yo‘ldoshlarning Yer 
orbitasi  bo‘ylab  aylanib  yurishiga  o‘xshab  ketadi.  Farqi 
shundaki,  «Ko‘kkezar»  sun’iy  yo‘ldoshlardan  10  marta 
tezroq aylanadi. Shu tarzda «Ko‘kkezar» Yerning tortish 
kuchidan  qo‘shimcha  tezlanish  olib,  juda  katta  tezlik  bi-
lan gravitatsiya to‘lqiniga kirib ketadi. Bu xuddi palaxmon 
toshini boshdan yuqoriga ko‘tarib aylantirib-aylantirib otib 
tashlashga o‘xshaydi. Palaxmon qancha tez aylantirilsa, 
tosh shuncha uzoqqa borgani kabi, kema ham Yer atro-
fida qancha tez aylansa, shuncha uzoqqa uchib boradi. 
1977-yilda  fazoga  uchirilgan  va  hozirda  Quyosh  tizimi 
chegaralaridan  chiqib  ulgurgan  «Voyager-1»  qurilmasi 
kichkinagina dvigateli bilan bo‘lsa ham gravitatsiya kuchi 
evaziga harakatlanadi.


43
«Voyager-1»  inson  qo‘li  bilan  yaratilgan  eng 
tezkor uchar qurilma hisoblanadi. Uni 1977-yilda 
amerikalik  olimlar  koinotga  uchirishgan.  Hozirda 
«Voyager-1»  Yerdan  soniyasiga  17  km  tezlik  bilan 
uzoqlashmoqda. Olimlarning aytishicha, ushbu qurilma 
hozirda  Quyosh  tizimidan  chiqib,  yulduzlararo  kenglik-
larda harakatlanmoqda. Shu ketishda u 300 ming yildan 
keyin Quyoshdan keyingi eng yaqin yulduzlarning biriga 
yetib boradi.
«Voyager-1»da  maxsus  oltin  disk  bo‘lib,  unga  Yerda-
gi  hayot  aks  etgan  fotosuratlar,  turli  qo‘shiqlar,  okean  va 
shamollarning, hayvonlarning tovushlari, hattoki chaqaloq 
yig‘isi ham yozib qo‘yilgan. Ushbu oltin diskda AQSh prezi-
denti bo‘lgan Jimmi Karterning o‘zga sayyoraliklarga atal-
gan nutqi ham bor. Bu nutqda shunday deyilgan: «Agar siz 
«Voyager»ni topib, diskda yozilgan narsalarni tushuna ol-
sangiz, bilingizki, bu bizning maktubimiz! Yer sayyorasining 
sovg‘asi! Unda bizning tovushlarimiz, ilm-fanimiz, suratlari-
miz, fikr va tuyg‘ularimiz aks etgan. Umid qilamizki, bir kun 
kelib qarshimizdagi muammolar o‘z yechimini topadi va biz 
koinotdagi boshqa olamlar bilan aloqa o‘rnata olamiz».
«Voyager»ning  dvigateli  juda  kichkina.  Bu  dvigatel 
shunchaki  uchar  qurilmaning  yo‘nalishini  to‘g‘rilab  tura-

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish